Kimyoviy texnologiya



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/60
tarix26.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#130863
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   60
Uslubiy qollanma Lab Kimyoviy texnologiya fanidan Ximiklar uchun

 


13 
1-Laboratoriya ishi 
Toshko`mirni flatatsiya usulida boyitish 
Toshko`mir tarkibida kremniy o`ksidlari, temir sulfide va loy bo`lishi 
mumkin, ular kokslash jarayonida ishlatladigan ko`mir sifatini keskin 
tushirib yuboradi, koks gazidagi vodorod sulfide gazini miqdorini oshiradi. 
Shuning uchun turli markadagi toshko`mir, tarkibidagi qo`shimcha 
moddalardan tozalash uchun boyitiladi. 
Ishning maqsadi: 
konsentrantning unumini hisoblash va toshko`mir 
konsentrantsiyasi darajasini aniqlash. 
Reaktivlar:
toshko`mir, kerosin, ko`pik hosil qiluvchi (tsiklogeksanol, krezol 
va h.z) 
Toshko`mir
ko`pik hosil qiluvchi (tsiklogeksanol, krezol) 
Kerosin
Krezol 
Jixozlar: 
laboratoriya flatatsiya mashinasi, metal tayoqcha, chinni stupka
chinni stakan yoki kosacha, sekundomer, qumli hammom, 100 ml stakan (2 dona), 
0,2-0,05 mm teshikli elak. 


14 
1-Rasm. Mehanik aralashtirgichli flotatsion moshina. 
1
-
flotokamera; 2-mator; 3-aralashtirgich; 4-stamina; 5-konsentrat uchun 
stakan.
 
Ishni bajarish tartibi: 
toshko`mirni flotatsiyasi usulida boyitish flotatsiya 
laboratoriya mashinasida olib boriladi. Bu mashina flotokamera 1, shtativga 4 
qotirilgan aralashtirgichli 3 elektromotordan 2 iborat (rasm 1). Flotokamera ikkita 
bo`limdan iborat- aralashtirgichli A va ajratgichsiz B. Flotatsion kontsentrat uchun 
stakan 5 h bo`lim yonida joylashtiriliadi. Toshko`mir namunasi 1,0-1,5 gr chinni 
havonchada 0,2 mm o`lchamgacha maydalanadi va elanadi (№0,25 elak), yirikroq 
zarrachalar qayta maydalanadi, chunki 2,5 mm dan katta bo`lgan zarrachalar 
chiqindiga yuboriladi. Flotatsiya uchun 1,0 – 1,2 gr maydalangan, elangan namuna 
olinadi va flotatsion kameraning A bo`limiga joylashtiriladi, 8-10 ml suv quyiladi, 
aralashtirgich yoqiladi va 5-7 min aralashtiriladi. Keyin to`plovchi sifatida 1000 kg 
toshko`mirga 0,5 kg miqdorda kerosin qo`shiladi, sekundomer yoqiladi, pulpa 4 
minut davomida aralashtiriladi. Keyin 1 pulpaga 15-20 gr hisobda ko`pik hosil 
qiluvchi qo`shiladi. Massa nisbati qat`iy pulpadagi suyuqlik 1:5
÷
1:3 chegarada 
yotadi.
B bo`limdan hosil bo`layotgan ko`pik metal tayoqcha yordamida avvaldan 
tortib olingan stakanga 5 joylashtiriladi, bunda iloji boricha pulpaga (suyuqlik) 
tegib ketmaslik kerak. Olingan ko`pik qumli hammomda quritiladi va olingan 
konsentrat tortib olinadi. Kamerada qolgan pulpa (dum) flotatsiya tugaganidan 
keyin shisha stakanga quyib olinadi. Flotatsion kamera suv bilan yuviladi va 
stakanga solinadi. Flotatsion qoldiq tortib olingan filtr qog`ozdan o`tkaziladi, 
quritiladi va tortib olinadi. 
Konsentratning unumi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə