Kirish bitiruv m



Yüklə 299,67 Kb.
səhifə8/18
tarix12.04.2023
ölçüsü299,67 Kb.
#105150
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
buxoro amirligi

Devoni to’shakxona – Buxoro amirligida davlat omborxonasi (to’shak, qurol-yarog’, kiyim-kechak) hisob-kitobini olib boradi.
Miroxur – Buxoro amirligida hukmdorning eng yaqin kishilariga beriladigan to’rtinchi sharafli rutba. Miroxur saroy otboqarlariga etakchilik qilishdan tashqari, amir haramini ehtiyotlash, u yerga oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa zaruriy narsalar keltirish bilan ham mashg’ul bo’lgan.
Mushrif – Buxoro xonligida xazinadan beriladigan sovg’a-salomlarni ajratuvchi, hisobga oluvchi amaldor.
Buxoro amirligida:
a) oliy davlat nazoratchisi (Mushrifi kalon);
b) amirning shaxsiy kotibi lavozimi hisoblangan23.
Suvchi – suv tashib beruvchi maxsus kasb bo’lib, suv manbalaridan
xonadonlar, guzarlar, choyxonalar va karvon-saroylarga suv tashib berib tirikchilik o’tkazishgan. Suvchilar suv tanqis ayrim shaharlarida, masalan, Buxoro amirligida XX asr boshlariga qadar mavjud bo’lgan. Buxoroda esa, suvchini meshkobchi deb ham atashgan. Shaharlarning suvdan foydalanish (vodoprovod) shoxobchalari bilan ta’minlanishi natijasida suvchiga ehtiyoj qolmagan.
Qo’shbegi - Buxoro amirligida mang’itlar sulolasi davrida bosh vazir,
amirdan keyingi oliy mansab hisoblangan. Qo’shbegiga barcha viloyatlar va
bekliklarning hokimlari, beklari bo’ysungan hamda amirning poytaxtda bo’lmagan paytida u amirlikning barcha ishlarini boshqargan24. Shuningdek, Qo’shbegi Buxoro atrofidagi 11 ta tumanni (hozirgi Buxoro viloyatini) amir nomidan idora qilgan. Buxoro amirligida Qo’shbegilar 2 ta bo’lgan: “Qo’shbegiyi bolo” (yuqori Qo’shbegi) va “Qo’shbegiyi poyon” (quyi Qo’shbegi). Qo’shbegiyi bolo arkda,
ya’ni baland qo’rg’onda yashagan va saroy ishlarida etakchi mavqeni egallagan. U
doimiy ravishda arkda amir bilan muloqotda bo’lib turgan. Qo’shbegiyi poyon –


23 Исмоилов М., Шаропов А. Тарих атамалар луғати. –Тошкент: Akademnashr, 2013. –Б.284. 24 Усмонов Қ., Содиқов М., Бурхонова С. Ўзбекистон тарихи. Дарслик. –Т., 2005. –Б. 174.

bosh zakotchi esa ark quyisidagi hovlilardan birida yashab, amirlik hududidagi butun soliq ishlarini nazorat qilib turgan. Mamlakatda favqulodda vaziyat yuz bersa yoki urushlar boshlansa har ikki lavozim birlashtirilib, “kulli Qo’shbegi” (“kull” arabcha so’z bo’lib, “barcha” degan ma’noni bildirgan) lavozimi joriy qilingan. Kulli Qo’shbegi amirlikda butun hukumat ishlarini o’z qo’lida to’plagan va shoshilinch qarorlar qabul qilgan. Buxoro amirligida Ostonaqul qo’shbegi, Nasrullo qo’shbegi kabi katta nufuzga ega Qo’shbegilar bo’lgan25.


Biy — 1) qabilaning yoki qabilalar ittifoqining boshlig’i, to’rasi; 2) yuqori mansabli kishilarni ulug’lash uchun ishlatilgan so’z yoki ularga be-rilgan unvon; 3) ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi turkiy xalqlarning urug’ oqsoqollariga berilgan unvon. 4) Buxoro xonligida xizmat pog’onasining 9-mansabi; amorat panoh unvoni bo’lgan. Bu unvonni olgan shaxs uni keyingi mansablarni egallaganda ham o’zida saqlab qolgan.
Dastorband (fors, dastor – salla va band – bog’lamoq) – podshoh yoki xonning sallasini o’rab qo’yadigan xizmatkor. Bu xildagi lavozim Buxoro xonligida bo’lganligi XVIII asr manbalarida qayd etilgan. Dastorban oliy hukmdorning yaqin va ishonchli a’yonlaridan hisoblangan.

Yüklə 299,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə