Kegl cc pechat indd



Yüklə 5,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/134
tarix29.11.2023
ölçüsü5,34 Kb.
#139713
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   134
6-sinf Fizika

2. Tovushning balandligi. 
Bu kattalik tovush chastotasi bilan 
belgilanadi. Ma’lumki, inson gapirganda yoki ashula aytganda bir xil 
chastotali tebranishlar chiqar masdan, ko‘p xil chastotali tebranishlar hosil 
qiladi. Erkak kishi gapirganda uning tovushida 100 dan 7000 Hz gacha, 
ayol tovushida 200 dan 9000 Hz gacha bo‘lgan tebranishlar uchraydi. 
Nog‘oradan chiqadigan tovushlar 90 dan 14 000 Hz gacha bo‘ladi.
3. Tovush tembri.
Unga qarab kim gapirayotganini, kim 
kuylayotganini yoki qanday cholg‘u asbobi chalina 
yotganini aniqlash 
mumkin. Tovush ichidagi ko‘p chastotali tebranishlardan eng kichik 
chastotasi 

0
ni 
asosiy ton
deyilib, 2

0
, 3

0
va h.k. chastotali tebra-
nishlarni 
obertonlar
deyiladi. Mana shu obertonlar soni va obertonlar 
kuchi hamda tovush balandligiga qarab, tovush manbalari turli xil 
tembrga ega bo‘ladi.
Erkaklar chiqaradigan asosiy tonga qarab, ovozi 
«Bas» (80–350 Hz), 
«Bariton» (110–400 Hz), «Tenor» (230–520 Hz) 
kabilarga, ayollarnikini
 
«Soprano» (260–1050 Hz)

«Kontralto» (170–780 Hz), «Messo-soprano» 
(200–900 Hz)
va 
«Koloratur soprano» (260–1400 Hz) 
larga bo‘linadi.
Amaliy topshiriq (sinfda bajariladi)
Kamertonni avval rezina tayoqcha bilan, so‘ngra bolg‘acha 
dastasi bilan urib, kamertonning tovush chiqarishida qanday 
farq bo‘lishini aniqlang. 
Uyda qadahlar bilan bajarish mumkin.
1. Qattiq baqirgan va chiyillagan ovozlar nimalari bilan farqlanadi?
2. Rubobni sozlashda uning torini tarangroq tortiladi. Shunda 
chiqayotgan tovushning qaysi parametri o‘zgaradi?
3. 
Chelak vodoprovod jo‘mragidan tushayotgan suv bilan to‘ldiril-
moqda. Nima uchun idish to‘lgan sari uning tovushi balandroq 
eshitiladi?

Yorug‘lik spektrini yetti rangga ajratishganidek, tovush 
tonlarini ham yettitaga ajratishgan: do-re-mi-fa-sol-lya-si... 
Ranglarning yorqin 
ligini ham, tovushlarning kattaliklarini ham inson 
ko‘zi va qulog‘ining sezgirligi bilan baholashadi. Tovushlarni tonlarga 
ilmiy ravishda ajratishni Pifagorga tegishli deyishadi. Uning shogirdlari 
kedr yog‘o 
chidan, bitta tor tortilgan «monoxord» deb ataluvchi asbobni 
yasash gan. Tor chertilsa, bitta tonga ega bo‘lgan ovoz chi 
qargan. Tor 
uzunligini ikki qismga ajratilsa (o‘rtasini bosib), yuqoriroq tonda 
ovoz chiqargan. Shunday qilib musiqiy tonlarni tor uzunligi bilan 
belgilaydigan qonuniyatlar topilgan.


163

Hayvonlar ichida filning qulog‘i eng katta. Bunga ko‘ra uning 
eshitish qobiliyati juda yuqori bo‘lsa kerak deb o‘ylashadi. Aslida fil 
quloqlari uning temperaturasini o‘zgartirmay ushlab turishi uchun 
xizmat qiladi. Quloqlardan o‘tgan qon soviydi. Shunga ko‘ra issiq 
kunlarda fil quloqlarini tinmay qimirlatib turadi.

Yüklə 5,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə