Kimyoviy texnologiya


O‘yuvchi moddalar bilan ishlash qoidalari



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/60
tarix26.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#130863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Uslubiy qollanma Lab Kimyoviy texnologiya fanidan Ximiklar uchun

O‘yuvchi moddalar bilan ishlash qoidalari 
1.
O‘yuvchi moddalarga quyidagilar kiradi: xlorid, nitrat, sulfat, ftorid kislotalar
xrom (VI) oksidi, qattiq ishqorlar-o‘yuvchi natriy, o‘yuvchi kaliy, ularning 
konsentrlangan eritmalari, ammiak eritmasi, brom va uning eritmalari. O‘yuvchi 
moddalar teriga tushsa, go‘yo qizdirilgan jism tekkandek kuydiradi, ularning 
ko‘zga tushishi nihoyatda xavfli. 
2.
Ustoz bo‘lmagan vaqtda o‘yuvchi moddalar bilan ishlash kerak emas. Ishqor va 
kislotalarni katta idishdan kichiklariga qo‘ygan vaqtda nasosli yoki «nok»li 
(grusha) sifonlardan foydalanish kerak. Uchuvchan moddalar, ammiak, brom 



eritmalarni so‘ruvchi shkaf ichida quyish kerak va albatta ko‘zoynak, qo‘lqop, 
fartuk kiyib «V» markali protivogazni ehtiyotdan tayyor tutish kerak. 
3.
Sulfat kislotasining (umuman kislotalarning) eritmasini tayyorlaganda, uni suvga 
qo‘shish va to‘xtovsiz aralashtirib turish kerak. Aks xolda eritma qizib atrofga 
sachrab ketishi mumkin. Suvni kislotaga quyish aslo mumkin emas. 
4.
Ishqorlardan eritma tayyorlaganda, ularning kichik bo‘laklarini asta-sekin suvga 
qo‘shib to‘xtovsiz aralashtirib turiladi. 
5.
Ftorid kislotasi teriga tushsa sekin bitadigan yara hosil qiladi, o‘pkani esa 
yallig‘laydi. Agar ftorid kislotasi teriga tushsa, uni sovuq suv oqimi bilan yaxshilab 
yuvib 5% li soda eritmasi bilan kompress qilish kerak. 
6.
Idishlarni xrom aralashmasi bilan yuvganda uning tomchilarnini teriga, kiyimga, 
oyoq kiyimiga tushishidan ehtiyot bo‘lish kerak.
 
Ishlaganda portlab ketishi va o‘z-o‘zidan yonib ketishi mumkin bo‘lgan 
moddalar bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidalari. 
 
1.
Reaksiya o‘tkazilayotganda portlash hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha 
tajribalar o‘tkazilayotganda albatta himoya niqobi taqilishi lozim, reaksiyalar esa 
maxsus kabinalarda yoki himoya ekranlari, qalqonlari bilan jixozlangan erlarda 
o‘tkaziladi. 
2.
Kuchli oksidlovchilarni qizdirish yoki engil yonuvchi moddalar bilan shunchaki 
aralashtirish mumkin emas, chunki bu o‘z-o‘zidan yonib ketish va portlashga olib 
kelishi mumkin. 
3.
Yog‘li va parafinli hammomlardan foydalanayotganda ularga suv tushib ketishidan 
saqlanish lozim, chunki yog‘ ostida qolgan suv qattiq qizish natijasida qaynab 
ketib, qizigan yog‘ni atrofga sachratib yuboradi. Yog`bilan ifloslangan latta, 
sochiq, ish kiyimlari, oksidlovchi muhitda, o‘z-o‘zidan yonib ketishiga moyil 
bo‘ladi. 
4.
Sulfat kislotasi eritmasi tayyorlanayotganda, kislota suvga quyiladi, moboda 
to‘kilib ketsa, u soda eritmasi bilan neytrallanadi, latta bilan artish mumkin emas. 




Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə