Bu yerda bir kvadrat kilometrga o‘rtacha 676 kishi
to‘g‘ri keladi. Bu - mazkur viloyat aholi zichligi
bo‘yicha nafaqat Markaziy Osiyoda,
balki dunyoda
ham yuqori o‘rinlarda turadi, deganidir.
Tabiiyki, ijtimoiy sohadagi islohotlami amalga
oshirishda Andijon viloyatiga xos ana shunday
demografik xususiyatlami har tomonlama hisobga
olish talab etiladi. Shu ma’noda,
Andijon viloyatining
ana shu xususiyatini inobatga olgan holda, kelgusi
besh yilda yangi ishlab chiqarish quwatlarini barpo
etish, tadbirkorlik
va kichik biznesni, fermerlik
harakatini, xizmat ko‘rsatish tarmoqlari, kasanachilikni
rivojlantirish hisobidan yangi ish o‘rinlari tashkil etish
va aholi daromadlarini oshirish vazifasi doimiy e’tibor
markazimizda boiadi.
Viloyat iqtisodiyotidagi ulkan ijobiy o‘zgarishlar
tufayli
aholining turmush darajasi va sifati izchil
yuksalib bormoqda.
Buning amaliy ifodasini 2011-
yilga taqqoslaydigan boisak, har 100 ta oilaga to‘g‘ri
keladigan avtomobillar soni 1,5 barobar, pilesoslar 2,1
barobar, kir yuvish mashinalari 1,2 barobar, televizor
va muzlatkichlar 1,1 barobar ko‘paygani
yaqqol
tasdiqlaydi.
Shahar va qishloqlarimiz qiyofasini tubdan
o‘zgartirish,
odamlaming yashash sharoitini yaxshi-
lash, ayniqsa, qishloq aholisi uchun shahardagidan
qolishmaydigan uy-joylar qurish bo‘yicha
katta
hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda.
Biz namunaviy uy-joylar qurish bo‘yicha bosh-
langan ishlaming davomi sifatida qishloq aholisi
uchun ixcham va arzon uy-joylar qurish haqida
15
yaqinda yangi qaror
va dastur qabul qilganimizdan,
o‘ylaymanki, xabaringiz bor. Ishonchim komilki, bu
dastumi amalga oshirishda ham sizlar barchaga ibrat
va namuna boiasiz.
Viloyatda
Dostları ilə paylaş: