Kimyoviy texnologiya


Ochiq alangali olov va portlovchi moddalar bilan ishlayotgandagi havfsizlik



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/60
tarix26.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#130863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Uslubiy qollanma Lab Kimyoviy texnologiya fanidan Ximiklar uchun

Ochiq alangali olov va portlovchi moddalar bilan ishlayotgandagi havfsizlik 
choralari 
1.
Yonuvchi va ayniqsa tez olangalanadigan suyuq moddalarni ochiq alangali olovda 
qizdiroish yoni alanga yaqinida saqlash qatiyan mumkin emas. Bunday moddalar 
suv, yoki havo hammomlarida elektr qizdirgichlar yordamida qizdiriladi va 
haydaladi. Bunday hammomlarning qizdiruvchi va tok o‘tkazuvchi qismlari 
yaxshilab himoyalangan bo‘lishi kerak. 
2.
Benzol, nitrobenzol, toluol, xloroform, spirtlar, organik efirlar va boshqa turdagi 
tez alangalanuvchi va yonuvchan moddalar bilan tajribalar ochiq alangasi yo‘q 
so‘ruvchi shkafda o‘tkaziladi. 
3.
Yongil alangalanadigan, miqdori 0,5 litrdan ortiq bo‘lgan suyuqliklarni qizdirishda 
pribor tagiga, avariya sodir bo‘lsa, suyuqlik oqib tushishi uchun extiyotdan bo‘sh 
kyuvetalar qo‘yilish kerak. Tajriba tugagach barcha idishlar tozalab yuvilib, 
yig‘ishtirish lozim. 
4.
Deyarli barcha yonuvchan moddalar uchuvchan bo‘ladi va ular inson organizmiga 
havo bilan kirib zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin. SHuning uchun bunday 
moddalar bilan olib boriladigan ishlar yopiq, so‘ruvchi shkaflarda olib boriladi. 
5.
Yonuvchan moddalarni kanalizatsiyaga ag‘darish mumkin emas. Ishlatilgan 
bunday modda qoldiqlari yaxshi yopiladigan biror idishga to‘planib maxsus 
quduqlarga to‘kiladi. 
Simob bilan ishlashdagi havfsizlik qoidalari 
1.
Metall holdagi simob laboratoriya amaliyotida ochiq va yopiq xolda keng 
qo‘llaniladi (reometrlar, termometrlar va xokazo). Simob va uning ba’zi tuzlarining 
bug’lari kumilyativ ta’sirli kuchli zaharlardir. Simob bug`ining havodagi 
konsentratsiyasi 0,01 mg/m
3
dan oshmasligi kerak. 
2.
Simob bug‘lari suvoq, yog‘och, latta, zang kabilarga yaxshi yutiladi va 
keyinchalik desorbsiyalanib bug‘lanadi. Metall xoldagi simob polga to‘kilib ketsa, 
uning juda mayda zarrachalari devor, pol, mebel tirqishlariga kirib ketib, so‘ngra 
asta bug‘lanib yotishi mumkin. Simob solingan priborlar (masalan monometrlar, 
reometrlar) xonalarga o‘rnatilganda ular ostiga maxsus idishlar o‘rnatilishi kerak. 


10 
3.
Beixtiyor to‘kilib ketgan simob, tezda maxsus so‘rg‘ich yoki nasos yordamida 
yig‘ib olinishi kerak. Mayda zarrachalar esa amalgamalangan (Zn) plastina 
yordamida yig‘ib olinadi. So‘ngra pol 3% li kaliy permanganat eritmasi 1 litr 20% 
li temir (IV) xlor eritmasiga 5 ml konsentrlangan sulfat kisotasi qo‘shib 
tayyorlangan eritmasi aralashtiriladi va xona pollari demerkurizatsiyalanadi. 
So‘ngra esa xona xavosi simob miqdoriga analiz qilinadi. 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə