Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan


axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
rivojlantirish, 
hokimliklar, idoralar, korxona va 
tashkilotlar faoliyatida ana shu imkoniyatlardan keng 
foydalanish masalasi dolzarb vazifa hisoblanadi.
Aholiga ko‘rsatilayotgan telekommunikatsiya xiz- 
matlari sifatini oshirish maqsadida 250 kilometr 
uzunlikdagi optik tolali aloqa tarmoqlarini va 247 
ta mobil aloqa tayanch stansiyasini qurish, eskirgan 
telefon stansiyalarini zamonaviy stansiyalarga al- 
mashtirishga ustuvor ahamiyat qaratamiz.
Yangiqo‘rg‘on, Pop, Kosonsoy, Chust va Chortoq 
tumanlarida 26 ta raqamli teleuzatkich o‘matish 
hisobidan viloyat hududini raqamli televideniye bilan 
qamrab olish darajasini hozirgi 80 foizdan 100 foizga 
yetkazish - oldimizda turgan muhim vazifadir.
Hurmatli yurtdoshlar!
Bizning saylovoldi dasturimizda mamlakatimizdagi 
barcha viloyatlar qatori Namangan viloyatida ham 
har bir shahar va tumanni rivojlantirish bo‘yicha 
aniq rejalar ishlab chiqilgan. Bugungi imkoniyatdan 
foydalanib, ular haqida ham qisqacha axborot berib 
o‘tmoqchiman.
89


Tan olish kerakki, biz ilgari islohotlami amalga 
oshirishda aksariyat hollarda viloyat miqyosidagi 
masalalarga e’tibor qaratib kelganmiz. Vaholanki, 
har bir tuman va shahaming o‘ziga xos xususiyatlari, 
yechilmagan muammolari bor va ulaming barchasi 
odamlar hayotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilishi shub- 
hasiz.
Shuning uchun ham 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti devoniga, Vazirlar Mahkamasiga, viloyat, 
shahar va tumanlar hokimliklariga fuqarolar, korxona 
va muassasalardan tushayotgan murojaatlar soni ortib 
bormoqda.
Misollarga murojaat etadigan boisak, Namangan 
viloyatidan Vazirlar Mahkamasiga tushgan murojaatlar
2016-yilning birinchi yarim yilligida o‘tgan yilning 
shu davriga nisbatan 14 foizga ko‘paygan. Viloyat 
hokimligiga tushgan yozma murojaatlar 18 foizga, 
qabulga kelganlar soni 36 foizga oshgan b oiib, eng 
ko‘p murojaatlar Namangan shahri, Uychi, Namangan, 
Pop, Chortoq tumanlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Ayniqsa, Bosh vaziming yaqinda tashkil etilgan 
virtual 
qabulxonasiga 
mamlakatimizning 
barcha 
hududlari, jumladan, Namangan viloyatidan ham 
ko‘plab murojaatlar tushmoqda.
Mana, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi yakka 
tartibdagi tadbirkor F.Yo‘ldoshev chorvachilikni 
rivojlantirish maqsadida «Xalq banki»dan 6,5 million 
so‘m miqdorida kredit ajratishni so‘rab murojaat 
qilgan.
Namangan shahridan fuqaro M.Dadaxonov shahar 
elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari xatti-harakatidan 
norozi b o iib murojaat qilgan. Biz bu masalalami 
tezkor ravishda hal etdik.
90


Lekin bunday muammolami joylardagi mutasaddi 
rahbarlar, birinchi navbatda hokimlar o‘z vaqtida 
yechishi kerak emasmi? Odamlar bilan ishlash, muloqot 
qilishni, ulaming ichiga kirib, dard-u tashvishlarini 
eshitishni qachon o‘rganamiz?
Har qaysi rahbar, har qaysi mutasaddi uchun eng 
muhim masala aslida shu emasmi? Hayot tajribasi 
shuni ko‘rsatadiki, bu haqiqatni tushunib, shunga 
rioya qilib ishlamaydigan rahbar hech qachon uzoqqa 
bora olmaydi.
Biz bugungi uchrashuvimizda imkon qadar ko‘proq 
odamlar ishtirok etsin, munozara va muhokamalarda 
faol, ochiq va oshkora qatnashsin, degan maqsadda 
uni videokonferensiya shaklida o‘tkazmoqdamiz.
Har bir inson yoshi, kasbi, millatidan qat’i 
nazar, o‘zini qiziqtirgan, qiynayotgan savollar bilan 
murojaat qilishi mumkin. Men sizlaming har qanday 
savollaringizga javob berishga tayyorman.
Eng muhimi, biz bundan buyon mamlakat, viloyat 
miqyosidagi masalalardan quyiga - tuman yoki qishloq, 
kerak boisa, mahalla darajasidagi muammolarga 
qadar tushib boramiz.
Yurtimizda istiqomat qilayotgan har bir odamning 
dardi va tashvishini eshitib, joylarda to‘planib qolgan 
o‘tkir muammolaming yechimini topishga qaratilgan 
dasturlar ishlab chiqamiz va ijrosini nazoratga olamiz.
Shu maqsadda Hukumat tomonidan tuman va 
shaharlarimizni 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish, 
odamlarimizning hayoti va kayfiyatiga ta’sir etadigan 
sohalarda 

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə