Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

Harakat strategiyamizni
ishlab chiqamiz.
Bu strategiyani amalga oshirish uchun bizda barcha 
imkoniyatlar mavjud. Yurtimizning beqiyos ijtimoiy- 
iqtisodiy, intellektual-ma’naviy salohiyati, yer osti 
va yer usti boyliklari, dunyo miqyosidagi munosib
69


obro‘-e’tibori, jamiyatimizdagi mustahkam tinchlik va 
barqarorlik muhiti oldimizga qo‘ygan ulkan va ezgu 
maqsadlarga erishishda, hech shubhasiz, eng muhim 
omillar b o iib xizmat qiladi.
Eng asosiysi, bizning ko‘pni ko‘rgan, hayot 
sinovlarida toblangan, har qanday ulug‘ marralami 
egallashga qodir, mard va olijanob xalqimiz bor.
Ishonchim komil, xalqimizning ana shunday fazi- 
latlarini o‘zida mujassam etib, ulami asrlar davomida 
asrab-avaylab va boyitib kelayotgan Farg‘ona ahli, 
Farg‘ona viloyati bu y o id a bizga tog‘dek tayanch 
boiadi.
Bu elning barcha ezgu orzu-niyatlarini amalga 
oshirish uchun bor bilim va tajribamni, butun borli- 
gim ni ayamasdan xizmat qilishni men o‘zim uchun 
yuksak sharaf, deb bilaman.
So‘zimning yakunida sizlarga va sizlar orqali butun 
Farg‘ona ahliga tinchlik-omonlik, baxt-u saodat, 
xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.
E’tiboringiz uchun rahmat.
Rishton tumani,
2016-yil 1-noyabr


GO‘ZAL VA BETAKROR 0 ‘LKA
(NAMANGAN VILOYATI SAYLOVCHILAR
VAKILLARI BILAN UCHRASHUVDAGI
NUTQ)


Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!
Muhtaram do‘stlar!
Awalambor, bugun mana shu go‘zal Namangan 
zaminida siz, azizlami sog‘-omon, yaxshi kayfiyatda 
ko‘rib turganimdan xursand ekanimni bildirib, bar- 
changizga, sizlar orqali butun viloyat ahliga, o‘zimning 
chuqur hurmat va ehtiromimni izhor etaman.
Hurmatli saylovchilar!
Barchamiz Namangan viloyati deganda, awalo, 
go‘zal va betakror bir oikani, mana shu tabarmk 
zaminga ulkan mehr va sadoqat bilan yashayotgan, 
mustaqilligimizni mustahkamlash va Vatanimizni 
yanada ravnaq toptirish yoiida tinim bilmasdan 
mehnat qilayotgan, fidoyi va bag‘rikeng insonlami 
ko‘z oldimizga keltiramiz.
Bu diyordagi mashhur Axsikent, Munchoqtepa, 
Ayritom, Mug‘tepa kabi me’moriy yodgorliklar o‘t- 
mishda ushbu hududda o‘ziga xos sivilizatsiya va boy 
madaniyat rivojlanganidan dalolat beradi.
Namangan qadimdan ko‘p-ko‘p iste’dod egalari- 
ning parvoziga qanot bergan ilohiy bir makondir. 
Bu ko‘hna yurtda tugilib ijod qilgan Maxdumi 
A ’zam Kosoniy, Boborahim Mashrab, Fazliy, Nodim 
Namangoniy, Ishoqxon Ibrat, Muhammadsharif So‘fi- 
zoda singari shoir va ma’rifatparvarlaming nomlarini 
xalqimiz hurmat bilan tilga oladi.
Shu o‘rinda, milliy uyg‘onish davrining yetuk 
namoyandalaridan biri, Vatan va xalq istiqloli uchun
73


jonini fido qilgan ulug‘ bobomiz Ibrat domla haqida 
to‘xtalib o‘tishni o‘rinli deb bilaman.
Barchamizga yaxshi ma’lum, XIX asrda To‘ra- 
qo‘rg‘on zaminida tug‘ilib o‘sgan noyob iste’dodli bu 
inson arab, fors, rus, hind, urdu, ingliz, fransuz tillarini 
yaxshi bilgan.
Shu bilan birga, eng qadimiy finikiya, yahudiy, 
suriya, yunon yozuvlarini chuqur o‘rgangan. U 
dunyoning ko‘plab mamlakatlarida boiib, Sharq va 
Yevropa ilm-fani, madaniyati va san’ati bilan yaqindan 
tanishgan, yurtimizga ilg‘or madaniyat va texnika 
yangiliklarini olib kirishga intilgan.
Ibrat domla oikamizdagi ilk matbaachilardan biri 
sifatida, 1908-yilda Orenburg shahridan litografik 
mashina sotib oladi va uni Orenburgdan Qo‘qongacha 
poyezdda, Qo‘qondan To‘raqo‘rg‘onga tuyalarga ortib, 
katta mashaqqatlar bilan olib keladi va o‘z hovlisida 
«Ishoqiya bosmaxonasi»ni tashkil qiladi. Yaqin- 
yaqingacha, ya’ni 1960-yilgacha faoliyat ko‘rsatib 
kelgan bu bosmaxonada o‘tgan davr mobaynida qator 
ilmiy-ma’rifiy kitob va risolalar, milliy gazetalar 
nashr etilgani, ulami tarqatish uchun vodiyning 
shahar-qishloqlarida o‘nlab kitob do‘konlari tashkil 
etilgani sizlarga yaxshi m aium , albatta. Bu ulug‘ 
ma’rifatparvar inson ko‘plab ilmiy, pedagogik hamda 
badiiy asarlar yaratgan, o‘z qishlog‘ida yangi maktab 
va kutubxona ochgan, aholi uchun zamonaviy bog‘ 
barpo qilgan, hozirgacha g‘oyat noyob hisoblanadigan 
olti tilli lug‘at yaratib, o‘z bosmaxonasida chop 
ettirgan. Uning «Farg‘ona tarixi» degan mashhur 
asari mamlakatimiz tarixiga oid nodir manbalardan
74


biri ekanini sizlar albatta yaxshi bilasizlar. Afsuski, 
1937-yildagi qonli qatag‘onlar yurtimizning ko‘plab 
fozil kishilari qatorida 75 yoshni qoralagan keksa adib 
Ibratni ham o‘z girdobiga tortadi. U turmada og‘ir 
kasallikka chalinib vafot etadi. Ulug‘ ajdodimiz Ibrat 
taxallusini o‘ziga bejiz tanlamagan ekan. Uning Vatan 
va yurt taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona hayoti nafaqat 
o‘z davrida, balki bugungi kunda ham barchamiz 
uchun haqiqiy ibrat namunasi b o iib xizmat qilmoqda, 
desak, adashmagan boiam iz. Shu o‘rinda bir fikmi 
sizlar bilan o‘rtoqlashmoqchi edim. To‘raqo‘rg‘onda 
Ibrat domla hayoti va faoliyatiga bagishlangan muzey 
borligi yaxshi, albatta.
Lekin savol tugiladi: shunday ulug‘ zotning xal- 
qimiz uchun qilgan buyuk xizmatlarini butun mamlakat 
miqyosida o‘qib-o‘rganish, merosini targ‘ib qilish, 
avlodlarga yetkazish uchun shuning o‘zi yetarlimi?
Menimcha, To‘raqo‘rg‘onda u kishiga atab zamo- 
naviy bog‘ yaratib, yodgorlik majmuasini tashkil 
qilsak, buyuk bobomiz oldidagi qarzimizni uzgan 
boiam iz, desam Sizlar nima deysizlar?
Bu yer butun respublikamiz aholisi uchun sevimli bir 
ziyoratgohga aylanishi kerak. Nega deganda, bunday 
fidoyi insonlar o‘zbek xalqining faxr-u iftixoridir. Agar 
viloyat ahli shu taklifni qoilab-quwatlasa, ziyolilar, 
keng jamoatchiligimiz, davlat idoralari bunga bosh- 
qosh boisa, tom ma’noda ibratli bir ish boiardi. Bu 
yerda yoshlarimiz uchun til o‘rganish bo‘yicha «Ibrat 
maktabi»ni tashkil qilsak ayni muddao b o iu r edi.
Namangan adabiy muhitida kamolga yetgan Mu- 
hammadsharif So‘fizoda yurtimiz so‘z san’atkorlari
75


orasida birinchi boiib, « 0 ‘zbekiston xalq shoiri» 
unvoni bilan taqdirlangani ham alohida e’tiborga 
sazovordir.
Eng muhimi, viloyatda ana shunday ezgu an’analar 
munosib davom etib, bu tabarruk tuproqda Rafiq 
Mo‘min, Chustiy, Y oidosh Shamsharov, Parda 
Tursun, Usmon Nosir, Zafar Diyor, Turg‘un P oiat, 
Husniddin Sharipov, Habib Sa’dulla kabi atoqli adiblar 
yetishib chiqqan.
Bugungi kunda faol ijod qilayotgan Ermamat 
Nurmatov, Abdug‘ani Abduvaliyev, Ziyovuddin Man- 
sur kabi taniqli ijodkorlar, Jamoliddin Muslim, Xosiyat 
Rustamova, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi 
Mehrinoz Abbosova singari iste’dodli yoshlami 
tarbiyalab yetishtirganini alohida ta’kidlash lozim.
Namangan zamini o‘zbek san’ati va madaniyati 
rivojiga qanday ulkan hissa qo‘shgani haqida har 
qancha gapirsak arziydi, albatta.
Bu haqda so‘z borganda, Sora Eshonto‘rayeva, 
Mukarrama Azizova, Tursunoy Ja’farova, Shahodat 
Rahimova, Habiba Oxunova, Kamoliddin Rahimov, 
0 ‘rinboy Nuraliyev, Ergash Yoidoshev kabi ustoz 
san’atkorlarimizni 
bugun 
sizlar 
bilan 
eslamay 
boiadim i?
Yoqub 
Ahmedov, 
Olimjon 
Salimov, 
Karim 
Yoidoshev, Mirza Azizov, Zulayho Boyxonova, 
Hoshim Arslonov, Mehri Abdullayeva singari taniqli 
ijodkorlarimizni tilga olishimiz, albatta tabiiydir.
Ulaming izidan borib, o‘zining iste’dod va qobi- 
liyatini namoyon etayotgan, 0 ‘zbekistonda xizmat 
ko‘rsatgan artistlar Alisher Turdiyev, Samandar Ham- 
roqulov, «Nihol» mukofoti sovrindorlari Malika 
Egamberdiyeva, yosh xonanda Bekzod Bahromov
76


kabi o‘nlab namanganlik yoshlarimizning kelajagiga 
biz katta umid va ishonch bilan qaraymiz.
Bugungi kunda yurtimiz dovrug‘ini dunyoga 
taratib kelayotgan muhtaram domlamiz, akademik 
Mahmud Salohiddinov, tarixchi olim, professor 
Tursunboy Fayzullayev, Jahon fanlar akademiyasining 
eng yosh a’zolaridan biri, mashhur «gen-nokaut» 
texnologiyasini ixtiro qilgan g‘o‘zashunos olim 
Ibrohim Abdurahmonov, taniqli ijodkorlar - Ahmadali 
Akbarov, Ortiqali Qozoqov, Akmal Nur singari 
Namangan farzandlari haqida, ulaming el-yurt oldidagi 
xizmatlari haqida uzoq gapirish mumkin.
Eng muhimi, ulaming safi mustaqillik yillarida 
tug‘ilib voyaga yetgan yoshlar bilan to iib , kengayib 
borayotgani barchamizni xursand qiladi.
Namangan haqida so‘z borar ekan, albatta, bu 
diyordan yetishib chiqqan taniqli sportchilar xususida 
alohida to‘xtalib o‘tish joiz.
Bugungi kunda futbol bo‘yicha 0 ‘zbekiston milliy 
terma jamoasi sardori Odil Ahmedov, shotakan- 
karate bo‘yicha 5 karra jahon chempioni Muhammad 
Abdumutalov, tennis bo‘yicha xalqaro tumirlar g‘olibi 
Humoyun Sultonov, Braziliyada o‘tkazilgan yozgi 
olimpiya o‘yinlarining boks bo‘yicha bronza medali 
sohibi Murodjon Ahmadaliyev va 15-paralimpiya 
o‘yinlarining yengil atletika bo‘yicha oltin medali 
sohibasi Nozimaxon Qayumova singari iste’dodli 
yoshlarimiz bilan butun xalqimiz faxrlanadi.
Bulaming barchasi Namangan xalqining asrlar osha 
boqiy yashab kelayotgan yuksak salohiyatidan, ayni 
vaqtda, bu yerda yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan 
unumli foydalanayotganidan dalolat beradi.
77


Namangan shuhratini oshirishga hissa qo‘shayot- 
gan bir qator yurtdoshlarimiz, xususan, « 0 ‘zbekiston 
Qahramoni» degan yuksak unvonga sazovor boigan 
mirishkor fermerlar Abduraim Homidov va Xalchaxon 
Mirzayeva, mohir shifokor Oyshaxon Qo‘chqorova 
kabi o‘z mehnati bilan dong taratgan insonlar 
ko‘pchilikka o‘mak va namuna b o iib kelmoqdalar.
Shu o‘rinda viloyat hayotida faol qatnashib 
kelayotgan muhtaram nuroniylar haqida alohida 
to‘xtalib o‘tish lozim, deb o‘ylayman.
Mana, yigilishimizda ana shunday oqsoqollari- 
mizdan viloyat «Nuroniy» jam g‘armasining rahbari 
Ikromxon Najmiddinov ishtirok etayapti.
Shuningdek, keksa pedagog G‘anijon Ortiqov, 
umsh va mehnat faxriysi Sansoqjon ota Nizomov, 
Mavluda Imomova singari katta hayot tajribasiga ega 
boigan, yoshlarga namuna b o iib kelayotgan insonlar 
nomini biz hurmat bilan tilga olamiz.
Bugungi yomg‘ kunlarga yetib kelishimizda ana 
shunday tabarmk insonlaming xizmatlari juda katta va 
biz ulaming oldida doimo qarzdormiz.
Ana shu qarzni imkon qadar uzish, keksa avlod 
vakillariga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, 
aw alo, «Nuroniy» jam g‘armasining maqomi va 
mavqeyini ko‘tarish, uning viloyat va respublika 
tuzilmalarining shtat birliklarini ko‘paytirish, moddiy- 
texnik bazasini mustahkamlashga alohida ahamiyat 
berishimiz zarur.
Tan olish kerakki, bugungi kunda shahar va 
tuinanlarda nuroniylarimiz o‘z tashvish va muammo- 
lari yuzasidan murojaat qiladigan vakolatli jamoat 
tashkiloti yo‘q. Shuning uchun birinchi navbatda
78


shahar va tumanlarda «Nuroniy» jam g‘armasining 
davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan 
boiimlari tashkil etiladi. Mahalliy hokimliklar bu 
boiimlar uchun bino ajratib, ulaming moddiy-texnik 
bazasini yaratib beradi.
Shuningdek, «Nuroniy» jam g‘armasining respub- 
lika va viloyat tashkilotlari xodimlarini ham budjet 
hisobidan oylik maosh bilan ta’minlash yo‘lga 
qo‘yiladi. Yana bir yangilik - har bitta mahallada 
raisning nuroniylar masalalari bo‘yicha maslahatchisi 
lavozimi joriy etilmoqda.
Namangan ahli o‘zining mohir hunarmandlari va 
ustalari bilan dunyoga tanilgan desak, mubolag‘a 
boimaydi. Namangan hunarmandchilik mahsulotlari, 
xususan, xonatlas, adras va beqasam kabi milliy 
matolarimizdan tayyorlangan liboslar 0 ‘zbekistondan 
tashqarida ham m aium va mashhurdir.
Ishbilarmonlik, tadbirkorlikning bunday noyob 
an’analari Namangan ahlining qon-qonida boiib, 
avloddan avlodga o‘tib kelayotganini barchamiz 
yaxshi bilamiz. Mustaqillik davrida milliy an’ana va 
qadriyatlarimiz tiklanishida Namangan hunarmand- 
larining munosib hissasi bor.
Shu o‘rinda namanganlik tadbirkor Baxtiyor Uma- 
rov rahbarligidagi «Istiqlol» dizayn markazi faoliya- 
tini ta’kidlab o‘tishni istardim. Bugungi kunda erkaklar 
kostumini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi taniqli 
brendlar bilan raqobatlasha oladigan ushbu korxona 50 
turdan ziyod modelda mahsulot ishlab chiqarmoqda. 
Eng muhimi, viloyatda shu yo‘nalishning o‘zida 
150 ta xususiy korxona faoliyat olib bormoqda.
79


Ular ichki bozorimizni zarur mahsulotlar bilan 
to‘ldirish bilan bir qatorda, o‘z tovarlarini ko‘plab 
xorijiy mamlakatlarga eksport qilayotgani tahsinga 
sazovordir.
Aziz do‘stlar!
Namangan viloyati haqida so‘z yuritar ekanmiz, 
muhtaram IslomAbdug‘aniyevichning: 

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə