Kirish § O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori



Yüklə 284,59 Kb.
səhifə18/26
tarix27.05.2023
ölçüsü284,59 Kb.
#113589
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
O\'rta maxsus kasb hunar kollejlarida maxsus tibbiy guruhlarida jismoniy

Qo‘shimcha vazifalar:
a) mehnat va ishlab chiqarish intizomi qoidalariga, hamkasblari va o‘quvchilar bilan pedagogik axloq me’yorlariga hamda qonun hujjatlari, xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi, o‘quv jihozlaridan foydalanishda sanitariya-gigiyena talablariga amal qiladi;
b) muntazam ravishda o‘zining kasbiy tayyorgarligini (mahoratini) oshirib boradi;
v) ta’lim muassasasi va darsdan tashqari tadbirlarni o‘tkazish vaqtida unga topshirilgan o‘quvchilar kontingentining sog‘lig‘i va hayot xavfsizligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlarini, ta’lim tizimi va davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha qonun hujjatlarini, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi buyruqlarini;
b) o‘qitadigan o‘quv predmetining ilmiy-nazariy asoslarini, uning mazmuni va amaliy qo‘llanishini ;
v) yoshlarga ta’lim- tarbiya berishning jadal metodlari va ilg‘or shakllarini, didaktik prinsiplarni, o‘qitadigan o‘quv predmeti bo‘yicha darsni tashkil etish metodikasini;
g) o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini zamonaviy va samarali nazorat qilish metodlari, shakllarini va baholash mezonlari hamda test nazoratini o‘tkazishni, o‘quvchilarning faolligi va o‘zlashtirishini reyting tizimida baholashni;
d) pedagogik va kasbiy muloqot nazariyasi va amaliyotini, yosh psixologiyasi va fiziologiyasini;
e) o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik, axborot texnologiyalari hamda o‘qitishning texnik vositalaridan amaliy foydalanishni;
j) kadrlar tayyorlash sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni;
z) ma’naviy-ma’rifiy ishlarning dolzarb vazifalari va yoshlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borilishining usullarini, mashg‘ulotlarda, suhbatlarda va muloqotlar jarayonlarida nutq madaniyati va axloq masalalarini;
i) mehnatni ilmiy tashkil etish va huquq asoslarini;
k) mehnat gigiyenasi va xavfsizligi qoidalari, xavfsizlik texnikasi, o‘quv kabinetlari, auditoriyalar va boshqa xonalarni jihozlashga qo‘yiladigan talablarni;
l) maxsus fan o‘qituvchilari bundan tashqari tegishli sohasining ishlab chiqarish texnologiyasini, ishlab chiqarishni boshqarish va iqtisodiyot asoslarini bilishi kerak.

Yüklə 284,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə