Kirish bob. Yuridik psixologiyaning vujudga kelishi tarixi


Muomala funktsiyalari va ularning mazmuni. Muomala muloqot vositasi ekanligi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə22/46
tarix28.11.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#133904
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
1. Mavzu Yuridik psixologiyaning maqsadi va umumiy vazifalari M-fayllar.org

3Muomala funktsiyalari va ularning mazmuni. Muomala muloqot vositasi ekanligi.
Psixologik ta’sir-bu turli vositalar ѐrdamida insonlarning fikrlari, hissiѐtlari va hatti-harakatlariga ta’sir ko’rsata olishdir.Psixologiyada psixologik ta’sirning professor V.Karimovaning fikricha, uch vositasi farqlanadi:

1. Verbal ta’sir - bu so’z va nutqimiz orqali ko’rsatadigan ta’sirimiz. Asosiy vosita bu yerda so’zlardir. Nutq-bu so’zlashuv, o’zaro muloqot jaraѐni bo’lib, uning vositasi-so’zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham kishi o’zidagi barcha so’zlar zaxirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so’zlarni topib, sherigiga ta’sir ko’rsatishni xohlaydi.


2. Paralingvistik ta’sir-bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni ko’chaytiruvchi ѐki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland ѐki past tovushda ifodalanaѐtganligi, tovushlar, to’xtashlar, duduqlanish, yo’tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, do’stimiz bizga biror narsani va’da beraѐtgan bo’lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz.
3. Noverbal ta’sirning ma’nosi “nutqsiz”dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o’rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiѐfa, undan chiqaѐtgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot jaraѐnini yanada ko’chaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga ѐrdam beradi. Amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko’ra, birinchi marta ko’rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo’lishiga gapirgan gaplari 7 foiz, paralingvistik omillar 38 foiz va noverbal harakatlar 58 foizgacha ta’sir qilarkan. Muloqotning qanday kechishi va kimning ko’proq ta’sirga ega bo’lishi sheriklarning rollariga bog’liq. Ta’sirning tashabbuskorida ataylab ta’sir ko’rsatish maqsadi bo’ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydalanadi. Masalan, rahbar xodimini unga ishi tushib
chaqirsa, xodimini o’rnidan turib kutib oladi, quyuq so’rashadi, keyin maqsadga o’tadi. Ta’sirning adresati-ta’sir yo’naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suhbatga tayѐrgarligi yaxshi bo’lmasa ѐki adresat tajribaliroq sherik bo’lsa, u tashabbusni o’z qo’liga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bo’ladi.
Nazorat savollari.
  1. Yuristning kasbiy faoliyatida muloqot oʻrni haqida fikrlaringiz.


  2. Muomalada oʻzaro bir-birini tushunish qay darajada muxim.


  3. Muomala funktsiyalari va ularning mazmuni. Muomala muloqot vositasi ekanligi.



Foydalanilgan adabiyotlar

1.Arifxodjaeva I. Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyati psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma.Toshkent 2008 yil. 432 bet.


2.Vasilbev B.JI. Yuridicheskaya psixologiya. Uchebnik dlya vuzov. «Piter» Sankt-Peterburg. 2014. 656 str.
3.Umarov Bahriddin.Umarali Qodirov. Huquqshunoslik faolyati psixologiyasi.


Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə