Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan


To‘rtinchidan, Shahar va qishloqlarda transport



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

To‘rtinchidan, Shahar va qishloqlarda transport
ta’minotini yanada yaxshilash dasturi tayyor-
lanmoqda.
Viloyatda aholiga transport xizmati ko‘rsatish 
sifatini oshirish maqsadida oxirgi 5 yil davomida 160 ta 
avtobus sotib olinib, shahar va shahar atrofidagi
18 ta yo‘nalishda muntazam qatnov y o ig a qo‘yildi. 
Birgina Namangan shahrining o‘ziga 100 ta avtobus 
olib kelingani shaharda avtobuslar qatnovini tubdan 
yaxshilash imkonini berdi.
Ayni paytda tayyorlanayotgan dasturda Namangan 
viloyatida lizing asosida yana 270 ta avtobus sotib olib, 
belgilangan yo‘nalishlarga chiqarish, 80 ta zamonaviy 
avtobekat barpo etish, chekka hududlarda yashovchi
94


aholi uchun yangi qatnov yo‘nalishlari tashkil etish va 
boshqa chora-tadbirlar rejalashtirilmoqda.
Beshinchidan, Qishloq joylarda ichimlik suvi
tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish
dasturi ishlab chiqilmoqda.
Tayyorlanayotgan 
dasturda 
mamlakatimizning 
barcha hududlarida bu muhim sohaga zamonaviy, 
tejamkor va samarali texnologiyalami bosqichma- 
bosqich joriy etish yo‘li bilan suv ta’minoti va sifatini 
yaxshilash choralari belgilanmoqda.
0 ‘tgan besh yilda Namangan viloyatida 475 
kilometr suv tarmoqlari va 33 ta yer osti suv qudug‘i 
qurildi. Natijada 450 ming aholi toza ichimlik suvi 
bilan ta’minlandi va bu boradagi ko‘rsatkich 67 foiz- 
dan qariyb 71 foizga yetdi.
Ana shu ishlaming uzviy davomi sifatida, kelgusi 
besh yilda viloyatda qo‘shimcha ravishda 211 kilometr 
suv tarmoqlarini qurish moijallanmoqda.
Shular qatorida, Kosonsoy tumanida «Obod» 
suv to‘plash va tozalash inshooti, 13 kilometrdan 
iborat magistral tarmoqlar qurib bitkazilib, Kosonsoy 
shahri bilan bir qatorda Bahoriston, Olmazor, 
Yumaloqshayxmozor, Ozod qishloqlari ham toza 
ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
Mingbuloq tumanidagi Jumasho‘y shaharchasini 
ichimlik suvi bilan ta’minlovchi suv olish inshooti va 
5 kilometrdan ziyod magistral tarmoq rekonstraksiya 
qilinadi. 
«Qizil Rovot» suv olish inshootidan 
Uchqo‘rg‘on shahrigacha boigan 7 kilometr masofada 
magistral tarmoq tortiladi.
Xalqaro 
moliya 
institutlarining 
300 
million 
dollarga yaqin imtiyozli kreditlari jalb etilib, 434
95


kilometr magistral va ichki tarmoqlar, 112 ta yangi 
suv quduqlari quriladi.
Jumladan, Chust, Pop, Chortoq, Namangan va 
To‘raqo‘rg‘on tumanlari, Namangan shahri, shu- 
ningdek, Zarkent, Xadikent, Iskovot, Buloqboshi, 
Bo‘ston, Yoshlik aholi punktlarida toza ichimlik 
suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha yirik loyihalar 
bajariladi.
Shular 
qatorida, 
Uchqo‘rg‘on 
- Namangan 
magistralining 2-tarmog‘ini qurish, Jiydakapa -
Kurashxona magistral tarmog‘i va Namangan shahri 
oqova suv tizimlarini rekonstmksiya qilish va 
kengaytirishga qaratilgan loyihalar amalga oshiriladi.
Miqyosi va ko‘lami ulkan bunday loyihalaming 
amalga oshirilishi natijasida viloyat aholisining toza 
ichimlik suvi ta’minoti tubdan yaxshilanadi. Eng 
muhimi, bu boradagi ko‘rsatkich viloyat bo‘yicha 90 
foizga yetkaziladi.

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə