Kimyoviy texnologiya



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/60
tarix26.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#130863
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   60
Uslubiy qollanma Lab Kimyoviy texnologiya fanidan Ximiklar uchun

16-Laboratoriya 
Neft mahsulotlarini alangalanish va chaqnash xaroratini aniqlash 
 
Neft maxsulotlari – uglevodorodlarning murakkab aralashmasidir. Ma`lum 
xaroratda yengil qaynaydigan fraksiyalar neft maxsulotlarining yuzasida 
uglevodorod bug`larining shunday kontsentratsiyasini to`play olinadiki, olov yaqin 
tutilgan 
vaqtda alangalanish ro`y beradi. Yonish jarayoni 
yonuvchan 
uglevodorodlarning bug`larini oksidlanishi tugaganidan keyin to`xtaydi. Ma`lum 
sharoitlarda qizdirilayotgan neft maxsuloti, atrof muxitdagi havo bilan aralashgan 
holda hosil qiladigan bug`larining miqdori olov tutgan vaqtda yonib ketishga 
yetarli bo`lsa, bu xarorat chaqnash xarorati deb ataladi. Chaqnash xarorati neft 
maxsulotining sirt yuzasiga, yuzasidagi gaz fazaning almashishiga, xaroratga va 
chaqnashni keltirib chiqara oladigan alanganing o`lchamiga qarab o`zgarib turadi. 
Shuning uchun chaqnash xarorati ma`lum sharoitlarda o`lchash lozim. 
Xarorat ortgani sari neft maxsulotlaridan uchuvchanligi kam bo`lgan 
maxsulotlar ajralib chiqishni boshlaydi. Ma`lum xaroratda chaqnashdan keyin 
alangalanish ro`y beradi. Alanga tutilgan vaqtda maxsus yonib ketsa va yonishda 
davom etsa, alangalanish xarorati deyiladi. Alangani olib tashlash, kislorodning 
yetishmasligi alangani so`nishiga sabab bo`lishi mumkin. Shuning uchun chaqnash 
xaroratini o`lchash vaqtida yonish davomiyligi inobatga olinmaydi. 
Atmosfera 
bosimi 
ortishi 
neft 
maxsuloti 
yuzasidagi 
bug`larning 
konsentratsiyasini kamayishiga olib keladi. Shuning uchun chaqnash xarorati va 
alangalanish xaroratlari ortib ketadi. 
Bosim 0,12Pa ga ortishi chaqnash xarorati 0,033-0,030
0
C ga oshiradi. Shunday 
qilib, chaqnash xarorati va alangalanish xaroratlari tajribani olib borish 
sharoitlariga, jixozning tuzilishiga bog`liq bo`ladi. 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə