Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

bizning eng muhim va
ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi.
Demokratik yangilanishlaming bugungi bosqichida 
biz qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkam- 
lash, tartib-intizom, inson huquq va erkinliklarini 
ta’minlashga alohida e’tibor qaratamiz.
Biz o‘zimiz barpo etayotgan huquqiy davlatda 
adolatsizlikka hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz. 
Qonun 
va adolat himoyasi hokimiyatning barcha bo‘g‘inlari, 
eng avvalo, davlat boshqamvi organlari, ayniqsa, 
huquqni muhofaza qilish idoralarining birinchi darajali 
vazifasiga aylanishi zamr.
Shuni ochiq tan olishimiz kerakki, biz notinch za- 
monda va notinch mintaqada yashayapmiz. Shuning 
uchun ham biz Vatanimiz himoyasini, davlatimiz mus- 
taqilligi va sarhadlarimiz daxlsizligini kafolatlaydigan, 
Qurolli Kuchlarimizning mudofaa qobiliyatini yanada 
mustahkamlashga qaratilgan tizimli kompleks chora- 
tadbirlami amalga oshirishni qatiyat bilan davom 
ettiramiz.
Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimiz suvereniteti 
va mustaqilligiga xavf solishga urinadigan har qanday 
yovuz kuchlarga munosib zarba berishga qodir boigan
83


milliy armiyamizni bundan buyon ham har tomonlama 
mustahkamlab boramiz.
Tashqi siyosatni amalga oshirishda barcha davlatlar, 
birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona 
munosabatlar va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada 
mustahkamlashni 
o‘zimizning 
birinchi 
darajali 
vazifamiz deb bilamiz.
Bu borada kecha Andijon va Farg‘onada aytgan 
gaplarimni takrorlashni istardim.
«Qo‘shning tinch - sen tinch» degan gap bejiz 
aytilmagan. Biz qo‘shnilarimiz bilan raqobat qilish 
emas, aksincha, do‘stlik yoiini, hamkorlik qilish 
yoiini izchil davom ettiramiz. Ta’kidlab aytaman, 
qo‘shnilarimiz bilan raqobat emas, o‘zaro manfaatli 
hamkorlikni yanada rivojlantiramiz. Qo‘shnimizning 
yutugi - bu bizning ham yutugimiz. Ulaming tinch 
va farovon hayoti - butun mintaqamizda tinchlik va 
barqarorlikni saqlashning garovi deb bilamiz. Mana 
shu y o id a muhim amaliy qadamlar qo‘yayotganimiz, 
jumladan, qo‘shni davlatlaming rahbarlari bilan olib 
borayotgan muzokaralarimiz buning yaqqol tasdigidir. 
Mana, 
yaqinda hammangiz 
guvoh boidinglar, 
Qirg‘izistondan 
kelgan 
mehmonlaming 
Andijon 
viloyatida, bizning vakillarimiz esa 0 ‘sh viloyatida 
boigani azaliy do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga 
munosib hissa b o iib qo‘shilishi shubhasiz.

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə