321 ta UZI apparatlari, 87 ta laparaskop va boshqa
uskunalar bilan qo‘shimcha jihozlanadi.
Ana shu maqsadlar uchun barcha manbalar
hisobidan 1 trillion 500 milliard so‘m va 131 million
dollar mablag‘ sarflanadi.
Biz uchun hech qachon kun tartibidan tushmaydigan
yana bir o‘ta muhim masala borki, unga alohida
to‘xtalib o‘tishni zarur deb bilaman. U ham bo‘lsa,
unib-o‘sib
kelayotgan yosh avlodimiz, farzandlarimiz
tarbiyasi bilan bog‘liqdir. Buyuk Abdulla Avloniy
bobomiz aytganidek, bu masala biz uchun haqiqatan
ham yo najot, yo halokat,
yo saodat, yo falokat
masalasidir va bu masala biz uchun o‘z dolzarbligi va
ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan, ta’bir joiz
bo‘lsa, masalalaming masalasidir.
Nega deganda, bugungi yashin tezligida o‘zga-
rayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida
yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochish bilan birga,
ulami ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga
ham duchor qilmoqda. Diniy ekstremizm,
terrorizm,
giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya,
«ommaviy madaniyat» kabi tahdidlar qancha-qancha
oilalar, mamlakatlar boshiga qanday og‘ir kulfatlami
solayotganiga
barchamiz
guvoh
boimoqdamiz.
G‘arazli kuchlar sodda, g‘o‘r bolalami o‘z ota-onasiga,
o‘z yurtiga qarshi qayrab, ulaming hayotiga, umriga
zomin boimoqda.
Bunday keskin va
tahlikali sharoitda beparvo
boiish, loqayd b o iish - qanchalik og‘ir boim asin,
ochiq aytishga majburmiz - bu xiyonat, jinoyat bilan
barobardir.
5 - S h . M irziyoyev
65
Shuning uchun biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar,
jamoatchilik, mahalla-ko‘y bu masalada hushyorlik va
ogohligimizni yanada oshirishimiz kerak.
Aziz yurt-
boshimiz Islom Abdug‘aniyevich aytganlaridek, o‘z
bolalarimizni birovlaming q oiiga berib qo‘ymasdan,
ulami o‘zimiz tarbiyalashimiz kerak.
Buning
uchun
yoshlarimiz
bilan
ko‘proq
gaplashish, ulaming qalbiga quloq solish, dardini
bilish, muammolarini yechish uchun amaliy ko‘mak
berishimiz kerak. Bu borada uyushmagan yoshlar
bilan ishlashga ko‘proq e’tibor qaratish zamr.
Bu vazifalami amalga oshirishda biz asrlar
mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, aj-
dodlarimizning boy ma’naviy merosiga tayanamiz.
Yoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat
tuyg‘usini
kamol toptirish, ulami sogiom turmush
tarzi mhida tarbiyalashga qaratilgan targ‘ibot ishlarini
kuchaytiramiz. Bu boradagi siyosatimiz yangi qabul
qilingan
Dostları ilə paylaş: