Harakat strategiyamizni
ishlab chiqamiz.
Albatta, bu strategiyani amalga oshirish oson emas.
Buning uchun jamiyatimizdagi barcha kuchlami
birlashtirib, hayot sinovlarida toblangan, har qanday
ulug‘ marralami egallashga qodir, mard va olijanob
xalqimiz qatori siz, hurmatli Navoiy ahliga tayangan
holda ish olib boramiz.
Sizlaming, butun el-yurtimizning ishonchini oqlash,
xalqimizning barcha orzu-niyatlarini amalga oshirish
uchun bor bilim va tajribamni, butun borlig‘imni
ayamasdan xizmat qilishni men o‘zim uchun yuksak
sharaf, deb bilaman.
So‘zimning yakunida sizlarga, sizlar orqali butun
Navoiy viloyati ahliga sihat-salomatlik, baxt-u saodat,
xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.
E ’tiboringiz uchun rahmat.
Nurota tumani,
2016-yil 4-noyabr
ILM-U MA’RIFAT, DIN-U DIYONAT,
BUNYODKORLIK BILAN NOM
QOZONGAN XALQ
(BUXORO VILOYATI SAYLOVCHILAR
VAKILLARI BILAN UCHRASHUVDAGI
NUTQ)
Assalomu alaykum, hurmatli vatandoshlar!
Qadrli do‘stlar!
Bugun ko‘hna va tabarruk Buxoro zaminida
siz, azizlar bilan uchrashib, sizlami mana shunday
yaxshi kayfiyatda ko‘rib turganimdan xursandman.
So‘zimning aw alida barchangizga, sizlar orqali butun
viloyat ahliga o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni
bildirishga ruxsat etgaysiz.
Hurmatli yurtdoshlar!
Hammamiz uchun aziz va qadrdon boigan,
buyuk davlat va siyosat arbobi muhtaram Islom
Abdug‘aniyevichning vafot etganlariga, mana, ikki
oydan oshdi. Vaqt o‘tgan sari Birinchi Prezidentimiz-
ning xalqimiz, Vatanimiz ravnaqi yoiidagi unutilmas
xizmatlarini, u kishining rahbarligida amalga oshirilgan
tarixiy ishlar salmog‘ini har birimiz yanada chuqurroq
anglab yetayapmiz. Va ayni paytda barchamiz
Yurtboshimiz asos solgan milliy taraqqiyot yoiini
yangi bosqichga ko‘tarish zamratini, shu boradagi o‘z
burchimiz va mas’uliyatimizni teran his qilmoqdamiz.
Shaxsan men shunday buyuk insonga safdosh
boiib, chorak asrdan ko‘proq vaqt birga ishlaganimdan
baxtiyorman.
U kishi boshlagan barcha-barcha
ezgu ishlami og‘ishmasdan, qafiyat bilan davom
ettirishni o‘zimning muqaddas burchim deb bilaman.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qat-
143
nashish uchun men aynan ana shu g‘oya, ana shu
vazifani o‘zimga bosh maqsad qilib olganman.
Albatta, hammamiz yaxshi tushunamiz, bu saylov
barchamiz, butun el-yurtimiz uchun g‘oyat muhim
siyosiy tadbir, yana bir ulkan sinovdir. 0 ‘zbekistonning
bundan keyingi siyosati qanday boiadi, mamlakatimiz
qaysi
yoidan
boradi,
farzandlarimiz,
oilamiz,
Vatanimiz kelajagini qanday barpo etamiz, degan
savollar bugun oldimizda turibdi. Va shu yurtning
fuqarosi sifatida hammamizni o‘ylantiradigan bu
savollarga biz aynan shu saylov orqali javob topamiz.
Xabaringiz
bor,
biz
kuni
kecha
Farg‘ona
vodiysi viloyatlarida, bugun Navoiy viloyatida
saylovchilar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdik.
Videokonferensiya shaklidagi bu ochiq va jonli
muloqotlar xalqimizning siyosiy ongi va tafakkuri,
huquqiy madaniyati naqadar o‘sib borayotganini
ko‘rsatmoqda. Odamlar nafaqat shaxsiy muammolari,
nafaqat o‘zi yashayotgan shahar va qishlogi, balki
butun 0 ‘zbekiston hayoti va kelajagi bilan b ogiiq
masalalami
o‘rtaga
qo‘yayotgani ulaming faol
grajdanlik pozitsiyasidan dalolat beradi.
Sizlar bilan bugungi uchrashuvimizda ham imkon
qadar ko‘proq odamlar ishtirok etsin, munozara va
muhokamalarda faol qatnashsin, degan niyatda uni
videokonferensiya shaklida o‘tkazayapmiz. Har bir
saylovchi o‘zini qiziqtirgan, qiynayotgan savollar
bilan murojaat qilishi mumkin.
Aziz do‘stlar!
Dunyoda alohida bir elga, alohida bir yurtga
bag‘ishlab barpo qilingan yodgorliklar majmuasi
144
kamdan kam uchraydi. Buxoroi sharif ayni shunday
o‘lkalar qatoriga kiradi.
Mustaqillik yillarida bu qadimiy diyor va uning
mard, olijanob xalqi sharafiga «Ko‘hna va boqiy
Buxoro» yodgorlik majmuasi bunyod etilganini
yaxshi bilamiz. Bu majmua loyihasini muhtaram
Islom Abdug‘aniyevich o‘z qoilari bilan chizib, uning
qurilishiga shaxsan bosh-qosh boigan edilar.
Bu tabarruk zaminning necha ming yillik qadimiy
tarixi, buyuk alloma va aziz-avliyolari, uning betak-
ror madaniyati o‘z ifodasini topgan ana shu yodgorlik
bugungi kunda Buxoroning yorqin timsoliga aylanib
qoldi.
Haqiqatan ham, azaldan turli savdo yoilari,
madaniyat va sivilizatsiyalar chorrahasida joylashgan
boqiy Buxoro, uning ko‘pni ko‘rgan, ilm-ma’rifat,
din-u diyonat, bunyodkorlik borasida nom qozongan
xalqi har qanday hurmat va e’tiborga munosibdir.
Azim Zarafshon daryosi bo‘yida joylashgan bu
go‘zal vohadagi Varaxsha va Narshax singari qadimiy
sivilizatsiya o‘choqlari, ko‘hna Ark, Somoniylar
maqbarasi, Chashmai Ayub, Minorai Kalon, Chor Bakr
va o‘nlab noyob m e’moriy obidalar bizning tariximiz,
madaniyatimiz qanday chuqur ildizlarga ega ekanini
yaqqol tasdiqlaydi.
Bu qutlug‘ zamindan yetishib chiqqan Imom
Buxoriy, Abu Ali ibn Sino, Muhammad Narshaxiy,
Abduxoliq Gijduvoniy, Mir Said Kulol, Xo‘ja
Orif Revgariy, Bahouddin Naqshband kabi buyuk
mutafakkirlaming nomlari, ulaming boy merosi butun
Sharq va G‘arb olamida mashhurdir.
1 0 -S h . M irziyoyev
145
Xabaringiz bor, yaqinda Toshkentda Islom ham-
korlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi
boiib o‘tdi. Konferensiya doirasida bir qator yuksak
martabali mehmonlar bilan uchrashganimizda, ular-
ning har biri 0 ‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan
buyuk daholar nafaqat islom, ayni vaqtda jahon
sivilizatsiyasi tarixida g ‘oyat muhim o‘rin tutishini
e’tirof etdi.
Ushbu anjumanda buyuk muhaddis Imom Buxoriy
bobomizning tabarruk merosini yanada chuqurroq
o‘rganish maqsadida xalqaro ilmiy markaz tashkil
etish haqidagi 0 ‘zbekistonning taklifi katta qiziqish va
xayrixohlik bilan kutib olingani ham shundan darak
beradi.
Mana, ko‘rdingizmi, ulug‘ bobolarimizning sha-
rofati, oim as nomlari, ulaming mhi poklari bugun
ham bizni qanday qoilab-quvvatlayapti, bizga qanday
madad beryapti. Biz mana shunday ulug‘ allomalarimiz
bilan, ulami kamolga yetkazgan ona zaminimiz bilan
har qancha faxrlansak, arziydi.
«Oqqan daryo - oqaveradi», deydi xalqimiz.
Darhaqiqat, o‘tmishda qancha-qancha sinov va
qiyinchiliklarga duch kelmasin, Buxoroi sharifning
ilm-ma’rifat, madaniyat va san’at daryosi hech qachon
to‘xtagan emas. Bu ko‘hna yurtda tugilib ijod qilgan
Ahmad Donish, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo‘jayev,
Sadriddin Ayniy singari ko‘plab m a’rifat fidoyilarining
ibratli hayoti bugungi kunda ham yurtimizda yangi
jamiyat barpo etish, barkamol avlodni tarbiyalash,
ma’naviyatimizni yuksaltirishda bizga beqiyos kuch
bag‘ishlab kelmoqda.
146
Bu haqda gapirganda, zamonaviy o‘zbek ada-
biyotining taniqli vakillari bo‘lgan Ne’mat Aminov,
Omon Muxtor, Sadriddin Salim Buxoriy, Ahad Hasan
kabi shoir va yozuvchilarimizning yorqin xotirasini
butun el-yurtimiz yuksak ehtirom bilan yodga oladi.
Bugungi kunda Jamol Kamol, To‘ra Mirzayev,
Toshpoiat Ahmad, Jo‘ra Fozil, Jahongir Ismoilov,
Laylo Sharipova, Mamatqul Jo‘rayev, Shodmon
Sulaymon singari iste’dodli olim va ijodkorlarimiz
ustozlar an’anasini faol davom ettirmoqdalar.
Qadim Buxoroni biz nafaqat
Dostları ilə paylaş: |