O‘tgan davr mobaynida yurtimiz tarixining mazkur qismini o‘rganish bo‘yicha mamlakatimizdan tashqarida qator tadqiqotlar olib borildi



Yüklə 37,5 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü37,5 Kb.
#115060
nima uchun o\'qish kerak


Asosan 1917-1934-yillar oralig‘ida bo‘lib o‘tgan va davrdagi tuzum propaganadasi tufayli “BOSMACHILAR” deya atalgan, lekin aslida mustaqillik uchun kurashgan istiqlolchilarimiz tarixi, ularning shaxsiyati va faoliyat maqsadi bugungi kunchaga to‘la o‘rganilmagan, ko‘plab savollarni keltirib chiqarayotgan o‘tmishimizning ajralmas qismi bo‘lib kelgan edi.
O‘tgan davr mobaynida yurtimiz tarixining mazkur qismini o‘rganish bo‘yicha mamlakatimizdan tashqarida qator tadqiqotlar olib borildi. Afsuski shu paytgacha yurtimiz tarixchilari orasida bu davr bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borganlari barmoq bukib sanaydigan darajada. Lekin shunday bo‘lishiga qaramasdan o‘sha davr manzarasini o‘zida haqoniy aks ettirib beradigan to‘liq asar yaratilmagan edi.
Uzoq yillar o‘z vatanidan uzoqda yashab kelgan xalqaro darajada tanilib ulgurgan o‘zbek tarixchisi doktor Boymirza Hayit tomonidan ilk bor 1994-yilda Germaniyada “BOSMACHILAR. Turkiston milliy kurash tarixi (1917-1934)” kitobi nemis tilida nashrdan chiqdi. O‘zigacha shu mavzuda yaratilgan asarlar ichida o‘zining aniq faktlarga asoslangan va to‘ldirilganligi bilan ajralib turgan bu kitob oradan 4 yil o‘tib, 1998-yil Istanbulda(Turkiya) turk tiliga tarjima qilinadi va keng kitobxonlar ommasiga taqdim etiladi.
Zamon zayli bilan shu davrda bu kitobni o‘zbek tiliga tarjima qilish ishlari vaqtincha to‘xtab qoladi. Ammo oradan mana 20 yildan oshiq vaqt o‘tgach prof. R.T.Shamshutdinov tashabbusi va say-harakati tufayli ushbu asar o‘zbek tiliga tarjima qilindi va 2023 yilda chop etildi. Bu o‘zbek tilida chop qilingan asarning boshqa tillardagi variantidna farqli tomoni shundaki, bu asarga hozirda yurtimiz hamda xorijiy arxivlarda saqlanayotgan va endigina maxfiylikdan chiqarilgan o‘sha davrga oid ma’lumotlar ham keltirilgan. Kitobxonlarga tushunarsiz yoki tushunish qiyin bo‘lgan joylari yangi materiallar asosida soddalashtirildi va yanada boyitildi. O‘sha davr manzarasini to‘liq gavdalantirish maqsadida na nemis tilidagi va na turk tilidagi variantlarida keltirilmagan rasmlar mazkur o‘zbekcha variantida keltirib o‘tilgan. Qolaversa bu kitobning oxiriga prof R.T.Shamsutdinovning milliy ozodlik kurashiga bag‘ishlangan tadqiqotlaridan maqolalar ham qo‘shilgan va bu narsa kitobning yanada mukammalashib yangicha rux berganini ilg’ash mumkin.
Yüklə 37,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə