Kimyoviy texnologiya


KIMYOVIY LABORATORIYADA ISHLAYOTGANDA TEXNIKA



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/60
tarix26.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#130863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Uslubiy qollanma Lab Kimyoviy texnologiya fanidan Ximiklar uchun

KIMYOVIY LABORATORIYADA ISHLAYOTGANDA TEXNIKA 
XAVFSIZLIGI QOIDALARI 
 
“Kimyoviy 
texnologiyalar” 
va 
“Kimyo” 
kafedralari 
kimyoviy 
laboratoriyalarida ishlayotgan har bir shaxs ishlatilayotgan kimyoviy moddalar
ulardan olingan mahsulotlarning xossalari, ya’ni zaharlilik, yong‘in va portlashdan 
xavflilik darajalari va moboda extiyotsizlik natijasida zaharlanish, kuyish yoki tok 
urishi hollari yuz beradigan bo‘lsa, birinchi yordam ko‘rsatish usullarini bilmog‘i 
lozim. 
Kimyoviy texnologiya laboratoriya xonalarida kimyoviy moddalar va 
reaktivlar qo'llaniladigan ishlar olib boriladi, ular inson organizmi uchun xavfli 
ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ulardan ba'zilari havo kislorodi bilan birgalikda 
portlovchi aralashmalar va birikmalar hosil qilishi mumkin. Yuqori xaroratlardan 
foydalangan vaqtda kimyoviy moddalarning yonuvchanligi va zaxarli xususiyatlari 
paydo bo'ladi. Laboratoriyada turli xildagi elektr asboblar va jixozlar ishlatiladi, 
ulardan noto'g'ri foydalanish jaroxatlar olishga sabab bo'lishi mumkin. Shuning 
uchun kimyoviy moddalarning xususiyatlarini va ulardan foydalanilayotganda 
qanday ehtiyot choralariga rioya qilish lozimligini bilmaslik baxtsiz voqealarga va 
og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa portlovchi, engil alangalanadigan 
va o‘yuvchi, zaharli moddalar bilan muomila qilayotganda juda ehtiyotkorona 
bo‘lish kerak. Birorta ishni boshlashdan avval uni bajarish tartibi bilan yaxshilab 
tanishish va ehtiyot choralarini ko‘rib qo‘yish lozim.
Umumiy qoidalar 
1.
Qurilmalarda ishlashdan avval talaba texnika xavfsizligi va ishda ishda 
foydalanadigan moddalar bilan ishlash qoidalari bo`yicha instruktaj o`tishi, 
o`qituvchidan ishlash uchun ruxsat olishi lozim.
2.
Laboratoriya tajribalarini o‘tkazayotganda extiyotsizlik, diqqatsizlik va ish 
qurollari hamda kimyoviy moddalarni etarli darajada bilmaslik og‘ir oqibatlar 
keltirib chiqarishi mumkinligini hamisha esda tutish kerak. 



3.
Laboratoriyaga talabalar oq xalat kiyib, talaba qizlar sochlarini yig'gan holatda 
kirishlari mumkin. Laboratoriyada talaba intizomga qat'iy rioya qilishi, ish 
joylarini toza tutishi va ish stolida begona narsalar bo'lmasligi lozim 
4.
Berilgan vazifadagi laboratoriya ishlarini bajarayotganda boshqa qo`shimcha ishlar
va gap-so‘zlar bilan chalg‘imaslik, diqqat e`tiborni buzmaslik kerak.
5.
Laboratoriya ishlarini bajarish vaqtida nazorat asboblari va jixozlarining ishi 
kuzatib boriladi. Laboratoriya ishini bajarish vaqtida ish joyidan uzoqlashish, unga 
orqa o'girish man etiladi. 
6.
Kimyoviy reaksiyalarni bajarayotganda metodik qo‘llanmada qanday ko‘rsatilgan 
bo‘lsa, aynan shunday idish, xajm va konsentratsiyalarda bajarish, agarda birorta 
o‘zgartirish lozim bo‘lsa, faqat rahbarning ko‘rsatmasi bilan bajarish va extiyot 
choralarini oldindan tayyorlab qo‘yish lozim. 
7.
Laboratoriya ishlari bajariladigan xonalarda ovqatlanish va suv ichish, ayniqsa
kimyoviy idishlarga oziq ovqat mahsulotlarini solish, shuningdek chekish qat’iyan 
man etiladi.
8.
Laboratoriya ishlarini bajaish vaqtida talaba extoyot bo'lishi kerak. Qurilmalarning 
isitiladigan joylarini ushlab ko'rish, ochiq alangadan foydalanish man etiladi.
9.
Kimyoviy moddalarni ta’mini bilish yo‘li bilan tekshirish mumkin emas. 
Hidlaridan ajratish uchun nihoyatda extiyotlik bilan, chuqur nafas olmay gazlarni 
yoki bug‘larni qo‘l panjasi yordamida asta-sekin harakatlantirib tekshirish 
mumkin. 
10.
Har qanday noma’lum moddaga «u zaharli» deb yondoshish kerak. 
11.
Zaharli gazlar va moddalar bilan hamda o‘zidan zaharli gaz yoki bug‘ ajratadigan 
moddalar (sian birikmalari, xlor, brom, serevodorod, ammiak, organik eritmalar, 
uchuvchan kislotalar va boshqalar) bilan o‘tkaziladigan ishlar germetik yopiq, 
yaxshi shamollatiladigan so‘ruvchi shkaflarda bajarilishi kerak. 
12.
O‘yuvchi va kuydiruvchi moddalar bilan ish bajarilayotganda albatta xalat kiyilgan 
va tugmalari taqilgan bo‘lishi kerak. 



13.
Kimyoviy eritmalar birdan qaynab toshib ketmasligi uchun, ular qaynatilayotgan 
idishlarga bir nechta shisha kapillyar (naycha)lar yoki chinni parchalari tashlab 
qo‘yilishi kerak. 
14.
Reaksiya ketayotganda idishlar ustiga, ayniqsa qizdirilayotganda, egilish mumkin 
emas. Reaktorlarning chiqish teshiklarini ham teskari tomonga to‘g‘rilab qo‘yish 
kerak. 
15.
Agar bajarilayotgan ish o‘yuvchi, zaharli, tez alangalanadigan, portlovchi 
moddalar bilan bog‘liq bo‘lsa va ular yuqori yoki past bosimda o‘tkazilayotgan 
bo‘lsa va nihoyat ushbu reaksiyalar natijasida yarador bo‘lish, kuyish, ko‘zga 
zarari tegishi mumkin bo‘lsa, albatta himoya ko‘zoynaklari yoki organik oynadan, 
metall to‘rdan qilingan niqoblar taqiladi. 
16.
Hech qanday moddani etiketka yoki yozuvsiz qoldirish mumkin emas. Biror 
moddadan foydalanilganda etiketka yoki yozuvlarini diqqat bilan o‘qish kerak. 
Agar shubhali bo‘lsa, darhol tekshirib ko‘rish kerak. 
17.
YOng‘indan xavfli, portlashdan xavfli, zaharli, o‘tkir hidli moddalarning 
qoldiqlarini rakovina yoki axlat idishlariga tashlash man etiladi. Aksincha, ularni 
maxsus idishlarga yig‘ib, iloji boricha zararsizlantirib maxsus jixozlangan 
quduqlarga ag‘darish kerak. Rakovinaga faqat suv va neytiralangan eritmalar 
qo‘yish mumkin. 
18.
Kimyo laboratoriyalarida yolg‘iz tajriba o‘tkazish mumkin emas. Xonada eng 
kamida ikki kishi va ulardan biri esa boshliq bo‘lishi kerak. 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə