Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

2016-2020-yillarda
O‘zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish
tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-
tadbirlar dasturidir.
Muhtarama onalarimiz, munis ayollarimiz -
bizni dunyoga keltirgan, oq yuvib, oq tarab voyaga 
yetkazgan, xonadonlarimiz ko‘rki, tarovati b o iib
kelayotgan aziz va mehribon zotlardir. Ularga har 
qancha e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatsak, e’zozlab 
boshimizga ko‘tarsak, shuncha kam, albatta.
Ayni shu maqsadga qaratilgan dasturda kelgusi 
2 yilda ayollar va bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni 
yaxshilash, jumladan, ularga xizmat ko‘rsatadigan 
davolash-profilaktika tashkilotlarining moddiy-texnik 
bazasini va kadrlar tarkibini yanada mustahkamlash, 
ularga maxsus va yuqori texnologiyalar asosida tibbiy 
yordam ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar 
nazarda tutiladi.
Dasturga 
muvofiq 
barcha 
yangi 
tug‘ilgan 
chaqaloqlar, o‘smir qizlar, homilador va tugish 
yoshidagi ayollar uchun to iiq patronaj kuzatish tizimi 
joriy etiladi. Natijada kasallanish holatlarining oldi 
olinib, onalar va bolalarda kasalliklami erta aniqlash 
ko‘rsatkichi 60 foizdan 85 foizga yetkaziladi.
Shu bilan birga, shifo maskanlariga markazlashgan 
tartibda yetkazib beriladigan dori vositalari, tibbiy 
buyum va uskunalar ro‘yxati kengaytiriladi.
Kelgusi besh yilda Farg‘ona viloyatida 31 ta 
tibbiyot birlashmalari va poliklinikalar rekonstruksiya 
qilinadi va kapital ta’mirlanadi. Ular zamonaviy tibbiy 
uskunalar, xususan, 43 ta tomograf, 326 ta rentgen va
64


321 ta UZI apparatlari, 87 ta laparaskop va boshqa 
uskunalar bilan qo‘shimcha jihozlanadi.
Ana shu maqsadlar uchun barcha manbalar 
hisobidan 1 trillion 500 milliard so‘m va 131 million 
dollar mablag‘ sarflanadi.
Biz uchun hech qachon kun tartibidan tushmaydigan 
yana bir o‘ta muhim masala borki, unga alohida 
to‘xtalib o‘tishni zarur deb bilaman. U ham bo‘lsa, 
unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimiz, farzandlarimiz 
tarbiyasi bilan bog‘liqdir. Buyuk Abdulla Avloniy 
bobomiz aytganidek, bu masala biz uchun haqiqatan 
ham yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat 
masalasidir va bu masala biz uchun o‘z dolzarbligi va 
ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan, ta’bir joiz 
bo‘lsa, masalalaming masalasidir.
Nega deganda, bugungi yashin tezligida o‘zga- 
rayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida 
yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochish bilan birga, 
ulami ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga 
ham duchor qilmoqda. Diniy ekstremizm, terrorizm
giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, 
«ommaviy madaniyat» kabi tahdidlar qancha-qancha 
oilalar, mamlakatlar boshiga qanday og‘ir kulfatlami 
solayotganiga 
barchamiz 
guvoh 
boimoqdamiz. 
G‘arazli kuchlar sodda, g‘o‘r bolalami o‘z ota-onasiga, 
o‘z yurtiga qarshi qayrab, ulaming hayotiga, umriga 
zomin boimoqda.
Bunday keskin va tahlikali sharoitda beparvo 
boiish, loqayd b o iish - qanchalik og‘ir boim asin, 
ochiq aytishga majburmiz - bu xiyonat, jinoyat bilan 
barobardir.
5 - S h . M irziyoyev
65


Shuning uchun biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, 
jamoatchilik, mahalla-ko‘y bu masalada hushyorlik va 
ogohligimizni yanada oshirishimiz kerak. Aziz yurt- 
boshimiz Islom Abdug‘aniyevich aytganlaridek, o‘z 
bolalarimizni birovlaming q oiiga berib qo‘ymasdan, 
ulami o‘zimiz tarbiyalashimiz kerak.
Buning 
uchun 
yoshlarimiz 
bilan 
ko‘proq 
gaplashish, ulaming qalbiga quloq solish, dardini 
bilish, muammolarini yechish uchun amaliy ko‘mak 
berishimiz kerak. Bu borada uyushmagan yoshlar 
bilan ishlashga ko‘proq e’tibor qaratish zamr.
Bu vazifalami amalga oshirishda biz asrlar 
mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, aj- 
dodlarimizning boy ma’naviy merosiga tayanamiz. 
Yoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat 
tuyg‘usini kamol toptirish, ulami sogiom turmush 
tarzi mhida tarbiyalashga qaratilgan targ‘ibot ishlarini 
kuchaytiramiz. Bu boradagi siyosatimiz yangi qabul 
qilingan 

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə