Kirish § O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori



Yüklə 284,59 Kb.
səhifə15/26
tarix27.05.2023
ölçüsü284,59 Kb.
#113589
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
O\'rta maxsus kasb hunar kollejlarida maxsus tibbiy guruhlarida jismoniy

Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining ta’lim tizimi, Davlat ta’lim standartlarini mukammallashtirish to‘g‘risidagi hujjatlari;
b) o‘rgatilayotgan o‘quv fani, uning mazmuni va amaliy qo‘llashning ilmiy-nazariy asoslarini;
v) o‘smirlarni o‘qitish va tarbiyalashning ilg‘or shakllari va intensiv usullarini, ta’lim berayotgan fani bo‘yicha darslar olib borishning tartibi va uslubiyotini, didaktik tamoyillarini;
g) o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish, test olishning zamonaviy va samarali usullari va baholash mezonlarini, o‘quvchilarning o‘zlashtirishi va faolligini baholashning reyting tizimini;
d) pedagogik va kasbiy muloqot nazariyasi va amaliyoti, yosh psixologiyasi va fiziologiyasini;
e) o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, ta’limning texnik vositalarini amaliy qo‘llashni;
j) kadrlar tayyorlash sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni;
z) ma’naviy-ma’rifiy ishlarning dolzarb vazifalari va yoshlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borilishining usullarini, muloqotda, suhbatlarda, mashg‘ulotlarda nutq madaniyati va axloqning dolzarb masalalarini;
i) mehnatni ilmiy tashkil etishni va huquq asoslarini;
k) mehnat gigiyenasi va muhofazasi, texnika xavfsizligi qoidalarini, o‘quv kabinetlari, auditoriyalar va boshqa xonalarni jihozlash talablarini;
l) maxsus fanlar o‘qituvchilari, shuningdek, mutaxassislikka mos ishlab chiqarish texnologiyasini, iqtisodiyot asoslari va ishlab chiqarishni boshqarishni bilishi kerak.
Malaka talablari:
a) pedagogik yoki muhandis-pedagogik yoki o‘rgatayotgan o‘quv fani yo‘nalishiga mos oliy ma’lumot va yetakchi o‘qituvchi lavozimida 3 yillik amaliy ish staji. Bosh o‘qituvchi lavozimiga da’vogarda ilmiy daraja yoki ilmiy unvon bo‘lganda yetakchi o‘qituvchilik staji talab qilinmaydi
b) bosh o‘qituvchi lavozimini egallashda quyidagi ko‘rsatkichlar hisobga olinadi:
malaka quyidagicha aniqlanadi:
pedagogika fani va amaliyotining, profilli bilim sohasining eng yangi yutuqlarini o‘zlashtirish darajasi;
amaliy masalalarni ijodiy hal qilish.

Yüklə 284,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə