Kichik maktab yoshdagi o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari



Yüklə 101,5 Kb.
səhifə1/2
tarix20.06.2023
ölçüsü101,5 Kb.
#118178
  1   2
Kichik maktab yoshdagi o


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
Z.M.BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI


TARIX VA IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
TARIX YO’NALISHI
3-BOSQICH “A” GURUH TALABASI
TO’LASHOVA SARVINOZNING
UMUMIY O’RTA TA’LIM AKADEMIK LITSEY VA
KASB-HUNAR KOLEJI O’QUVCHILARI PSIXOLOGIYASI
FANIDAN TAYYORLAGAN







TEKSHIRDI: F.SAIDOVA


ANDIJON – 2014

Kichik maktab yoshdagi o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari




Reja:



  1. Kichik maktab yoshdagi o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishiga xos xususiyatlari .

  2. Maktabga kirish bilan bog‘liq qayta qurilish va undagi qiyinchiliklar

  3. Kichik maktab o‘quvchilarining o‘qish faoliyati.

Kichik maktab yoshdagi o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishiga
xos xususiyatlari .
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar bo‘lib ular boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hisoblanadi. Bu davrlarda bolaning hayoti va faoliyatida muhim o‘zgarishlar yuz beradi. Ularning psixikasida hamda jismoniy rivojlanishida sezilarli darajada o‘zgarishlar vujudga keladi. Kichik yoshdagi o‘quvchi maktabgacha yoshdagi bolalarga va o‘zidan kattaroq yoshdagi bolalarga nisbatan bir qancha jismoniy xususiyatlarga egadir. Kichik maktab yoshida suyak tizimi mustahkam bo‘lib qolgan bo‘lsa-da, biroq suyaklarini qotishi jarayoni xali tamomlanmaydi. Shuning uchun bolalardan mashg‘ulotlar davomida partada to‘g‘ri o‘tirishini talab qilib, ana shu holga e’tibor berish kerak. Bolalarni ko‘p yozish bilan charchatib qo‘ymaslik kerak, chunki xali ular qo‘l barmoqlari va panjani aniq harakat qildirishda qiynaladilar. Ularning yurak-tomir tizimi sistemasi xali yetarli, darajada rivojlanmagan bo‘ladi, shuning uchun o‘quv mashg‘ulotlari va o‘yinlar dvomida toliqtirib qo‘yishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Kichik yoshdagi o‘quvchida oliy asab tizimi oldingi yosh davrlarga nisbatan ancha yuqori darajada rivojlangan bo‘ladi. Bola miyasining og‘irligi 7 yoshdan keyin birmuncha ortadi. Agar 3–6 yoshda miya o‘rtacha 1100 g kelsa, 7 yoshga borib u 1250g ga, 9 yoshgacha 1300g yetadi. Shu bilan birga 7yoshdan 11yoshgacha bosh miyaning peshana qismlari o‘sayotganligi ayniqsa sezilarli bo‘ladi. Bola 7 yoshdan 11yoshgacha jismoniy jihatdan nisbatan osoyishta va bir tekisda rivojlanadi. Bo‘yi va og‘irligi organizimining pishiqligi, o‘pkasining hayotiy hajmi ancha tekis va proporsional rivojlanadi. Kichik maktab yoshdagi bolalarda yurak muskullari avval boshda ham ancha kuchsiz bo‘ladi, tez o‘sadi. Qon tomirlarining diametri nisbatan katta bo‘ladi. Miyaning funksional takomillanishi yuzaga keladi - miya po‘stining analitik va sintetik funksiyasi rivojlanadi, qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining o‘zaro munosabati sekin–asta o‘zgaradi; tormozlanish protsessi ustunlik qiladi, shuning uchun kichik maktab yoshidagi bola yuksak darajada qo‘zg‘aluvchandir.
7 yoshdagi bolaninig jismoniy taraqqiyotini unchalik zo‘r bermasdan va unchalik toliqtirmaslik 3–5 soat dars mashg‘ulot o‘tish va uy vafalarini bajarish imkonini beradi. Bola maktab ostonasiga qadam qo‘yishi bilan yangi hayot faoliyatiga, yangi muxit sharoitiga kirib keladi. Bu davrdan boshlab bola faoliyatining mazmuni ham, tevarak atrofdagi narsalarga munosabati ham o‘zgaradi. Endi u o‘quvchi degan sharafli nomga ega uning muayyan vazifalari va o‘quvchilik burchi bor. Bu yoshidagi bola maktab qoidalariga rioya qilishi, dars mashg‘ulotlariga kechikmay o‘z vaqtida yetib kelishi, darsda o‘qituvchining tushuntirayotgan materiallarini tinglab uqib olish, topshiriqlarni o‘zi bajarishi lozim. Darsda o‘zini qanday tutishi, gigiena va tozalikka rioya qilishi o‘qituvchi va kattalar tomonidan berilgan buyruq va ko‘rsatmalarni so‘zsiz bajarish, jamiyat orasida o‘zini qanday tutishi, lozimligini bilishi kerak. Yashash sharoitidagi bunday o‘zgarishlar bola psixikasining o‘sishiga, xulq atvoriga, shaxsning tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatadi. Maktabga kirish bolaning hayotida uning faoliyatida burilish davri hisoblanadi.
Kattalar va tengdoshlar bilan yangi munosabatlar maydonga keladi. Bola butun bir yangi jamoalar tizimiga qo‘shiladi. O‘quvchi oldiga bir qator jiddiy talablarni qo‘yadigan o‘qishga- yangi faoliyat turiga qo‘shilishi o‘quvchilarni o‘z hayotini qa’tiy tarzda tashkil qilishdagi qonun va tartibga bo‘ysunishga majbur qiladi. O‘quvchi ta’lim jarayonida axloqiy normalar va xati-harakat qoidalarini o‘zlashtira boshlaydi. Kichik maktab yoshi davrida axloqiy xatti-harakatlarga poydevor qo‘yiladi.
Maktabga kirish bilan bog‘liq qayta qurilish va undagi qiyinchiliklar.
Ta’limning boshlanishi bilan bola psixikasida keskin o‘zgarishlar ro‘y beradi. U psixik tomondan qayta qurilishiga duch keladi. Psixologik qayta qurilish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ayniqsa, I–sinf o‘quvchilarida qiyinchiliklarni paydo qiladi.
Bu qiyinchiliklar:
1. Birinchi sinf o‘quvchilari ko‘p harakatlarni intizom qoidalari talab qilgan darajada chaqqonlik bilan, sifatli qilib bajara olmaydilar. Lekin o‘qish faoliyati doimiy ravishda intizom qoidalariga rioya qilishni, 35-45 minutlik darslarda sabr–toqat bilan o‘tirishni, o‘zini– o‘zi tuta bilishni talab qiladi.
2. Ta’limning butun mazmuni boladan ixtiyoriy jarayonlarini: ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriy idrok, xotirani rivojlangan bo‘lishini taqozo qiladi. Lekin bolada hali bunday jarayon yetarli rivojlangan bo‘lmaydi.
3.O‘quvchi mustaqil fikr yuritishi, vazifalarni mustaqil bajarishi lozim. Bu xususiyat hamma bolalarda ham birdek rivojlanmaydi.
4.Bola o‘z burchini anglagan bo‘lishi, yaxshi o‘qishi va yaxshi intizomga ega bo‘lishi, intizom qoidalariga rioya qilishni, uyga berilgan vazifalarni bajarishi uning burchi ekanligi his qilishi kerak.
5. Diqqat e’tiborni o‘qituvchi aytganlariga qaratish uni idrok qilib esda olib qolish va kerak vaqtda ularni boshqara olish qobiliyatiga ega bo‘lmog‘i talab qilinadi. Bunday talablarga javob qaytarish so‘zsiz o‘quvchiga qiyindir. Bunday qiyinchiliklarni mustaqil ravishda yenga bilishi asta – sekin va muntazam o‘qish jarayonida materialni osondan qiyinga, oddiydan-murakkabga qarab tushuntirish, bolalarni o‘qish faoliyatiga qiziqtirish, darslarni qiziqarli emotsional va obrazli bayon qilish orqali bartaraf qilinadi.
Kichik maktab yoshida ta’lim jarayonini tizimli tashkil qilish, bolada beg‘amlik davrining tuganlanganligidan dalolat beradi va o‘qishga bo‘lgan munosabatlar tobora o‘zgarib boradi. Bu davrda bolaning qiziqishlari o‘yin faoliyatidan o‘quv faoliyatiga asta-sekin ko‘chib o‘tadi. O‘qishga xos qiziqishlar ko‘pincha bolalarning o‘yin faoliyatiga ta’sir etadi, o‘qishga xos qiziqishlar ko‘pincha o‘yinlar xarakteri va mazmuniga ta’sir qiladi. Har qanday ishining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan motivlarga bog‘liq bo‘lib, odam ana shu motivlar yordamida ish bilan shug‘ullanadi. O‘qish motivlari har xil bo‘ladi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘zlarini bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorlashlarida motivlarga kamroq amal qiladilar. Bola hali motiv haqida o‘ylab ko‘rishdan ancha uzoqda. Kichik maktab yoshidagi bola o‘z bilim doirasini kengaytirish, foydali bilimlar olish, shuningdak, jamiyat oldidagi o‘z burchini bajarish haqida ham uncha bosh qotirmaydi. Barcha mana shu motivlar unda ikkinchi darajali narsaga aylanadi. Ammo, yuqorida aytib o‘tganidek, uning o‘zi nima qilayotgan va maktabda bilib olayotgan narsaga bevosita qiziqishi, shuningdek, o‘qituvchi, ota–onalar talablarini bajarishga intilishi, maqtov eshitishi, qilgan ishining ma’qul topilishi, yaxshi baholar olishi va hakozolar o‘qishga nisbatan qiziqish uyg‘otishning eng muhim vositalariga aylanib qoladi.
Kichik maktab o‘quvchilarining o‘qish faoliyati.
O‘quv jarayoni I sinf o‘quvchilarini o‘ziga jalb qiladi. Chunki o‘quv faoliyatida zavqli o‘quvchi bo‘lish, maktab talablarini ado etish maroqlidir. So‘ngra o‘qish jarayonining o‘ziga bo‘lgan qiziqishi o‘qish samarasiga ko‘chadi. O‘qituvchi bolalarning muayyan maqsadga qaratilgan faoliyatga qiziqishlarni rivojlantiradi. Ta’lim jarayonida o‘quv amalarini o‘qituvchi tomonidan nazorat qilib borilishi o‘quvchini o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantiradi va o‘qish faoliyati motivi muayyan bir maqsadga aniq yo‘naltirilmagan bo‘lsa, 3–4 sinf o‘quvchilarining o‘quv motivlari aniq bir maqsadni ko‘zlashga qaratiladi. Ular nima uchun yaxshi o‘qish, bilim olish, a’lochi bo‘lishning motivlarini his qiladi. Ular yaxshi o‘qisa, bilim olsa kelgusida, muxandis, o‘qituvchi, shifokor bo‘lishini biladi. Maktabga kirgan davridan boshlab uning asosiy faoliyati o‘qish ekanligini tushungan o‘quvchi muhim ijtimoiy vazifa – o‘qish, bilim orttirish vazifasidan iborat ekanligini bilib oladi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘qish faoliyati qat’iy ravishda maqsadga muvofiqlashtirilgandir.
Bolaning maktabga kirishi bilan butun hayot tartibi, ijtimoiy holati, jamoadagi, oiladagi ahvoli keskin o‘zgarib ketadi. Maktabga kirgan davridan boshlab uning asosiy faoliyati o‘qish bo‘lib qoladi. Muhim ijtimoiy vazifa – o‘qish bilim orttirish vazifasidan iborat bo‘lib qoladi.
Bolaning maktab o‘quvchisi bo‘lishi uning hayotida “burilish”ni yuzaga keltiradi. Uning asosiy faoliyati, birinchi va eng muhim vazifasi o‘qish, ya’ni yangi bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni ortirishdan, tabiat hamda jamiyat haqida sistemali ma’lumotlar to‘plashdan iborat bo‘lib qoladi. O‘z – o‘zidan ma’lumki, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda o‘qishga nisbatan yuksak javobgarlik munosabati birdaniga tarkib topib qolmaydi. Bunda anchagina individual farqlar kuzatilsa ham o‘qishga bo‘lgan munosabatlar va motivlarining rivojlanish dinamikasi odatda qonuniy xarakterga ega bo‘ladi. Yetti yoshli bolalar ta’limning boshlang‘ich davrida maktab mashg‘ulotlarining yaqin kelajakdagi istiqbollarini ijobiy idrok qiladilar. Bolalarda hatto xarakterli xususiyatlarni jixatlardan farq qiladigan o‘ziga hos ehtiyoj ham paydo bo‘ladi. Bu aslida hali o‘qishga bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga bo‘lgan ehtiyoj emas, biron yangi narsani, tevarak- atrofdagi voqelik hodisalarni bilishga bo‘lgan ehtiyojdir. Bu ehtiyoj o‘zining kichkina bolalik xolatini o‘zgartirish, mustaqillikning navbatdagi bosqichiga ko‘tarilishi, oilani katta va ish bilan band a’zosi bo‘lishi istagidir. Bunda o‘qishning tashqi belgilari yangi forma kiyish hoxishi, o‘z shaxsiy papkasiga ega bo‘lish, mashg‘ulotlar uchun o‘z joyiga ega bo‘lish, kitoblarini qo‘yish uchun javonchaga ega bo‘lish xuddi otasi yoki onasi ishga borganlaridek har kuni maktabga borish xohishi katta ahamiyatga ega. Shu bilan kichkina bolalar ko‘zi oldida yuksaklikka ko‘tarilishdek yoqimli istiqbol ularni maftun etadi. Maktabga bo‘lgan bunday munosabatning mustahkamlanishiga ikkinchi sentabrdagi tantanali bayram sharoiti maktab o‘quvchisi degan nom berish an’anasi ham anchagina yordam beradi.
Bola hali maktabga bormasdan oldinoq, ya’ni oiladan va bog‘chada ijtimoiy hayotimizning turli sohalari bilan, ayniqsa maktab hayoti, ularning xilma-xil faoliyatlari bilan tanishadi va unda yuksak ijtimoiy qiziqish-havas kurtaklari paydo bo‘la boshlaydi.
Bola maktab yoshiga kirib maktab borishga, o‘quvchi bo‘lishga g‘oyat darajada qiziqadi. Bu uning gap-so‘zlaridan va qilayotgan harakatlridan ham ko‘rinib turadi. Shu kezlari bola maktab va maktabda o‘qish uchun kerak bo‘ladigan narsalar to‘g‘risida ko‘proq gapiradi. Sumka, “Alifbe”, qalam, daftar va sanoq cho‘plarini tezroq tayyorlab qo‘yish ustida ko‘proq bosh qotiradi. Shu bilan birga u o‘zining to‘plagan o‘quv qurollarini nihoyatda avaylab sumkasiga solib, qayta-qayta sumkasidan olib ko‘rib, bularni maktabga ko‘tarib borishga oshiqadi va bunga juda ham havas qiladi. Biroq o‘qishga bo‘lgan dastlabki bunday havas uning tabiatga xos bo‘lgan “Bu nima?” tarzidagi tekshirish refleksi asosida yuzaga keladigan faoliyatdan iborat bo‘lsa ham, lekin ularda ko‘rina boshlagan bunday qiziqish-havas talim-tarbiya jarayonida takomillasha boradi. O‘qish bo‘lsa - boladan ma’lim uyushqoqlikni, intizomlilikni, anchagina irodaviy zo‘r berishlikni talab qiladigan jiddiy mehnatdir.
Maktab ta’limining birinchi kunidan boshlab kichik maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch bo‘lgan asosiy qarama – qarshilik yuzaga keladi. Bu qarama – qarshilik bola shaxsiga, uning diqqati, xotirasi, tafakkuriga nisbatan o‘quv ishlari, o‘qituvchilar hamda jamoa tomonidan qo‘yilayotgan va doimo orttirib borayotgan talablar bilan o‘quvchining mavjud psixik rivojlanish darajasi o‘rtasidagi qarama-qarshilikdir. Talablar hamma vaqt o‘sib boraveradi va bolaning mavjud psixik rivojlanish darajasi ana shu o‘sib borayotgan talablarga tenglashishga to‘xtovsiz ravishda intilaveradi. To‘g‘ri tashkil etilgan ta’limda bu turdagi bolalar o‘rta maktab dasturida ko‘rsatilgan bilimlarga nisbatan ko‘proq bilimlarni tushunishlari va o‘zlashtirishlari mumkin. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, shu davrdan boshlab, o‘quv materialini o‘zlashtirmaslikning dastlabki belgilari ko‘zga tashlanadi. O‘zlashtirmaslikning asosiy sabablari: bu aqliy taraqqiyot va o‘quvchanlikning bir muncha orqada qolishidir. N.S.Leytes mulohazalariga ko‘ra inson yoshi ulg‘aygan sari aqliy rivojlanish darajasi bir muncha ko‘tariladi, uquvchanlik esa bir muncha pasayadi. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalarning uquvchanligi albatta o‘smir va o‘spirinlarga nisbatan yuqori, lekin o‘smir va o‘spirinlarning aqliy rivojlanganligi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga nisbatan yuqoridir.
Oradan ma’lum vaqt o‘tgach shodiyona lahzalarining ta’siroti kamayishi bilan maktabning tashqi belgilari o‘z ahamiyatini yo‘qota boradi va o‘qishning kundalik aqliy mehnat, irodaviy zo‘r berish, yoqtirmagan narsa bilan shug‘ullanish, diqqatni taqsimlash, o‘z xulqini idora qilish ekanligini anglaydi. Shunday aqliy mehnat ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa, uning o‘qishdan ko‘ngli soviydi, unda umidsizlik hissi vujudga keladi. O‘qituvchi esa bunday xolning oldini olish uchun bolaga ta’limning o‘yindan farqi, qiziqarliligi haqida ma’limotlar berishi va uni shu faoliyatga tayyorlashi kerak. Birinchi sinf o‘quvchisida o‘qish faoliyatining aynan o‘ziga qiziqish ko‘zga tashlanadi. Psixolog olimlar o‘tkazgan maxsus tadqiqotlarda bolalar bilan keraksiz mashqlar o‘tkazilgan va ularga oldindan bu mashqlar keyinchalik kerak bo‘lmasligi aytilgan, lekin bolalar ularni bajarishga kirishganlar. O‘quvchi shaxsiy faoliyatida erishgan dastlabki yaxshi natija uni boshqa natijalarni egallashga undaydi. Uning o‘qish faoliyatidagi birinchi mehnat maxsuli shodlik va quvonch his-tuyg‘usini keltirib chiqaradi.
Masalan: ayrim o‘quvchilar u yoki bu matnni bir necha martta o‘qishga harakat qiladi. O‘qish faoliyatiga qiziqish, uning mazmuniga ham qiziqishini vujudga keltiradi, bilim olish ehtiyojini tug‘diradi va o‘qish motivlarini tarkib toptiradi.
Shaxs shakllanishida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar faoliyatini baholash va unda o‘qishg ijobiy munosabatni shakllanishida muhim ahamiyatga egadir. 7 yashar bo‘lgan bolalardagi maktabga, o‘qishga bo‘lgan bu xildagi dastlabki qiziqish – havaslar, asosan ulardagi ixtiyorsiz diqqat protsessida ro‘y beradigan bevosita qiziqish – havaslardir.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarda keyinroq borib o‘z diqqat –e’tiborini muayyan bir narsaga, voqelik va hayotning ma’lum bir sohasiga, ma’lum bir faoliyatga birmuncha uzoq vaqt va barqaror qaratilishida ifodalanadigan bavosita qiziqishlar sekin- asta yuzaga kela boshlaydi.
Dars jarayonida va darsdan tashqi mashg‘ulotlarda o‘quvchilar tevarak – atrofdagi narsa va hodisalarni kengroq tushunib boradilar. Har xil narsalarga qiziqa boshlaydilar, ularning qiziqishlari borgan sari takomillashib, barqaror tus ola boradi. Endi maktab o‘quvchilarini tevarak – atrofdagi ayrim hodisalargina emas, balki o‘sha hodisalarning sodir bo‘lish sabablari ham ko‘proq qiziqtira boshlaydi. Shuning uchun ham bu davrda bola tomonidan beriladigan har xil “Nega bunday?”, “Nimadan qilingan?”, “Bu nima uchun kerak?” singari so‘roqlar yanada ko‘payib ketadi.
Bolada ta’lim-tarbiya jarayonida ko‘proq narsalarni bilib olishga, yuqoriroq baholarga erishishga muayyan darajada ehtiyoj va zarurat paydo qilish kerak. Shundagina u o‘zidagi buday talabni qondirishga harakat qiladi va aktiv faoliyat ko‘rsatadi. Dars materiallarini bilib olishga, o‘qituvchining topshiriqlarini yaxshilab bajarishga intiladi. Buning uchun esa bolani muayyan kun tartibiga odatlantirish va doimo dars tayyorlashga o‘rgatish lozim. Shundagina u o‘qishda muayyan daraja muvaffaqiyatlarga erisha oladigan bo‘ladi va unda o‘qishga havas uyg‘onadi.

Yüklə 101,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə