Kirish bet I. Bob. Milliy tiklanishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə5/11
tarix22.03.2024
ölçüsü0,52 Mb.
#180631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MAHMUDOVA MUXLISAXON MUXTORJON QIZI

_________________________________
3 Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. – T.: O’zbekiston, 2010, - 42-b.
1 Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 19 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so’zi//Xalq so’zi, 2010 yil 1 sentyabrь, № 171.
Rahbar ma’naviy olamining pokligi ishlab chiqarish sohasidami yoki noishlab chiqarish tarmog’ida bo’lmasin, katta rolь o’ynaydiki, jamoani ma’lum maqsad sari yetaklashda undan fidoyilikni talab etadi. SHu o’rinda I.A.Karimovning fikrini keltirib o’tsak: “Qachonki rahbarning yuragi ham, qo’li ham toza bo’lsa, ta’madan, g’arazdan yiroq bo’lsa, uning tabiatida
qat’iylik bilan aql-zakovat uyg’un bo’lsa, faqat shundagina odamlarning g’am-tashvishlarini o’z qalbidan o’tkazishga qodir bo’ladi”.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonalar soni bugungi kunda ko’payib bormoqda. Mahsulotni xom ashyo holidan, tayyor mahsulot sifatida sotish katta foyda keltiradi. Masalan, O’zbekistonda taxminan 3-4 mln. tonna paxta yetishtirilsa, shundan 1,7 mln.tonna atrofida paxta tolasi olinadi. 1970-80 yillarda o’zimizda paxta tolasining 3 foizi tayyor mahsulotga aylantirilgan. 1992 yilda 8, 2000 yilga kelib 25 va bugungi kunda 30-35 foiz paxta tolasi tayyor mahsulotga aylantirilmoqda. Qishloqni mahalliylashtirish, qishloq hayotiga sanoatni olib kirish, ya’ni, lokalizatsiyalash tufayli qishloqlarimiz moddiy mablag’ining oshishiga, ishchi o’rinlarining ko’payishiga olib kelmoqda.
Poraxo’rlik, o’z mansab vazifasini suiiste’mol qilish, mahalliychilik, oshna-og’aynigarchilik, korruptsiya O’zbekistonga begona emas.
O’zbek xalqi hamisha jamoa bo’lib yashagan, uning kundalik turmush tarzi, dunyoqarashi, ma’naviy olami shu asosda shakllangan. O’zaro hurmat, mehr ko’rsatish, bir-birini suyash azaliy qadriyat hisoblangan. Ammo, har narsaning o’z o’rni va me’yori bor, albatta. Ba’zan esa mahalliychilik, oshna-og’aynigarchilikka shu qadar berilib ketamizki, natijada bu ishimizga salbiy ta’sir ko’rsatayotganligini sezmay qolamiz. Prezident I.A.Karimov: “Biz ishonib rahbarni tayinlasak, oradan bir yil o’tib qarasak, o’sha rahbar o’z atrofiga butun tanish-bilishlarini, oshna- og’aynisini to’plab olgan bo’ladi. Oshna-og’aynilarining birortasini ishdan olish kerak bo’lib qolganda, o’sha rahbar o’z nomidan emas, bizning nom bilan, ya’ni Prezident nomidan ish ko’radi,” deganlarida, mahalliychilik va oshna- og’aynigarchilik haddan oshib ketsa, bu illatga aylanib ketishini nazarda tutgan edilar.

Muammolarimiz hali yetarli. Ekologik muammolar aholi sog’ligiga salbiy ta’sirini ko’rsatib kelmoqda. Turli yuqumli kasalliklarning, kamqonlik, organizmda yod yetishmasligining oldini olish chora-tadbirlar ko’lamini yanada kengaytirish lozim. Sog’lom avlod kelajakda qancha ko’paysa, mamlakat taraqqiyoti shuncha yuksalib boradi. Afsuski, keyingi yillarda shuncha qilingan amaliy tadbirlarga qaramasdan, aholi o’rtasida, turmush tarziga zid holatlar ayniqsa, yoshlar orasida giyohvandlik, spirtli ichimlik iste’mol qilish, yuqumli kasallikka uchraganlar ko’payib bormoqda. Demak, tarbiyadami yoki chora- tadbirlarning qaysidir tizimida kamchilik mavjudki, mana shunday holatlar yuz bermoqda.


Prezident Islom Karimov tomonidan mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy, iqtisodiy va madaniyat sohalaridagi muammolarni bartaraf etishning quyidagi metodologik asoslarini, yo’llari belgilab berildi va ular amaliyotga tatbiq etilmoqda:

  1. Iqtisodiy sohada:

  1. Iqtisodiy hayotning barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish. Bu muammolar nazariy va amaliy uslubda tadrijiylik bilan amalga oshirilmoqda.

  2. Ko’ppartiyaviylik muhitini ta’minlash. Bu muammo ham yechilgan.

  3. Nodavlat notashkilot tuzilmalarini, fuqarolik jamiyatini qaror toptirish. Bu muammo mustaqillik yillarida «Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari” kontseptsiyasi asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

  4. Fikrlar xilma-xilligiga erishish, ommaviy axborot vositalari (OAV) o’rni va rolini oshirib, “to’rtinchi hokimiyat” darajasiga ko’tarish muammosi tadrijiy islohotlar yo’li bilan hal qilinmoqda.

  5. Ommaviy axborot vositalari (OAV) ni rivojlantirish uchun demokratik andozalarni joriy etish bo’yicha aniq va izchil choralar ko’rilmoqda.

  6. OAV iqtisodiy erkinligini ta’minlash.

  7. Davlat televideniesi negizida jamoatchilik televideniesi kanallarini bosqichma-bosqich shakllantirish.

Mamlakatimizda o’tgan yillar davomida, ayniqsa, oxirgi 10 yilda ommaviy axborot vositalarini yanada liberallashtirish, so’z erkinligini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. “Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi har kimning axborotni erkin va moneliksiz olish hamda foydalanish huquqlarini amalga oshirishda, shuningdek, axborotning muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
O’zbekistonda keyingi yillarda sun’iy yo’ldosh aloqa tarmog’i orqali teleradiodasturlarni tarqatish yo’lga qo’yildi. Bugungi kunda mamlakatimiz telekommunikatsiyalar tizimi dunyoning 180 ta mamlakatiga 28 ta yo’nalish bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri chiqadigan xalqaro kanallarga ega. Yurtimizdagi teleradiokanallar tomonidan tayyorlayotgan ko’rsatuv va eshittirishlar Internet global tarmog’i orqali real vaqt rejimida jahonga uzatilmoqda”1.
Prezident Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi “mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi” (2010 yil 12 noyabrь)da ta’kidlab o’tganidek, “faqat keyingi 10 yilning o’zida bosma ommaviy axborot vositalarining soni 1,5 barobar, elektron ommaviy axborot vositalarining soni esa 7 barobar ko’payib, bugungi kunda ularning umumiy soni qariyb 1200 taga yetdi.





1 Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi. – Toshkent: O’zbekiston, 2010. – B.28-30.
Mavjud barcha telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalari O’zbekistonda yashaydigan millat va elatlarning 7 ta tilida faoliyat olib boradi, shuningdek, bosma materiallar va teleko’rsatuvlar ingliz tilida faoliyat olib boradi, shuningdek, jamiyat qurishning eng muhim bo’g’ini va asosiy vositalardan biridir.

  1. Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida (Dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda uchta sektor mavjud: davlat sektori, xususiy sektor, nodavlat sektor):

    1. Hokimiyat organlarining bo’linishini, mustaqilligini ta’minlash. Bunda eng muhim vazifa bu, qonunchilik hokimiyati-mamlakat parlamentining roli va ta’sirini (parlament nazoratini) kuchaytirish, hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o’rtasida yanada mutanosib va barqaror muvozanatga erishishdan iborat.

    2. Parlament o’z vakolatlarini amalga oshirish, puxta qarorlar qabul qilish uchun o’z muvozanati va cheklovlar tizimini yaratish.

    3. Qonunchilik palatasi faoliyatining professional ijodkorligini oshirish.

    4. Senat va mahalliy Kengashlar hududiy vakillik vazifalarini bajarishlari.

    5. Aholining mamlakat ijtimoiy va iqtisodiy hayotidagi ishtiroki ko’lamini kengaytirish.

    6. Ma’muriy sohada islohotlarning samaradorligini ta’minlash.

    7. Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish, yangilash tizimini takomillashtirish.

    8. Mamlakatni modernizatsiya qilishda uzoqni ko’zlaydigan «Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyili o’zida quyidagilarni aks ettiradi:

  1. hokimiyat vakolatlarining ma’lum bir qismini markazdan mahalliy hokimiyat organlariga o’tkazish. Mahalla, mahalla qo’mitalari va qishloq fuqarolik yig’inlarining roli va vakolatini kuchaytirish;

  2. iqtisodiy partiyalar va fuqarolik institutlarining davlat qarorlarini qabul qilishdagi roli, ta’sirini, ya’ni nodavlat sektorini kuchaytirish.

Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi”da ta’kidlab o’tilganidek, “hozirgi paytda mamlakatimiz aholisining iqtisodiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy ong darajasining o’sib borishi, jamiyatni demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishi, yurtimizda ko’ppartiyaviylik tizimining tobora mustahkamlanishi hokimiyatning uchta sub’ekti, ya’ni davlat boshlig’i bo’lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o’rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirmoqda”. SHundan kelib chiqqan holda 2011 yil 18 aprelda № URQ-284-sonli “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi Qonun qabul qilindi. Bu qonunga ko’ra davlat hokimiyatining sub’ektlari tubdan isloh qilinmoqda. Davlat hokimiyatining uchta sub’ekti islohotiga ko’ra Prezidentlik boshqaruvining ayrim vakolatlari quyi sub’ektlarga o’tkazildi. O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsiy javobgar bo’ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig’iga binoan xalqaro munosabatlarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko’radi, O’zbekiston Respublikasi qonunlarida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi. Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi1. O’zbekiston Respublikasi Bosh vazir nomzodi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko’p deputatlik o’rinlarini olgan iqtisodiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko’p deputatlik o’rinlarini qo’lga kiritgan bir necha iqtisodiy partiya tomonidan taklif etiladi. Bunda iqtisodiy partiyalarning davlat hokimiyatidagi ishtiroki yanada oshirilmoqda.

  1. Hokimiyatning uchinchi tarmog’i-sud-huquq sohasida:

  1. Huquqiy davlatni, uning me’yoriy hujjatlarini rivojlantirish.

  2. Davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan qonun normalarining ijrosini ta’minlash.

  3. Sud mustaqilligini ta’minlash.

  4. SHaxsni ushlab turish, hibsga olish, protsessual majburiy choralarni qo’llash uchun senktsiya berish huquqini sudlarga o’tkazish.

  5. Sud-huquq tizimini liberallashtirish.

  6. Jazo tizimidan o’lim jazosi chiqarib (2008 yil 1 yanvardan) tashlandi.

  7. Sud va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari mas’uliyatini oshirish.

  8. Fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha alohida sudlar tashkil etildi.

  9. Yoshlar huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish.

  10. Advokat, oqlovchilarning mavqei, rolini oshirish.

  11. Sudlar faoliyati moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan ta’minlanmoqda.

  12. Sud kadrlarini tanlash va tayinlash mexanizmi mustahkamlanmoqda.

  1. Iqtisodiyot sohasida:

  1. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini erkinlashtirish.

  2. Xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, mulkdorlar sinfini shakllantirish, xususiylashtirish, davlat aralashuvini cheklab borish.

  3. Xorij sarmoyalarini iqtisodiyotga jalb qildirish.

  4. Kichik va o’rta biznes iqtisodiy taraqqiyoti ustuvorligini ta’minlash. Fermerlikni rivojlantirish.

  5. Valyuta tizimi va bozorni erkinlashtirish. Mamlakat eksport salohiyatini oshirish.




1 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi Qonuni//Xalq so’zi, 2011 yil, 19 aprelь, № 76 (5243).

  1. Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni izchil amalga oshirish. Modernizatsiyalash.

  2. Bank va moliya tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish.

  3. Uy-joy, kommunal xo’jaligini isloh qilish.

  4. Soliq iqtisodiyotini takomillashtirish.

  5. Iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiyalash.

  6. Qishloq hayotini lokalizatsiyalash, ya’ni mahalliy sanoatlashtirish.

  7. Iqtisodiyotni ijtimoiy sohaga yo’naltirish.

  1. Ma’naviyat sohasida:

  1. Milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mafkura targ’ibotini kuchaytirish.

  2. Ko’ppartiyaviylik muhitini rivojlantirish va yanada takomillashtirish.

  3. Islom dini qadriyatlaridan oqilona foydalanish.

  4. Sog’lom avlod, barkamol avlod davlat dasturlari ijrosini ta’minlash.

  5. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish.

  6. Barcha millatlar madaniyatini rivojlantirish.

  7. Ota-bobolarimiz udumlarini saqlash va hokazo.

  1. Tashqi iqtisodiyot sohasida:

  1. O’zbekiston manfaatini ko’zlash.

  2. Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash, ta’minlash.

  3. Afg’oniston mojarosini tinch yo’l bilan hal qilishning “6+2” guruhini “6+3” guruhiga aylantirish, harbiy yo’ldan voz kechish.

  4. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvini ta’minlash.

  5. Qo’shni davlatlararo, BMT doirasida hamkorlikni rivojlantirish.

  6. YeXHT, Yevorpa Ittifoqi, NATO kabi tuzilmalar bilan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish.

  7. Terrorizm, diniy - ekstremizm va separatizmga qarshi birgalikda kurashda SHHT bilan aloqalarni yanada mustahkamlash.

  1. Xavfsizlikni ta’minlash sohasida:

  1. Markaziy Osiyo mamlakatlari tinchligi va barqarorligini ta’minlash.

  2. Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlikni (MOIHT) rivojlantirish.

  3. Armiya, chegara va ichki qo’shinlarni bosqichma-bosqich isloh qilish.

  4. Davlat chegaralarini mustahkamlash.

  5. Terrorizm, narkobiznes, separatizm, radikalizm, ekstremizm kabi ko’rinishlarga qarshi birgalikda kurash.

  6. Huquq-targ’ibot organlari islohotini, jamoatchilik aloqalarini mustahkamlash.

Hozirgi globallashuv jarayonida, axborot almashuvi tezlashgan bir sharoitda befarq, loqayd yashash, ayniqsa, yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik tezda o’z natijasini ko’rsatadi. Ma’naviyat jamiyat hayotining ajralmas qismi, ma’naviyati yuksak insonlar esa, jamiyat rivojiga katta hissa qo’shadigan kuch bo’lganligi uchun ham O’zbekiston mustaqilligini, xalqimiz o’zi tanlab olgan yo’ldan ildam ketayotganligini ko’ra olmagan ayrim kuchlar mafkuraviy-g’oyaviy va ma’naviy xurujlarni kuchaytirishga harakat qilmoqdalar.
Prezident I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarida bunday xurujlardan ko’zlangan maqsadlar haqida shunday yozadi. “Ming afsuski, mana shunday tarixiy haqiqatni anglamaydigan yoki anglashni istamaydigan chet eldagi ba’zi iqtisodiyotchi va arboblar nafaqat iqtisodiyot yoki iqtisodiyot, balki ma’naviyat bobida ham bizga aql o’rgatishga, azaliy hayot tarzimiz, ruhiy dunyomizga yot bo’lgan qarashlarni majburan joriy etishga urinmoqda.
Bunday kuchlarning g’arazli munosabati, avvalo, boy va qadimiy ma’naviyatimizga qarshi qaratilgan, ular xalqimizni ana shu bebaho boylikdan judo qilish uchun har xil usul va vositalar bilan zo’r berib urinayotgani barchamizni tashvishlantirmasdan qolmaydi, albatta”1.
Mafkuraviy, g’oyaviy, ma’naviy xurujlardan ko’zlangan asosiy maqsad jamiyat a’zolarini, avvalambor, O’zbekistonning kelajagi bo’lgan yoshlar qalbini, ongini egallash, ularning dunyoqarashlariga ta’sir ko’rsatib, bunday yoshlardan o’z maqsad va manfaatlari yo’lida foydalanish. Insoniyat tarixi, bosqinchilarning yurtimizda olib borgan iqtisodiyoti shuni isbotlab berdiki, dunyoda hukmronlik qilishga intiluvchi tajavuzkor kuchlar biron bir mintaqani o’z ta’siri ostiga olmoqchi, qaysi bir xalqni o’ziga bo’ysundirmoqchi bo’lsa, mana shu mintaqadagi xalqlarning ma’naviyatini yo’qotishga, ularni ma’naviy jihatdan qashshoqlashtirishga katta e’tibor berganlar.
CHetdan kirib kelayotgan turli buzg’unchi g’oyalar shunday usullar bilan ta’sir qilyaptiki, oqibatda hali dunyoqarashi shakllanib ulgurmagan, ta’sirchan yoshlarning ba’zi qatlamini o’z domiga tortib ketmoqda. Ma’naviy tubanlik, zo’ravonlik, jangari filьmlar hali ham savdo peshtaxtalarida bemalol sotilmoqda va internet saytlari orqali uzatib turilibdi.
Bu borada Prezident Islom Karimov quyidagi fikrni bildirgan edi: “O’zbekistonga nisbatan muayyan iqtisodiy markazlar tomonidan turli xil falsafiy, mafkuraviy, informatsion vositalardan ustalik bilan foydalangan holda ta’sir o’tkazish, xali dunyoqarashi to’liq shakllanmagan o’g’il-qizlarimizni tanlagan yo’lidan og’dirish, ularning qalbiga biz uchun mutlaqo begona va zararli bo’lgan qarashlarni singdirish, ma’naviy ildiz va tomirlarimizdan judo qilishdek g’arazli intilishlar yashiringani bugun tobora ayon bo’lmoqda”2.
Ma’naviyat jamiyat hayotida shunday katta kuchga egaki, u butun bir xalqning, millatning, davlatning kelajagini belgilab beradi. Ajdodlarimizning asrlar mobaynida ma’naviyatni yuksaltirishga bergan e’tiborining sababi ham shunda. Mamlakatimizda inson ma’naviyatini milliy qadriyatlar asosida shakllantirish davlat dasturiga kiritilib, butun chora-tadbirlar shunga qaratilgan bir paytda hayotimizdagi turli illatlarning oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish zarur.
Yurtboshimiz I.A.Karimov fikri bilan aytganda, “Fikr qaramligi, tafakkur qulligi har qanday iqtisodiy va iqtisodiy qaramlikdan ham ko’ra dahshatlidir”1.



1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. – 11-b.
2 Karimov I.A. Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. – T.: O’zbekiston, 2009. – 6-7-b.

    1. Yüklə 0,52 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə