Ruxsatingiz bilan, e’tiboringizni ana shu dasturlar-
ning
mazmun-mohiyatiga qaratib, ularda belgilangan
chora-tadbirlami muxtasar sharhlab bermoqchiman.
Birinchidan, joriy yil 5-oktabrdagi Farmon
bilan Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlani-
shini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama
himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jiha-
tidan yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar
dasturi tasdiqlandi.
Tajribali va malakali mutaxassislar tomonidan
yangitdan tayyorlangan
mazkur davlat dasturi bu
borada qabul qilingan qonun hujjatlari talablariga
so‘zsiz amal qilinishini ta’minlashga qaratilgan.
U davlat tomonidan
kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash,
bu sohaning huquq va kafolatlarini
himoya qilishni
yanada kuchaytirish, tadbirkorlar faoliyatini asossiz
tekshirishlarga chek qo‘yish chora-tadbirlarini o‘z
ichiga oladi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatga
olish, ruxsat berish va
litsenziyalash jarayonini
takomillashtirish yuzasidan aniq choralar belgilandi.
Bu haqda gapirganda, Namangan viloyatida tijorat
banklari tomonidan kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun
ajratiladigan kreditlar miqdorini kelgusi 5 yilda kami-
da 3-3,5 barobarga ko‘paytirish
nazarda tutilganini
aytib o‘tmoqchiman.
N amangan shahri, To ‘ raqo ‘ rg ‘ on va Pop tumanlarida
kichik biznesni rivojlantirish uchun tashkil qilingan
17 gektardan iborat 4 ta maxsus sanoat zonasini
92
kengaytirish, boshqa tumanlarda
ham xuddi shunday
hududlar tashkil etish moijallanmoqda.
Dasturga ko‘ra, kelgusi 5 yilda 10 mingdan ortiq
yangi kichik biznes subyekti tashkil etiladi.
Dostları ilə paylaş: