Kimyoviy texnologiya


SHishadan qilingan kimyoviy idishlardan foydalanishdagi



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/60
tarix26.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#130863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Uslubiy qollanma Lab Kimyoviy texnologiya fanidan Ximiklar uchun

 
SHishadan qilingan kimyoviy idishlardan foydalanishdagi 
 xavfsizlik qoidalari 
1.
Yuqori devorli shisha idishlarni og‘zini tiqinlar bilan yopayotganda uning bo‘ynini 
tiqinga yaqin eridan ushlash kerak. 
2.
Qizib turgan shisha idishni sovumay turib shliflangan tiqin bilan yopish mumkin 
emas. 
3.
Suyuqliklarni shisha idishlarida isitish, qaynatishni so‘ruvchi shkaflarda olib borish 
kerak. 
Laboratoriyadagi gaz gorelkalaridan foydalanishdagi 
 xavfsizlik qoidalari 
1.
Yoqib qo‘yilgan gaz gorelkalari va boshqa qizdirish priborlarini nazoratsiz 
qoldirish kerak emas. 
2.
Gorelkadan foydalanayotganda olanga gorelkaning ishda yonishiga yo‘l 
qo‘ymaslik kerak. Alanga gorelkaga so‘rilsa gaz yoki havo oqimini rostlash lozim. 
3.
Ish stolining usti qizib ketmasligi uchun gorelka va boshqa qizdirish vositalarining 
ostiga asbest, marmar, g‘isht kabi ximoya vositalaridan qo‘yib foydalanish kerak. 
 
Siqilgan va suyultirilgan gazlar solingan yuqori bosimli balonlarda 
foydalanilganda xavfsizlik qoidalari 
1.
Kislorod, vodorod, azot kabi gazlar ballonlarida sikilgan holda, uglekislota, 
ammiak xlor serevodorod kabi gazlar esa suyultirilgan holda, atsetilen esa eritma 
holda bo‘ladi. Atsetilen balloni g‘ovak ko‘mir va erituvchi (atsiton) bilan 
to‘ldirilgan bo‘ladi. 


11 
2.
Suyultirilgan va eritilgan gazlar solingan ballonlar siqilgan gazlar to‘ldirilgan 
ballonlarga nisbatan pastroq, haroratlarda ham portlab ketishi mumkin bo‘lgan 
uchun, ular bilan juda ehtiyotlik bilan muomila qilish kerak. 
3.
Barcha gaz ballonlarida himoya qalpoqchasi bo‘lishi, zaharli gazlar solingan 
ballonlarning shtutserlari esa qo‘shimcha yopqich (zaglushka) bilan jihozlangan 
bo‘lishi shart. Yonuvchi gazlar (masalan vodorod) solinadigan ballonlarning 
shtutseri chap rezbali qilib ishlanadi. Bundan maqsad xatolik natijasida ularga 
kislorod quyib yubormaslik yoki aksincha kislorod balloniga yonuvchi gaz quyib 
yubormaslikdir. Barcha gaz ballonlari o‘zining bo‘yaladigan rangiga, 
markirovakasi (belbog‘ rangi) va saqlanadigan gaz nomi ko‘rsatilgan yozuvga ega 
bo‘lishi kerak. Ballonlar ma’lum muddat ishlatilgandan so‘ng, keyinchalik 
ishlatishga yaroqli ekanligi sinab ko‘riladi va mahsus belgilar qo‘yiladi. Sinov 
muddati o‘tib ketgan ballonlarni ishlatish qat’iyan mumkin emas. 
4.
Ballonlar quyidagi sabablarga ko‘ra portlab ketishi mumkin. 
а)
Quyosh nuri, ochiq alanga, isitish manba’larining ta’siri natijasida; 
б)
Ballonlarning qattiq jismga urilishi yoki ularni urish; 
в)
Kislorod ballonlarining yog‘, moy va boshqa organik moddalar bilan ifloslanishi. 
5.
Ballonlar isitish manba’laridan (radiatorlardan) 1 metr, gorelka, plitka kabilardan 
1,5 metr uzoqlikda, quyosh nurlarining tik tushushidan himoyalangan, yiqilib 
tushmaydigan qilib qotirilgan xolda saqlanishi kerak. 
6.
Ballonlardagi gazlardan ana shu gaz uchun mo‘ljallangan va tegishli ranga 
bo‘yalgan redukturlar yordamidagina foydalanish mumkin. Reduktorlarning 
monometrlari bir yilda bir marta tekshiruvdan o‘tkaziladi. Reduktorlarning ximoya 
klapani qabul kiluvga xajm uchun lozim bo‘lgan maksimal ishchi bosimga 
rostlangan bo‘lishi kerak. 
7.
Ballonning ventilini ochayotganda turli kalit yoki boshqa moslamalardan 
foydalnmaslikka xarakat qilish kerak. Agar foydalanishga to‘g‘ri kelsa nixoyatda 
ehtiyotlik bilan katta kuch ishlatmay harakat qilish darkor, aks xolda ventilning 
moxovigi uzilib ketishi, rezbani buzib yuborib ballonning portlab ketishi 
oqibatlarigacha olib kelishi mumkin. 


12 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə