Kimyoviy texnologiya


Yong‘inga qarshi choralar



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/60
tarix26.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#130863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
Uslubiy qollanma Lab Kimyoviy texnologiya fanidan Ximiklar uchun

Yong‘inga qarshi choralar 
1.
Agar engil alangalanadigan suyuqlik xonada to‘kilib ketsa, darxol xonadagi gaz 
gorelkalarini, elektr isitgichlarini o‘chirish va eshikni yopish, deraza va darchalarni 
ochib xonani shamollatish kerak. Suyuqlikni yig‘ib olish mumkin bo‘lsa, darxol 
latta yoki sochiq yordamida shimdirib uni devori baland idishga siqib yig‘ish, 
keyin qopqog‘i yopiladigan idishga ag‘darish kerak. Xonani shamollatishni 
to‘kilgan suyuqlik hidi tugagandan so‘ngina to‘xtatish kerak. 
2.
Ko‘ylak, xalat, shim kabi kiyim-bosh yonib ketsa:
а)
Yugirmay-chopmay alangani odeyalo, kigiz-namat, palto kabilar bilan o‘rab 
o‘chirish kerak;
б)
Yonayotgan odam yugursa, qochsa uni ushlab yuqorida qayd qilingan choralarni 
qilish kerak. 
3.
Barcha laboratoriyalarda kumli yashchik, kigiz, odeyalo ishga yaroqli o‘t 
o‘chirgichlar va boshqa o‘t o‘chirish vositalari ko‘rinadigan erlarda turish kerak. 
4.
Agar binoga o‘t ketsa darxol o‘t o‘chirish komandasini chaqirish va ular kelgunga 
qadar, bor kuch va vositalarni ishga solib o‘tni o‘chirishga kirishish kerak. 
 
Birinchi yordam ko‘rsatish 
1.
Kimyoviy kuyish sodir bo‘lsa kuygan erni sovuq suv oqimi bilan yaxshilab yuvish, 
spirt bilan tozalab artish, issiqlikdan kuysa, spirt bilan yaxshilab artib-yuvish va 
vrachga murojat qilish kerak. 
2.
Ko‘z kimyoviy jarohotlansa, sovuq suv bilan yaxshilab yuvib vrachga murojat 
qilish kerak. 
3.
Ko‘zga qattiq jism tushib jaroxatlansa, darxol vrachga murojat qilish kerak. 
4.
Kimyoviy moddalar bilan zaharlanish sodir bo‘lsa vrach kelgunga kadar bemorni 
toza havoga olib chiqish, qustirish, zaharga qarshi dori-dormon ichirish lozim 
bo‘lsa sun’iy nafas oldirish kerak. 
5.
Zaharli moddalar bilan ishlayoganda aptechkada zaharga qarshi dorilar bo‘lishi 
kerak. 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə