KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning
mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va
2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan vazirlar mahkamasining kengaytirilgan
majlisidagi ma’ruzasi
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya
qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun
investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq.
Ana shunday muhim obyektlar haqida gapirganda, janubiy koreyalik investor
va mutaxassislar bilan hamkorlikda Surg‘il koni negizida barpo etilgan Ustyurt
gaz-kimyo majmuasini alohida ta’kidlamoqchiman. Umumiy qiymati 4 milliard
dollardan oshadigan ushbu majmua dunyodagi eng zamonaviy, yuqori
texnologiyalar asosida ishlaydigan, yirik korxonalardan biri bo‘ldi. Majmuaning
ishga tushirilishi yiliga 83 ming tonna noyob polipropilen mahsulotini ishlab
chiqarish imkonini beradi. Holbuki, bu mahsulot ilgari mamlakatimizga chetdan,
katta valyuta hisobiga olib kelinar edi. Ayni vaqtda mazkur korxona polietilen
ishlab chiqarish hajmini 3,1 barobar ko‘paytirish, mingdan ziyod yuqori malakali
mutaxassislarni ish bilan ta’minlash uchun imkoniyat yaratishi bilan ulkan
ahamiyatga egadir.
Mamlakatimizning 2016-yilga belgilab olingan marra va maqsadlari, ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini aniqlab olishda jahon
miqyosidagi hali-beri davom etayotgan global inqiroz bilan bog‘liq yuzaga
kelayotgan jiddiy muammolarni hisobga olmasligimiz mumkin emas, albatta.
Ana shu muammolar tufayli bugungi kunda dunyo bozorlarida talabning
keskin kamayib, noaniqlik saqlanib qolayotgani, shafqatsiz raqobatning tobora
kuchayib borayotgani, ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi jahondagi
ko‘pchilik davlatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz.
Bunday o‘ta murakkab vaziyat barchamizdan ertangi kunimizni ko‘rishda,
istiqbolimizni belgilab olishda, avvalo, eskicha qarashlar qolipidan voz kechishni,
umrini o‘tab bo‘lgan, aytish mumkin, inersion usullardan to‘liq voz kechishni talab
etadi.
Biz uchun asosiy vazifa – ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan
uzluksiz yangilab borish, doimiy ravishda ichki imkoniyat va zaxiralarni izlab
topish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni
modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirishdan iborat bo‘lishi
zarur.
Ayni shunday yangicha qarash va harakatlar butun faoliyatimizning negizini
tashkil etishi shart. Shu borada ichki imkoniyat va zaxiralarimizni ishga solishning
eng muhim yo‘nalishi bizning zaminimizdagi boy mineral xomashyo va o‘simlik
dunyosi resurslarini chuqur qayta ishlashni bosqichma-bosqich oshirib borish,
shuningdek, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab
chiqarishning hajmi va turini kengaytirishdan iborat bo‘lishi kerak.
Boshqacha aytganda, xomashyoni jahon bozorida talab katta bo‘lgan
mahsulotga aylantirish uchun qayta ishlashning 3-4 bosqichli tizimiga o‘tishimiz
zarur.
Bu
tizimning
ma’no-mohiyati
shundan
iboratki,
ubirinchi
bosqichda xomashyoni dastlabki qayta ishlash, ya’ni
yarim
fabrikatlar
tayyorlash, keyingi bosqichda sanoat asosida ishlab chiqarish uchun tayyor
materiallarga aylantirish, uchinchi, yakuniy bosqichda esa iste’mol uchun tayyor
mahsulot ishlab chiqarishni nazarda tutadi.
Bu boradagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda har bir turdagi
birlamchi xomashyo, ya’ni yarim fabrikatlarni chuqur qayta ishlashdan tortib, uni
iste’mol uchun tayyor mahsulotga aylantirishgacha bo‘lgan yakuniy bosqichga
qadar butun ishlab chiqarish jarayonini kuzatib borish zarurati paydo bo‘lmoqda.
Muxtasar aytganda, ishlab chiqarishni tashkil etishning butun jarayonini –
xomashyoni chuqur qayta ishlashdan toki uni tayyor mahsulotga aylantirishgacha
bo‘lgan yo‘lini – siklini, sarflangan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi va
nechog‘liq o‘zini qoplashini asoslab bergan holda, prognoz qilishni ta’minlash
darkor.
Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatmoqdaki, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega
bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish natijasida 2030-yilda, yangi turdagi tovarlar
tayyorlashni o‘zlashtirish asosida neft-gaz-kimyo sohasida mahsulot ishlab
chiqarish hajmi 3,2 barobar, rangli metall mahsulotlari 2,2-marta, qora metalldan
tayyorlanadigan buyumlar 2,3 karra, kimyo sanoati mahsulotlari, jumladan,
mineral o‘g‘itlar 3,2 barobar ko‘payishi mumkin. Ayni shu ko‘z bilan qaraydigan
bo‘lsak, ya’ni, jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilgan,
o‘zimizning resurs va imkoniyatlarimizni real baholagan holda, biz oldimizga aniq
maqsadni – ya’ni, 2030-yilga borib mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot hajmini
kamida 2 barobar oshirish vazifasini qo‘yishimiz uchun bugun, hech shubhasiz,
barcha asoslarimiz bor.
Dostları ilə paylaş: