Kimyoviy texnologiya



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/60
tarix26.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#130863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Uslubiy qollanma Lab Kimyoviy texnologiya fanidan Ximiklar uchun

Tuzuvchilar: 
 
_________ 
Jabberganov J.S. – “Kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi o`qituvchisi.
_________ Bekchanov B.U. – “Kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi o`qituvchisi. 
 
Taqrizchilar:
_________ Jumaniyazov M.J.
 
– “Kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi professori
texnika fanlari doktori. 
_________ Eshchanov A.E. – “Kimyo” kafedrasi mudiri, dotsent, kimyo fanlari 
nomzodi.
Uslubiy qo’llanma Urganch davlat universiteti Ilmiy-uslubiykеngаshidа 
ko’rib chiqildi vа chоp qilishgа tаvsiya qilindi (Bаyonnоmа №__ “___”______ 
2023 yil)



KIRISH 
Mamlakatimining kimyo sanoati tinimsiz rivojlanib bormoqda. Muborak gaz
kondensat zavodi, Sho`rtan gaz kompleksi, Ustyurt gaz-kimyo majmuasi, 
Qandim 
gazni qayta ishlash majmuasi,
Oltin yo`l GTL, Qo`ng`irot soda zavodi, Qizilqum 
fosforitlarni boyitish fabrikasi, Qorovulbozor, Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi, 
Qo`qon, Yangiyo`l, Andijon spirt zavodlari shular jumlasidandir. Hozirgi kunda 
Vatanimiz kimyo sanoati yanada kengayib, rivojlanib bormoqda. Xalq xo`jaligi va 
turmush uchun zarur bo`lgan yuzlab yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish 
yo`lga qo`yilmoqda.
Rivojlanayotgan Yangi O`zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirish ni 
maqsad qilib qo`ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma`rifat va 
innovatsion texnologiyalar bilan erisha olamiz. Buning uchun, avvalambor, 
tashabbuskor islohotchi bo`lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, 
bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur.
Kimyoviy texnologiya fanini o`zlashtirishda laboratoriya mashg`ulotlarini
chuqur o`rganish juda katta amaliy ahamiyat kasb etadi.
«Kimyoviy texnologiya» fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish uchun 
mo‘ljallangan ushbu o`quv uslubiy qo‘llanma talabalarning ma’ruzalar tinglab 
olgan bilimlarini yanada mustaxkamlaydi shuningdek mustaqil o`qishni tashkil 
qilishga va yo`naltirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarida tipik kimyoviy 
texnologik jarayonlar model qurilmalarda o‘tkaziladi va ularda kimyoviy 
jarayonga harorat, tutashish muddati, hajmiy tezlik, komponentlar nisbati kabi bir 
qator omillarning ta’siri o‘rganiladi. «Kimyoviy texnologiya» fanidan laboratoriya 
mashg`ulotini bajarish davrida talabalar model qurilmalarda texnologik izlanishlar 
bilan shug‘ullanish uchun etarli bilim oladilar. Asosiy tipik kimyoviy texnologik 
jarayonlar – gomogen, geterogen va boshqa jarayonlar boradigan reaktorlar xalq 
xo‘jaligida muhim axamiyatga ega bo‘lgan, ishlab chiqarishda ishlatilayotgan 
xaqiqiy reaktorlarga kichik xajmda muqobillashtirilgan.
Talabalar, laboratoriya amaliyotini bajarishga kirishdan oldin, albatta, 
«Kimyoviy laboratoriyada ishlaganda rioya qilinidigan texnika xavfsizligi 



qoidalari» bilan tanishib chiqishlari zarur va ular shundan keyingina amaliy 
ishlarga kirishishlari mumkin.
Har bir laboratoriya ishida o‘tkazilayotgan jarayon to‘g‘risida, laboratoriya 
qurilmasi haqida va ishni olib borish tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar 
berilgan. 
Laboratoriya ishidagi jarayonlar haqida to‘liqroq ma’lumotlarni ish oxirida 
tavsiya qilingan adabiyotlardan topish mumkin. Tajriba ishlarini tugatgandan 
so‘ng, talaba hisob-kitob ishlarini bajaradi va hisobot topshiradi.
Labоratоriya ishlarida talabalar Kimyoviy texnologiyaning turli jarayonlarini 
kimyoviy tahlil qilish bo`yicha amaliy ko`nikma va malaka xosil qiladilar
laboratoriya 
mashg`ulotlarida 
laboratoriya 
ishlarini 
bajarish 
bilan 
mustahkamlaydilar hamda yanada boyitadilar. O`qituvchining mavzuga oid 
savollariga javob bergan talaba nazariy jixatdan laboratoriya mashg`ulotini 
o`zlashtirgan xisoblanadi va laboratoriya ishini bajarishga qo`yiladi. Talaba 
laboratoriya ishini o`qituvchi nazoratida bajaradi va xisobotni rasmiylashtiib, fan 
o`qituvchisiga topshiradi.
Talabalar ushbu o`quv uslibiy qo`llanmadan foydalanish jarayonida quyidagi 
ketma ketlikka rioya qilish lozim.
1)
Laboratoriya ishini bajarishdan oldin berilgan mavzuga oid nazariy qism 
bilan tanishb chiqish.
2)
Qurilmalarda ishlashdan avval talaba ishda foydalanadigan moddalar bilan 
ishlash qoidalari bo`yicha instruktaj lozim. 
3)
Laboratoriya ishini bajarilish uslubi bilan tanishib chiqish. 
4)
Har bir mashg`ulot uchun yigilgan qurilmani daftarga chizish. 
5)
Olingan natijalarni jadvalga belgilangan tartibda qayd qilish. 
6)
Mavzuga oid nazorat savollariga javob berib bilish. 
Mazkur o`quv uslubiy qo`llanma Davlat o`quv dasturi asosida yoritilgan 
bo`lib, 
undan 
“Kimyoviy 
texnologiya” 
fani 
o‘qitiladigan 
barcha 
mutaxasisliklarning bakalaviriyat talabalariga mo`ljallangan. 




Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə