Harakat strategiyamizni
ishlab chiqamiz.
Bu strategiyani amalga oshirish uchun bizda barcha
imkoniyatlar mavjud. Yurtimizning beqiyos ijtimoiy-
iqtisodiy, intellektual-ma’naviy salohiyati, yer osti
va yer usti boyliklari, dunyo miqyosidagi munosib
69
obro‘-e’tibori, jamiyatimizdagi mustahkam tinchlik va
barqarorlik muhiti oldimizga qo‘ygan ulkan va ezgu
maqsadlarga erishishda, hech shubhasiz, eng muhim
omillar b o iib xizmat qiladi.
Eng asosiysi, bizning ko‘pni ko‘rgan, hayot
sinovlarida toblangan, har qanday ulug‘ marralami
egallashga qodir, mard va olijanob xalqimiz bor.
Ishonchim komil, xalqimizning ana shunday fazi-
latlarini o‘zida mujassam etib, ulami asrlar davomida
asrab-avaylab va boyitib kelayotgan Farg‘ona ahli,
Farg‘ona viloyati bu y o id a bizga tog‘dek tayanch
boiadi.
Bu elning barcha ezgu orzu-niyatlarini amalga
oshirish uchun bor bilim va tajribamni, butun borli-
gim ni ayamasdan xizmat qilishni men o‘zim uchun
yuksak sharaf, deb bilaman.
So‘zimning yakunida sizlarga va sizlar orqali butun
Farg‘ona ahliga tinchlik-omonlik, baxt-u saodat,
xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.
E’tiboringiz uchun rahmat.
Rishton tumani,
2016-yil 1-noyabr
GO‘ZAL VA BETAKROR 0 ‘LKA
(NAMANGAN VILOYATI SAYLOVCHILAR
VAKILLARI BILAN UCHRASHUVDAGI
NUTQ)
Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!
Muhtaram do‘stlar!
Awalambor, bugun mana shu go‘zal Namangan
zaminida siz, azizlami sog‘-omon, yaxshi kayfiyatda
ko‘rib turganimdan xursand ekanimni bildirib, bar-
changizga, sizlar orqali butun viloyat ahliga, o‘zimning
chuqur hurmat va ehtiromimni izhor etaman.
Hurmatli saylovchilar!
Barchamiz Namangan viloyati deganda, awalo,
go‘zal va betakror bir oikani, mana shu tabarmk
zaminga ulkan mehr va sadoqat bilan yashayotgan,
mustaqilligimizni mustahkamlash va Vatanimizni
yanada ravnaq toptirish yoiida tinim bilmasdan
mehnat qilayotgan, fidoyi va bag‘rikeng insonlami
ko‘z oldimizga keltiramiz.
Bu diyordagi mashhur Axsikent, Munchoqtepa,
Ayritom, Mug‘tepa kabi me’moriy yodgorliklar o‘t-
mishda ushbu hududda o‘ziga xos sivilizatsiya va boy
madaniyat rivojlanganidan dalolat beradi.
Namangan qadimdan ko‘p-ko‘p iste’dod egalari-
ning parvoziga qanot bergan ilohiy bir makondir.
Bu ko‘hna yurtda tugilib ijod qilgan Maxdumi
A ’zam Kosoniy, Boborahim Mashrab, Fazliy, Nodim
Namangoniy, Ishoqxon Ibrat, Muhammadsharif So‘fi-
zoda singari shoir va ma’rifatparvarlaming nomlarini
xalqimiz hurmat bilan tilga oladi.
Shu o‘rinda, milliy uyg‘onish davrining yetuk
namoyandalaridan biri, Vatan va xalq istiqloli uchun
73
jonini fido qilgan ulug‘ bobomiz Ibrat domla haqida
to‘xtalib o‘tishni o‘rinli deb bilaman.
Barchamizga yaxshi ma’lum, XIX asrda To‘ra-
qo‘rg‘on zaminida tug‘ilib o‘sgan noyob iste’dodli bu
inson arab, fors, rus, hind, urdu, ingliz, fransuz tillarini
yaxshi bilgan.
Shu bilan birga, eng qadimiy finikiya, yahudiy,
suriya, yunon yozuvlarini chuqur o‘rgangan. U
dunyoning ko‘plab mamlakatlarida boiib, Sharq va
Yevropa ilm-fani, madaniyati va san’ati bilan yaqindan
tanishgan, yurtimizga ilg‘or madaniyat va texnika
yangiliklarini olib kirishga intilgan.
Ibrat domla oikamizdagi ilk matbaachilardan biri
sifatida, 1908-yilda Orenburg shahridan litografik
mashina sotib oladi va uni Orenburgdan Qo‘qongacha
poyezdda, Qo‘qondan To‘raqo‘rg‘onga tuyalarga ortib,
katta mashaqqatlar bilan olib keladi va o‘z hovlisida
«Ishoqiya bosmaxonasi»ni tashkil qiladi. Yaqin-
yaqingacha, ya’ni 1960-yilgacha faoliyat ko‘rsatib
kelgan bu bosmaxonada o‘tgan davr mobaynida qator
ilmiy-ma’rifiy kitob va risolalar, milliy gazetalar
nashr etilgani, ulami tarqatish uchun vodiyning
shahar-qishloqlarida o‘nlab kitob do‘konlari tashkil
etilgani sizlarga yaxshi m aium , albatta. Bu ulug‘
ma’rifatparvar inson ko‘plab ilmiy, pedagogik hamda
badiiy asarlar yaratgan, o‘z qishlog‘ida yangi maktab
va kutubxona ochgan, aholi uchun zamonaviy bog‘
barpo qilgan, hozirgacha g‘oyat noyob hisoblanadigan
olti tilli lug‘at yaratib, o‘z bosmaxonasida chop
ettirgan. Uning «Farg‘ona tarixi» degan mashhur
asari mamlakatimiz tarixiga oid nodir manbalardan
74
biri ekanini sizlar albatta yaxshi bilasizlar. Afsuski,
1937-yildagi qonli qatag‘onlar yurtimizning ko‘plab
fozil kishilari qatorida 75 yoshni qoralagan keksa adib
Ibratni ham o‘z girdobiga tortadi. U turmada og‘ir
kasallikka chalinib vafot etadi. Ulug‘ ajdodimiz Ibrat
taxallusini o‘ziga bejiz tanlamagan ekan. Uning Vatan
va yurt taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona hayoti nafaqat
o‘z davrida, balki bugungi kunda ham barchamiz
uchun haqiqiy ibrat namunasi b o iib xizmat qilmoqda,
desak, adashmagan boiam iz. Shu o‘rinda bir fikmi
sizlar bilan o‘rtoqlashmoqchi edim. To‘raqo‘rg‘onda
Ibrat domla hayoti va faoliyatiga bagishlangan muzey
borligi yaxshi, albatta.
Lekin savol tugiladi: shunday ulug‘ zotning xal-
qimiz uchun qilgan buyuk xizmatlarini butun mamlakat
miqyosida o‘qib-o‘rganish, merosini targ‘ib qilish,
avlodlarga yetkazish uchun shuning o‘zi yetarlimi?
Menimcha, To‘raqo‘rg‘onda u kishiga atab zamo-
naviy bog‘ yaratib, yodgorlik majmuasini tashkil
qilsak, buyuk bobomiz oldidagi qarzimizni uzgan
boiam iz, desam Sizlar nima deysizlar?
Bu yer butun respublikamiz aholisi uchun sevimli bir
ziyoratgohga aylanishi kerak. Nega deganda, bunday
fidoyi insonlar o‘zbek xalqining faxr-u iftixoridir. Agar
viloyat ahli shu taklifni qoilab-quwatlasa, ziyolilar,
keng jamoatchiligimiz, davlat idoralari bunga bosh-
qosh boisa, tom ma’noda ibratli bir ish boiardi. Bu
yerda yoshlarimiz uchun til o‘rganish bo‘yicha «Ibrat
maktabi»ni tashkil qilsak ayni muddao b o iu r edi.
Namangan adabiy muhitida kamolga yetgan Mu-
hammadsharif So‘fizoda yurtimiz so‘z san’atkorlari
75
orasida birinchi boiib, « 0 ‘zbekiston xalq shoiri»
unvoni bilan taqdirlangani ham alohida e’tiborga
sazovordir.
Eng muhimi, viloyatda ana shunday ezgu an’analar
munosib davom etib, bu tabarruk tuproqda Rafiq
Mo‘min, Chustiy, Y oidosh Shamsharov, Parda
Tursun, Usmon Nosir, Zafar Diyor, Turg‘un P oiat,
Husniddin Sharipov, Habib Sa’dulla kabi atoqli adiblar
yetishib chiqqan.
Bugungi kunda faol ijod qilayotgan Ermamat
Nurmatov, Abdug‘ani Abduvaliyev, Ziyovuddin Man-
sur kabi taniqli ijodkorlar, Jamoliddin Muslim, Xosiyat
Rustamova, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi
Mehrinoz Abbosova singari iste’dodli yoshlami
tarbiyalab yetishtirganini alohida ta’kidlash lozim.
Namangan zamini o‘zbek san’ati va madaniyati
rivojiga qanday ulkan hissa qo‘shgani haqida har
qancha gapirsak arziydi, albatta.
Bu haqda so‘z borganda, Sora Eshonto‘rayeva,
Mukarrama Azizova, Tursunoy Ja’farova, Shahodat
Rahimova, Habiba Oxunova, Kamoliddin Rahimov,
0 ‘rinboy Nuraliyev, Ergash Yoidoshev kabi ustoz
san’atkorlarimizni
bugun
sizlar
bilan
eslamay
boiadim i?
Yoqub
Ahmedov,
Olimjon
Salimov,
Karim
Yoidoshev, Mirza Azizov, Zulayho Boyxonova,
Hoshim Arslonov, Mehri Abdullayeva singari taniqli
ijodkorlarimizni tilga olishimiz, albatta tabiiydir.
Ulaming izidan borib, o‘zining iste’dod va qobi-
liyatini namoyon etayotgan, 0 ‘zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan artistlar Alisher Turdiyev, Samandar Ham-
roqulov, «Nihol» mukofoti sovrindorlari Malika
Egamberdiyeva, yosh xonanda Bekzod Bahromov
76
kabi o‘nlab namanganlik yoshlarimizning kelajagiga
biz katta umid va ishonch bilan qaraymiz.
Bugungi kunda yurtimiz dovrug‘ini dunyoga
taratib kelayotgan muhtaram domlamiz, akademik
Mahmud Salohiddinov, tarixchi olim, professor
Tursunboy Fayzullayev, Jahon fanlar akademiyasining
eng yosh a’zolaridan biri, mashhur «gen-nokaut»
texnologiyasini ixtiro qilgan g‘o‘zashunos olim
Ibrohim Abdurahmonov, taniqli ijodkorlar - Ahmadali
Akbarov, Ortiqali Qozoqov, Akmal Nur singari
Namangan farzandlari haqida, ulaming el-yurt oldidagi
xizmatlari haqida uzoq gapirish mumkin.
Eng muhimi, ulaming safi mustaqillik yillarida
tug‘ilib voyaga yetgan yoshlar bilan to iib , kengayib
borayotgani barchamizni xursand qiladi.
Namangan haqida so‘z borar ekan, albatta, bu
diyordan yetishib chiqqan taniqli sportchilar xususida
alohida to‘xtalib o‘tish joiz.
Bugungi kunda futbol bo‘yicha 0 ‘zbekiston milliy
terma jamoasi sardori Odil Ahmedov, shotakan-
karate bo‘yicha 5 karra jahon chempioni Muhammad
Abdumutalov, tennis bo‘yicha xalqaro tumirlar g‘olibi
Humoyun Sultonov, Braziliyada o‘tkazilgan yozgi
olimpiya o‘yinlarining boks bo‘yicha bronza medali
sohibi Murodjon Ahmadaliyev va 15-paralimpiya
o‘yinlarining yengil atletika bo‘yicha oltin medali
sohibasi Nozimaxon Qayumova singari iste’dodli
yoshlarimiz bilan butun xalqimiz faxrlanadi.
Bulaming barchasi Namangan xalqining asrlar osha
boqiy yashab kelayotgan yuksak salohiyatidan, ayni
vaqtda, bu yerda yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan
unumli foydalanayotganidan dalolat beradi.
77
Namangan shuhratini oshirishga hissa qo‘shayot-
gan bir qator yurtdoshlarimiz, xususan, « 0 ‘zbekiston
Qahramoni» degan yuksak unvonga sazovor boigan
mirishkor fermerlar Abduraim Homidov va Xalchaxon
Mirzayeva, mohir shifokor Oyshaxon Qo‘chqorova
kabi o‘z mehnati bilan dong taratgan insonlar
ko‘pchilikka o‘mak va namuna b o iib kelmoqdalar.
Shu o‘rinda viloyat hayotida faol qatnashib
kelayotgan muhtaram nuroniylar haqida alohida
to‘xtalib o‘tish lozim, deb o‘ylayman.
Mana, yigilishimizda ana shunday oqsoqollari-
mizdan viloyat «Nuroniy» jam g‘armasining rahbari
Ikromxon Najmiddinov ishtirok etayapti.
Shuningdek, keksa pedagog G‘anijon Ortiqov,
umsh va mehnat faxriysi Sansoqjon ota Nizomov,
Mavluda Imomova singari katta hayot tajribasiga ega
boigan, yoshlarga namuna b o iib kelayotgan insonlar
nomini biz hurmat bilan tilga olamiz.
Bugungi yomg‘ kunlarga yetib kelishimizda ana
shunday tabarmk insonlaming xizmatlari juda katta va
biz ulaming oldida doimo qarzdormiz.
Ana shu qarzni imkon qadar uzish, keksa avlod
vakillariga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish,
aw alo, «Nuroniy» jam g‘armasining maqomi va
mavqeyini ko‘tarish, uning viloyat va respublika
tuzilmalarining shtat birliklarini ko‘paytirish, moddiy-
texnik bazasini mustahkamlashga alohida ahamiyat
berishimiz zarur.
Tan olish kerakki, bugungi kunda shahar va
tuinanlarda nuroniylarimiz o‘z tashvish va muammo-
lari yuzasidan murojaat qiladigan vakolatli jamoat
tashkiloti yo‘q. Shuning uchun birinchi navbatda
78
shahar va tumanlarda «Nuroniy» jam g‘armasining
davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan
boiimlari tashkil etiladi. Mahalliy hokimliklar bu
boiimlar uchun bino ajratib, ulaming moddiy-texnik
bazasini yaratib beradi.
Shuningdek, «Nuroniy» jam g‘armasining respub-
lika va viloyat tashkilotlari xodimlarini ham budjet
hisobidan oylik maosh bilan ta’minlash yo‘lga
qo‘yiladi. Yana bir yangilik - har bitta mahallada
raisning nuroniylar masalalari bo‘yicha maslahatchisi
lavozimi joriy etilmoqda.
Namangan ahli o‘zining mohir hunarmandlari va
ustalari bilan dunyoga tanilgan desak, mubolag‘a
boimaydi. Namangan hunarmandchilik mahsulotlari,
xususan, xonatlas, adras va beqasam kabi milliy
matolarimizdan tayyorlangan liboslar 0 ‘zbekistondan
tashqarida ham m aium va mashhurdir.
Ishbilarmonlik, tadbirkorlikning bunday noyob
an’analari Namangan ahlining qon-qonida boiib,
avloddan avlodga o‘tib kelayotganini barchamiz
yaxshi bilamiz. Mustaqillik davrida milliy an’ana va
qadriyatlarimiz tiklanishida Namangan hunarmand-
larining munosib hissasi bor.
Shu o‘rinda namanganlik tadbirkor Baxtiyor Uma-
rov rahbarligidagi «Istiqlol» dizayn markazi faoliya-
tini ta’kidlab o‘tishni istardim. Bugungi kunda erkaklar
kostumini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi taniqli
brendlar bilan raqobatlasha oladigan ushbu korxona 50
turdan ziyod modelda mahsulot ishlab chiqarmoqda.
Eng muhimi, viloyatda shu yo‘nalishning o‘zida
150 ta xususiy korxona faoliyat olib bormoqda.
79
Ular ichki bozorimizni zarur mahsulotlar bilan
to‘ldirish bilan bir qatorda, o‘z tovarlarini ko‘plab
xorijiy mamlakatlarga eksport qilayotgani tahsinga
sazovordir.
Aziz do‘stlar!
Namangan viloyati haqida so‘z yuritar ekanmiz,
muhtaram IslomAbdug‘aniyevichning:
Dostları ilə paylaş: |