Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

«Savob ishni
har kim qilishi kerak, savob ishni har kun qilish
kerak» 
degan so‘zlami o‘ziga shior qilib yashayotgan 
bu fidoyi insonga, kelinglar, hammamiz birgalikda 
yangi kuch-g‘ayrat, uzoq umr, sihat-salomatlik tilaylik.
Bunday samimiy so‘zlami « 0 ‘zbekiston Qahra- 
moni» degan yuksak unvonga sazovor boigan, mi- 
rishkor fermerlar Sodiqjon Turdiyev va Siyosatxon Ab- 
dullayeva, mohir pedagoglar Shukurjon Mamatqulov 
va Kamoliddin G‘opirov, Asaka shahridagi avtomobil 
zavodi ishchisi Hasanboy Qosimov, viloyat «Nuroniy» 
jam g‘armasining raisi muhtaram Tavakkal Topi- 
voldiyev kabi o‘z mehnati bilan el-yurtimizda obro‘- 
e’tibor topgan insonlar haqida ham aytish mumkin.
Andijon zamini o‘zbek madaniyati, adabiyoti va 
san’ati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan Vosit Sa’dulla, 
Olimjon Xoldor, Saida Zunnunova, Muhammad 
Ali, T oian Nizom, Qamchibek Kenja kabi shoir va 
yozuvchilari, Soyib Xo‘jayev, Fattohxon Mamadaliyev, 
Munojot Yoichiyeva, Nuriddin Hamroqulov, Ozodbek 
Nazarbekov, aka-uka Vahobovlar, Hurriyat Isroilova 
singari san’atkorlari bilan m aium -u mashhurdir.
Shu o‘rinda xalqimizning ardoqli san’atkori, 
0 ‘zbekiston xalq artisti Munojotxon Yoichiyeva o‘z
ю


timsolida nafaqat buyuk o‘zbek madaniyatini, balki 
o‘zbek ayollariga xos bo‘lgan kamtarlik, mehr, ibo, 
nazokat, fidoyilik singari fazilatlami butun dunyoga 
namoyon etib kelmoqda, desam, o‘ylaymanki, sizlar 
ham bu fikrga qo‘shilasiz. Eng muhimi, bunday 
san’atkorlaming safi iste’dodli yoshlar hisobidan 
tobora kengayib borayotgani barchamizni xursand 
qiladi.
Aziz do‘stlar!
Hammamiz yaxshi bilamizki, Andijon viloyati 
mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy 
hayotida juda muhim, aytish mumkinki, strategik o‘rin 
tutadi. Bu zamin ko‘pgina sohalar bo‘yicha eng ilg‘or 
va salmoqli ulushga ega hududlarimizdan biri ekani 
haqida ko‘p misollar keltirish mumkin.
Ayniqsa, keyingi yillarda, butun mamlakatimiz 
kabi, Andijon viloyati ham yuqori sur’atlar bilan 
rivojlanmoqda. Albatta, «o‘sish», «rivojlanish» de- 
ganda biz faqat raqamlami, miqdor ko‘rsatkichlami 
emas, balki ulaming sifat ko‘rsatkichlariga aylanib, 
xalqimizning kundalik hayotiga, uning ro‘zg‘ori va 
dasturxoniga qanday ta’sir ko‘rsatayotganiga alohida 
e’tibor beramiz.
Yana bir muhim tomonini aytadigan boisak, 
viloyatda sanoat mahsulotining 95 foizdan ortigi 
avtomobilsozlik, yengil sanoat, kimyo, neft-kimyo
oziq-ovqat sanoati kabi zamonaviy tarmoqlarda ishlab 
chiqarilmoqda.
Hozirgi kunda viloyatda mavjud 140 ta qo‘shma 
korxonaning 72 tasi yoki yarmidan ko‘pi oxirgi 5 yil
п


mobaynida, ilgari bunday korxonalar boim agan 
tumanlarda tashkil 
etilgan boiib, 
bu keyingi 
paytda yuqori texnologiyalarga asoslangan sanoatni 
rivojlantirishga qaratilgan katta e’tibor natijasi, desak, 
xato boimaydi.
Bu haqda gapirganda, mamlakatimiz sanoatining 
faxri boigan Asaka shahridagi « 0 ‘zbekiston - Jeneral 
motors» qo‘shma korxonasi haqida to‘xtalmasdan 
o‘tolmaymiz.
Hammamizga yaxshi m aium , zamonaviy yengil 
avtomobillar ishlab chiqaradigan bu zavodga muhtaram 
Yurtboshimiz tomonlaridan asos solingan edi. Bu 
loyihaning o‘z vaqtida naqadar uzoqni ko‘zlab amalga 
oshirilganiga hammamiz deyarli har kuni ishonch 
hosil qilamiz. Har kuni ravon yoilar, obod ko‘chalami 
toidirib, 
millionlab 
odamlami 
o‘z 
manziliga 
yetkazayotgan, har tomonlama qulay, zamonaviy 
avtomobillami ko‘rganda, ulardan foydalanganda 
xalqimiz Birinchi Prezidentimizga rahmatlar aytadi, u 
kishini qayta-qayta duo qiladi.
Bu zavod ishga tushirilishi bilan mamlakatimizda 
butun bir yangi tarmoq - avtomobilsozlik sanoati 
paydo b oidi, u bilan bogiiq infratuzilmalar, xizmat 
sohalari shakllandi. Men o‘zim joylarda boiganimda 
avtomobil sanoati uchun ehtiyot qismlar tayyorlaydigan 
yoki shu sohada xizmat ko‘rsatadigan kichik korxo- 
nalaming ishi bilan doimo qiziqaman.
Ulaming barchasida o‘zimizning yoshlarimiz, 
kollej va oliy o‘quv yurtlarimizni bitirib chiqayotgan 
bolalarimiz ishlamoqda. Yurtimizda avtomobilsozlik 
bo‘yicha yangi sulolalar yetishib chiqmoqda.
12


Hurmatli yurtdoshlar!
Azaldan tadbirkorlik fazilatlari bilan shuhrat 
topgan Andijon zaminida 

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə