Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan


yangi ishlab chiqarish quwatlarini yaratish, mavjudlarini



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

yangi
ishlab chiqarish quwatlarini yaratish, mavjudlarini
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan
yangilash bo‘yicha umumiy qiymati 2,4 trillion
so‘mlik 828 ta investitsiya loyihasini 
amalga oshirish 
m o‘lj allanmoqda.
Bu haqda gapirganda, 
yengil, charm-poyabzal
va farmatsevtika tarmoqlarida 
kelgusi besh yilda 
1 trillion 565 milliard so‘m sarmoya o‘zlashtirilib, 
jami 353 ta investitsiya loyihasi joriy etilishini alohida 
aytib o‘tmoqchiman.
86


Namangan shahri, Namangan, To‘raqo‘rg‘on, Uychi 
va Uchqo‘rg‘on tumanlarida tayyor to‘qimachilik 
mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil 
etish hisobidan viloyatda paxta tolasini qayta ishlash 
darajasi 2021-yilga borib hozirgi 49 foizdan 94 foizga 
ko‘tariladi.
Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatyaptiki, ip-kalavani 
eksport qilsak, tolaga nisbatan 1,4 marta ko‘p daromad 
olamiz. Agar tayyor mahsulotga aylantirib sotadigan 
bo‘lsak, eksportdan keladigan daromadimiz 6 barobar 
ko‘payadi. Bu faqat valuta tushumi emas, balki yangi 
ish o‘rinlari, budjetga qo‘shimcha soliq va aholi 
farovonligi demakdir.
Shu sababli, 
tekstil va tikuv-trikotaj sanoatini
yanada rivojlantirish 
maqsadida yaqin besh yilda 
Namangan viloyatida umumiy qiymati 346 million 
dollar bo‘lgan 16 ta investitsiya loyihasi amalga 
oshiriladi.
Masalan, 2016-2018-yillarda Uchqo‘rg‘on tuma- 
nida 3 ta korxonada umumiy qiymati 210 million dollar 
bo‘lgan loyihalar amalga oshirilib, yiliga 26 ming 
tonna ip va aralash kalava, 10 ming tonna bo‘yalgan 
kalava, 25 million momiq va 2 million trikotaj buyum 
ishlab chiqarish quwatlari ishga tushiriladi.
Oziq-ovqat sanoatida 
kelgusi besh yilda 214 ta 
investitsiya loyihasini amalga oshirish mo‘ljallan- 
moqda. To‘raqo‘rg‘on tumanidagi meva va sabzavot 
tayyorlaydigan korxonada yiliga 30 ming tonna 
mahsulotni qayta ishlash va qadoqlash quwatlari 
tashkil etiladi.

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə