Kirish Davlat budjetidan axolini ijtimoiy muxofaza qilish mazmuni, mohiyati va xuquqiy asoslari



Yüklə 351 Kb.
səhifə1/5
tarix28.05.2023
ölçüsü351 Kb.
#113635
  1   2   3   4   5
Davlat budjetidan axolini ijtimoiy muxofaza qilish mazmuni, mohiyati va xuquqiy asoslari


Aholini ijtimoiy muhofaza qilishda davlat budjetining o’rni va ahamiyati
Reja:


Kirish
1. Davlat budjetidan axolini ijtimoiy muxofaza qilish mazmuni, mohiyati va xuquqiy asoslari
2. Axolini ijtimoiy muxofaza qilishning amaldagi xolati taxlili
3. Davlat budjetidan axolini ijtimoiy muhofaza qilishni takomillashtirish masalalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

1. Davlat budjetidan axolini ijtimoiy muxofaza qilish mazmuni, mohiyati va xuquqiy asoslari
Davlat budjetining mamlakat ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini ham alohida ta’kidlash lozim, bu boradagi budjet siyosati ijtimoiy ahvolni barqarorlashtirish uchun kuchli muvozanatlashtirilgan ijtimoiy siyosatni olib borish, aholining turmush darajasini muttasil oshirishga qaratilgan.Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadli yo’nalishlaridan biri – aholining yuksak turmush darajasini ta’minlashdan iborat. Aholining turmush darajasi uning hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi orqali namoyon bo’ladi. Shu bilan birga, aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga quyidagi guruhlarni oladi: tug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa demografik ko’rsatkichlar; hayot kechirishning sanitargigiena jihatidan sharoitlari; oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish darajasi; turar joy sharoitlari; ma’lumot va madaniyat; mehnat qilish va bandlik sharoitlari;
aholining daromadlari va xarajatlari; hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari; transport vositalari; dam olishni tashkil etish; ijtimoiy ta’minot.
Har yili budjetning salmoqli qismi ijtimoiy madaniy tadbirlarni moliyalashtirishga va aholini ijtimoiy himoya qilishga safarbar etiladi. Bu mablag’lar davlatga:
-xalq ta’limi sohalarini rivojlantirish;
-fan va madaniyatni rivojlantirish
-aholining tibbiyot xizmatlariga bo’lgan minimal ehtiyojlarini qondirish;
-aholini ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish;
-ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish imkonini beradi.
Quyida keltirilgan 2.1-jadvalda davlat budjeti xarajatlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotida tutgan o’rni keltirilgan. Unga ko’ra bugungi kunda davlat budjeti xarajatlariga YaIM ning o’rtacha olganda 22,0% to’g’ri kelmoqda. Jamlanma budjet xarajatlariga nisbatan esa 32-35% to’g’ri kelmoqda.
Davlat budjeti xarajatlari o’zining iqtisodiy mazmuniga ko’ra joiy va kapital xarajatlariga bo’linadi (2.1-rasm).


So’nggi yillarda iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy ustuvor yo’nalishlari bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirishga va aholi turmush darajasining asosiy ko’rsatkichlarini yaxshilashga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bu chora-tadbirlarning hayotga tadbiq etilishida davlat budjetining ijtimoiy funktsiyalari ayniqsa ravshanroq namoyon bo’ladi.Iqtisodiyotning barqaror o’sishi bilan bir qatorda, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy Dasturi, Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat Dasturi, Aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish Davlat dasturi va boshqa ijtimoiy dasturlar, hukumatning boshqa qarorlariga muvofiq amalga oshirilgan maqsadli chora-tadbirlar majmui ijtimoiysohadag Mazkur vazifalarni hayotga tadbiq etish ko’p jihatdan mahalliy moliya mablag’larini shakllantirish va boshqarishning usul va shakllarini yangicha talqin etishga bog’liq.Hududiy iqtisodiyot va hududdagi ijtimoiy jarayonlarni bshqarish va tartibga solishda mahalliy davlat hokimiyati organlari alohida o’rin egallaydi. 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi № 13-XII-son O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, “Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo’ysunadigan shaharlardan, shuningdek shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlari” 10 hisoblanadi. Xalq deputatlari Kengashi va hokim viloyat, tuman va shahar uchun umumiy bo’lgan ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga oshirilishini, joylarda qonunlar,
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qarorlarining ijrosini, O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari o’rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda o’zini-o’zi boshqarishni rivojlantirishga ko’maklashish asosida o’zini o’zi boshqarish organlarining faoliyatini yo’naltirib turadilar.Yuqoridagi Qonunga muvofiq, viloyat, tuman, shaharning moliyaviy resurslarini budjet mablag’lari, budjetdan tashqari fondlar, aniq maqsadga qaratilgan fondlar, kredit resurslari, shuningdek respublika (viloyat, Toshkent shahri) budjetidan ajratilgan subventsiyalar va dotatsiyalar tashkil etadi.O’zbekiston Respublikasi “Budjet tizimida”gi Qonuniga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga belgilanadigan cheklovlar quyidagilardan iboratdir.Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti hamda mahalliy budjetlar balansli daromadlar va xarajatlarga ega bo’lishi kerak. Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar taqchilligiga yo’l qo’yilmaydi.Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni qabul qilish va ijro etishda:
1) qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan manbalar hisobiga jamg’armalar tashkil etishga;
2) mablag’ jalb qilishni amalga oshirishga (yuqori budjetlardan budjet ssudalari olish bundan mustasno);
3) budjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablag’dan ortiqroq mablag’ sarflashga (ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
4) budjet mablag’lari hisobidan boshqa shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga;
5) yuridik va jismoniy shaxslarga budjet ssudalari berishga yo’l qo’yilmaydi.
Ushbu cheklovlarga mahalliy budjetlarni rejalashtirish va ularni ijrosini amalga oshirishda rioya qilinishi shartdir.Mahalliy budjetlar xarajatlarning xarajatlarini boshqarish printsiplari xukumat tomonidan qabul qilinga qonuniy-me’yoriy normativlarga asoslanadi va bu me’yoriy normativlarning asosiylari bo’lib, O’zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to’g’risida”gi Qonuni hamda “Mahalliy davlat xokimiyati organlari to’g’risida” gi Qonuni hisoblanadi. Ushbu qonunlarda bugungi kunda mahalliy budjetlar xarajatlarini boshqarish printsiplari belgilab berilgandir.
O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrdagi «Budjet tizimi to’g’risida»gi qonunining 36-moddasida ko’rsatilishicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshka moliya organlari Davlat budjeti uning tuzilmasiga kiruvchi budjetlarning qonun xujjatlarida belgilangan ko’rsatkichlar doirasida bajarilishi uchun javobgardir. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati idoralari to’g’risida” gi konunning 3-bobida (11-15-moddalari) mahalliy davlat hokimiyati idoralarining moliyaviy asoslari ko’rsatib berilgan.Ushbu qonunning 12-moddasida ko’rsatilishicha viloyat, tuman, shahar kengashlari tegishli budjetlarni tasdiqlaydilar.Viloyat moliya boshqarmalari mahalliy budjetlarning ijro etilishini taminlaydi va mahalliy budjetni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qonun xujjatlarida belgilangan vakolati doirasida ijro etadilar.Maxalliy budjet xarajatlarini boshkarish tartiblari O’zbekiston Respublikasining Konunlari‚ Vazirlar Maxkamasining karolari xamda Moliya vazirining kator yuriknomalarida belgilab berilgan.Budjet tashkilotlari va budjetdan boshka mablag’lari oluvchilarni mablag’ bilan ta’minlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son qarorida belgilangan. Qorakalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxri budjetlarida yilning ayrim davrlarida daromadlar va xarajatlar o’rtasida vujudga keladigan vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplashga Respublika budjetidan ssudalar berilishi mumkin.
Davlat budjetidan mablag’ oluvchi budjet tashkilotlarini xarajatlarini to’lashning amaldagi tartibi va uning tahlili Budjetni ijro etish tizimida esa majburiyatlarni qabul qilish – bu budjet tashkiloti tomonidan smeta xarajatlarida ko’zda tutilgan mablag’lar doirasida kelajakda moliyaviy xarajatlarni amalga oshirish harakatidir.
Majburiyat me’yoriy-huquqiy xujjatlarga asosan majburiyat qabul qilish huquqiga ega bo’lgan shaxs tomonidan qabul qilinadi. Qabul qilinadigan majburiyatlar summasi tasdiqlangan budjet mablag’lari me’yoridan oshib ketmasligi lozim.
Majburiyatlarni hisobga olish tizimida quyidagi omillar asosiy o’rin egallaydi:
- majburiyatlarni qabul qilish asoslari;
- majburiyat qabul qilish huquqiga ega mas’ul shaxslar;
- majburiyatning turlari (yuridik va moliyaviy).
Budjet mablag’lari oluvchi budjet tashkiloti rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan boshqa mas’ul shaxslar majburiyatlarni qabul qilish huquqiga ega bo’ladilar.
Yuridik majburiyat budjetdan mablag’ oluvchilar va ularga mol (tovarlar, ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnoma tegishli tartibda ro’yxatdan o’tkazilganidan keyin vujudga keladi.
Yuridik majburiyatlarni hisobga olishning asosiy maqsadi budjet nazoratining samaradorligini yanada oshirish, ya’ni xarajatlarning tasdiqlangan rejadan ortib ketishiga yo’l qo’ymaslik.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 353-moddasiga muvofiq, “Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o’zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi”.
Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma bo’yicha taraf o’z burchlarini bajarganligi uchun haq olishi yoki unga boshqa muqobil to’lov to’lanishi lozim bo’lsa, bunday shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma bo’ladi.
Shartnoma bo’yicha bir taraf ikkinchi tarafga undan haq yoki boshqa muqobil to’lov olmasdan biron narsani berish majburiyatini olsa, bunday shartnoma tekinga tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Agar qonun hujjatlaridan, shartnomaning mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma hisoblanadi.
Xo’jalik shartnomasi deb taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini to’lash majburiyatini oladigan kelishuvga aytiladi.
Shartnomalarni tuzish va bajarish jarayoni bir qator qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi. Jumladan, Fuqarolik Kodeksi va 1998 yil 29 avgustdagi № 670-I-sonli “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni shartnomaviy munosabatlarni tartibga soluvchi eng asosiy qonun hujjatlari bo’lib hisoblanadi.
Qonunga ko’ra, tadbikorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
xo’jalik shartnomalarini tuzish erkinligi;
taraflarning o’zaro manfaatdorligi;
shartnoma intizomiga rioya etish;
taraflarning o’zaro mulkiy javobgarligi.
Xo’jalik shartnomasi, qoida tariqasida taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo’llashi va ikkinchi taraf uni aktseptlashi (taklifni qabul qilishi) yo’li bilan tuziladi. Agar taraflar o’rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari bo’yicha kelishuvga erishilgan bo’lsa, xo’jalik shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.Xo’jalik shartnomalari ularni imzolashga tayyorlash jarayonida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirib ko’rilishi kerak.Shartnomalarni ularning imzolarisiz tuzishga yo’l qo’yilmaydi. Qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki yuz baravaridan ortiq summadagi xo’jalik shartnomalari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar yuridik xizmatining yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasidan keyingina tuziladi.
Xulosada, qoida tariqasida quyidagilar ko’rsatiladi:
 xo’jalik shartnomasida ko’rsatilgan munosabatlar qaysi qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi;
 xo’jalik shartnomasi shartlarining qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi;
 taraflarning javobgarligi me’yori va nizolarni hal etish tartibi qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi.
Xo’jalik shartnomasi shartnoma shartlariga hamda qonun hujjatlarining talablariga muvofiq ravishda, bunday shartlar va talablar bo’lmagan hollarda esa ish muomalasi odatlariga muvofiq bajarilishi lozim.Tovarlarni etkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, to’liq etkazib berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki xizmatlar ko’rsatilmagan hollarda, tovar etkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to’laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi etkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki ko’rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizdan oshib ketmasligi lozim. Penyani to’lash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafnitovarlarni etkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, to’liq etkazib bermaslik, ishlarni bajarmaslik yoki xizmatlarni ko’rsatmaslik oqibatida etkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi. Tashkilot tomonidan tuzilgan hamda uning bunday tashkilot o’z faoliyati xususiyatiga ko’ra o’ziga murojaat qiladigan har bir shaxsga nisbatan amalga oshirishi shart bo’lgan tovarlar sotish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish sohasidagi vazifalarini (chakana savdo, umumiy foydalanishdagi transportda yo’lovchi tashish, aloqa xizmati, energiya bilan ta’minlash, tibbiy xizmat, mehmonxona xizmati va sh.k.) belgilab qo’yadigan shartnoma ommaviy shartnoma deyiladi. Bunday tashkilot ommaviy shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan afzal ko’rishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.Tovarlar, ishlar va xizmatlarning bahosi, shuningdek ommaviy shartnomaning boshqa shartlari hamma iste’molchilar uchun bir xil qilib belgilanadi, qonun xujjatlarida iste’molchilarning ayrim toifalari uchunimtiyozlar berilishiga yo’l qo’yiladigan hollar bundan mustasno.Tashkilotning iste’molchiga tegishli tovarlarni berish, xizmatlar ko’rsatish,uning uchun tegishli ishlarni bajarish imkoniyati bo’la turib ommaviy shartnomatuzishdan bosh tortishiga yo’l qo’yilmaydi.Qonunda nazarda tutilgan hollarda O’zbekiston Respublikasi Hukumati ommaviy shartnomalarni tuzish va bajarishda taraflar uchun majburiy bo’lgan qoidalar (namunaviy shartnomalar, qoidalar va h.k.) chiqarishi mumkin. Budjet tashkilotlari bilan tovar etkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko’rsatuvchi)lar o’rtasida tuzilgan shartnomalarni boshqarishning huquqiyasosini O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 21.05.2005 y.da №1475 raqami bilan ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi Moliyavazirining 05.05.2005 y.dagi 63-sonli Buyrug’i bilan tasdiqlangan “Moliyaorganlarida budjetdan mablag’ oluvchilar bilan tovar (ishlar, xizmatlar) etkazibberuvchilar o’rtasidagi shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish va ularningxarajatlari to’lovini nazorat qilish tartibi haqida vaqtinchalik Nizom” tashkilqiladi.Ushbu Nizomga ko’ra, budjetdan mablag’ oluvchilar etkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzadilar, shuningdek shartnomalarga budjetdan mablag' oluvchilarning xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan tegishli rejali budjet
mablag’lari doirasidagina qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritadilar.
Budjetdan mablag’ oluvchilar bilan etkazib beruvchilar o’rtasida
tuziladigan shartnomalar tegishli moliya organlarida majburiy ro’yxatdan
o’tkazilib, ularga tegishli raqamlar berilishi va ro’yxatdan o’tkazish sanasi
ko’rsatilishi kerak.


Etkazib beriladigan tovar (ishlar, xizmatlar) uchun xarajatlarni to’lash bo’yicha to’lovlarni, shu jumladan bo’nak to’lovlarini amalga oshirish uchun budjetdan mablag’ oluvchilar moliya organiga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan to’lov topshiriqnomalarini quyidagi tarzda taqdim etadilar:
a) budjetdan mablag’ oluvchi va etkazib beruvchiga bitta bank muassasasida xizmat ko’rsatilsa, to’rt nusxada. To’lov topshiriqnomalarining birinchi va to’rtinchi nusxalari budjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi va budjetdan mablag’ oluvchining muhri izi bilan tasdiqlanadi;
b) budjetdan mablag’ oluvchi va etkazib beruvchiga turli bank muassasalarida xizmat ko’rsatilsa, uch nusxada. To’lov topshiriqnomalarining birinchi va uchinchi nusxalari budjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi va budjetdan mablag’ oluvchining muhri izi bilan tasdiqlanadi.
Budjetdan mablag’ oluvchilar o’z xarajatlarini to’lash uchun moliya organiga mablag’larni o’z bank hisobraqamlaridan o’tkazish uchun to’lov topshiriqnomalari, hisobvaraq-fakturalar yoki tovar (ishlar, xizmatlar) etkazib berilganligini va budjetdan mablag’ oluvchining etkazib beruvchidan qarzi mavjudligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar, shuningdek budjetdan mablag’ oluvchi zimmasiga etkazib beruvchiga bo’nak to’lovini o’tkazish majburiyatini yuklaydigan hujjatlarni taqdim etadilar. Bo’nak to’lovi hisobiga mablag’larni to’lash uchun budjetdan mablag’ oluvchi budjetdan mablag’ oluvchi zimmasiga etkazib beruvchiga bo’nak to’lovini o’tkazish majburiyatini yuklaydigan hujjatlarga binoan to’lov topshiriqnomasini taqdim etadi.
Budjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan taqdim etilgan to’lov hujjatlari va ularga ilova єilingan hujjatlarni tekshirish, shuningdek to’lov topshiriqnomalarini ijro uchun xizmat ko’rsatuvchi bankka topshirishni moliya organlari, qoidaga ko’ra ular taqdim etilgan kunda amalga oshiradilar.
Budjetdan mablag’ oluvchilar taqdim etgan hujjatlar “Vaqtinchalik nizom” talablariga muvofiq kelsa, moliya organi to’lov topshiriqnomasi birinchi va to’rtinchi (yoki uchinchi) nusxalarining orqa tomoniga “Tekshirildi” yozuvini
qo’yish yo’li bilan to’lov topshiriqnomalariga tegishli belgilarni qayd etadi, ularni moliya organining mansabdor shaxsi o’z imzosi va moliya organi muhri bilan tasdiqlaydi.
Budjetdan mablag’ oluvchilar taqdim etgan to’lov va boshqa hujjatlar Nizom talablariga muvofiq kelmasa, moliya organi ularni budjetdan mablag’ oluvchiga qaytarib, to’lov topshiriqnomalarining orqa tomoniga ularga belgi qo’ymasdan, muvofiq emaslik sabablarini ko’rsatadi.
Budjetdan mablag’ oluvchilar to’lov topshiriqnomalarining barcha nusxalari va Budjetdan mablag’ oluvchilar to’lov topshiriqnomalari reestrining ikki nusxasini moliya organi budjetdan mablag’ oluvchilarga xizmat ko’rsatadigan tegishli bankka topshiradi.
Xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan to’lov topshiriqnomalari Reestrlar ma’lumotlari bilan solishtirilganidan va moliya organining budjetdan mablag’ oluvchilarning to’lov topshiriqnomalarida belgisi mavjudligini tekshirganidan so’ng, Reestrning birinchi nusxasi tegishli to’lov topshiriqnomalari bilan birga
bankda qoladi, Reestrning bank shtampi va bank mas’ul xodimining imzosi qo’yilgan ikkinchi nusxasi esa moliya organiga qaytariladi.
To’lov topshiriqnomasi ijrosidan keyin xizmat ko’rsatuvchi bank to’lov topshiriqnomalarining hamma nusxalariga va Reestrning tegishli satrlarida ijro etilgan to’lov topshiriqnomalari qarshisiga to’lov to’g’risida shtamp qo’yadi.
To’lovdan so’ng:a) xizmat ko’rsatuvchi bankka to’lov topshiriqnomalarining to’rt nusxasi taqdim etilgan taqdirda:
-birinchi nusxasi Reestr bilan birga bankning kun hujjatlariga tikiladi;
-ikkinchi nusxasi etkazib beruvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilinadi;
-uchinchi nusxasi budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova єilinadi va ke-yin budjetdan mablag’ oluvchiga topshirish uchun moliya organiga topshiriladi;
-to’rtinchi nusxasi moliya organiga topshiriladi.
Budjetdan mablag’ oluvchining bank hisobraqamidan bank ko’chirmasi,
shuningdek to’lov topshiriqnomasining uchinchi va to’rtinchi nusxalari olinganidan keyin moliya organi budjetdan mablag’ oluvchiga unga to’lov topshiriqnomasining uchinchi nusxasini ilova qilgan holda bank ko’chirmasini topshiradi. Bank ko’chirmasi nusxasi va to’lov topshiriqnomasining to’rtinchinusxasi moliya organida qoladi;
b) xizmat ko’rsatuvchi bankka to’lov topshiriqnomasining uch nusxasi taqdim etilgan taqdirda:birinchi nusxasi Reestr bilan birga bankning kun hujjatlariga tikiladi;
ikkinchi nusxasi budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobraqamidan ko’chirmaga ilova qilinadi va keyin budjetdan mablag’ oluvchiga topshirish uchun moliya organiga topshiriladi;
topshiriqnomaning uchinchi nusxasi moliya organiga topshiriladi.
Budjetdan mablag’ oluvchining bank hisobraqamidan bank ko’chirmasi, shuningdek to’lov topshiriqnomasining ikkinchi va uchinchi nusxalari olinganidan ke-yin moliya organi budjetdan mablag’ oluvchiga unga to’lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasini ilova qilgan holda bank ko’chirmasini topshiradi. Bank ko’chirmasi nusxasi va to’lov topshiriqnomasining uchinchi nusxasi moliya organida qoladi.
Xarajatlarning quyidagi guruhlari Davlat budjetidan mablag’ bilan ta’minlanadi:
I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar;
II. Ish haqiga qo’shimchalar;
III. Kapital qo’yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro’yxatlarga muvofiq);
IV. Boshqa xarajatlar.
G’azna ijrosiga o’tgan budjet tashkilotlarining xarajatlari Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan yagonag’azna hisob raqamidan, shuningdek yuqorida ko’rsatilgan xarajatlar guruhlarining har bir moddasi bo’yicha hududiy g’aznachilik hisob raqamidan amalga oshiriladi.
Xarajatlarning I va II guruhlariga kiritilgan budjet tashkilotlari birinchi
navbatda xarajatlarini to’lash. Bunda II xarajatlarning guruhiga tegishli mablag’ o’tkazmasdan I guruh xarajatlarini amalga oshirish taqiqlanadi. Yagona g’azna hisob raqamida, shuningdek hududiy g’aznachilik hisob raqamida birinchi va ikkinchi guruhlar bo’yicha to’lanmagan xarajatlar summasidan ortiq mablag’lar mavjud bo’lganda ortiqcha summa miqdorida uchinchi va to’rtinchi guruhlar bo’yicha xarajat qilishga ruxsat etiladi.
Kapital qo’yilmalarga ajratmalar joriy budjet yili uchun tasdiqlangan Respublika investitsiya dasturiga muvofiq qurilishlarning aniq ro’yxatlariga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ajratiladi. G’aznachilik tomonidan xizmat ko’rsatiladigan buyurtmachilar ob’ektlari qurilishiga Davlat budjetida nazarda tutilgan xarajatlar G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari tomonidan
O’zbekiston Respublikasining joriy yilga tasdiqlangan Investitsiya dasturiga hamda qurilishlarning aniq ro’yxatiga muvofiq, buyurtmachilarning Moliya vazirligining G’aznachiligida va uning hududiy bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalarga asosan to’lanadi.
Xarajatlarning I va II guruhlarini respublika va mahalliy budjetlardan xarajatlarini to’lash smetalarga va budjet xarajatlari ro’yxatlariga, ularga kiritilgan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda, shuningdek oldingi hisobot davri uchun belgilangan baholash ko’rsatkichlarining bajarilishiga muvofiq har oyda amalga oshiriladi. Kapital qo’yilmalarni va boshqa xarajatlarini to’lash budjetga mablag’lar tushishiga qarab har oyda amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlari xarajatlarini:
 respublika budjetidan mablag’ bilan ta’minlash (to’lash) - O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan shakldagi maqsadli sertifikat (unda budjet tasnifnomasi paragraflari va xarajatlar guruhlarini ko’rsatgan holda) va xarajatlarning har bir guruhi bo’yicha bir satrda mablag’ o’tkazish uchun to’lov qog’ozi bilan rasmiylashtiriladi;
 mahalliy budjetlardan mablag’ bilan ta’minlash (to’lash) - tegishli moliya organlarida belgilangan shakldagi tayinlash sertifikati va xarajatlarning har bir guruhi bo’yicha bir satrda mablag’ o’tkazish uchun to’lov qog’ozi bilan
rasmiylashtiriladi.
"Boshqa xarajatlar" IV guruhi bo’yicha mablag’lar belgilangan limitlar doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda sarflanadi:
ovqatlantirish;
 dori-darmonlar;
 kommunal xizmatlar;
 boshqa xarajatlar.
Hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida budjet tashkilotlarining hisob raqamlarida qolgan tejab qolingan budjet mablag’lari (kapital qo’yilmalarni mablag’ bilan ta’minlash uchun nazarda tutilgan mablag’lar bundan mustasno) olib qo’yilmaydi, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasiga o’tkaziladi va mazkur Tartib talablariga muvofiq sarflanadi;
G’azna ijrosiga o’tgan budjet tashkilotlari bo’yicha hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida budjet tashkilotlarining Moliya vazirligi G’aznachiligida va uning hududiy bo’linmalarida ochilgan hisob raqamlarida qolgan tejab qolingan mablag’lar (kapital qo’yilmalar bo’yicha xarajatlarni to’lash uchun nazarda tutilgan mablag’lar bundan mustasno) olib qo’yilmaydi, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasiga o’tkaziladi va undan mazkur Tartib talablariga muvofiq foydalaniladi;
Tejab qolingan budjet mablag’larini o’tkazish budjet tashkilotlari tomonidan yuridik va moliyaviy majburiyatlar olinmagan budjetdan ajratiladigan mablag’lar doirasida hisobot choragidan keyingi oy mobaynida amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlarini kelgusi chorakda mablag’ bilan ta’minlash hajmi hisobot choragida tejab qolingan budjet mablag’lari summasiga kamaytirilmaydi.
Yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan budjet tashkilotlarining qo’shimcha daromadlari mablag’ bilan ta’minlashning quyidagi manbalari:
1. faoliyat turi bo’yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish;
2. budjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berish;
3. yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga ko’rsatiladigan homiylik (begaraz) yordami hisobiga olinishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasi “Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risidagi” qonuni talablaridan kelib chiqib 2012 moliya yili 1 yanvaridan boshlab Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari G’aznachilikning Yagona g’azna hisobvarag’idan amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda Quyida keltirilgan 2.3- rasmda Yagona g’azna hisobvarag’ida pul mablag’larining harakati chizmasi




Budjet tashkilotlari yoki fond mablag’larini tasarruf etuvchilar uchun shaxsiy g’azna hisobvaraqlarini ochish hamda ilgari ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar orqali tegishli operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida o’zgartirishlar bo’lmaydi hamda ushbu shaxsiy hisobvaraqlardan xarajatlarni amalga oshirishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi. Bunda, budjetdan mablag’ oluvchilarning amalda ishlab turgan shaxsiy g’azna hisobvaraqlari yopilmaydi va belgilangan (odatiy) tartibda ishlaydi.
Budjetdan mablag’ oluvchilar va fond mablag’lari tasarruf etuvchilarning 2012 moliya yilidan boshlab tovar (ish, xizmat) etkazib beruvchilar bilan tuziladigan shartnomalarida shu jumladan, kapital qurilish bo’yicha yildan yilga o’tuvchi ob’ektlar bo’yicha shartnomalariga qo’shimcha kelishuvlarda hamda to’lov hujjatlarida to’lovchi ya’ni, g’aznachilik rekvizitlari qismida Yagona g’azna hisobvarag’i va ularning shaxsiy g’azna hisobvaraqlari ko’rsatiladi (tegishli budjetlar uchun ochilgan shaxsiy g’azna hisobvaraq bundan mustasno).
Budjetdan mablag’ oluvchilarning 2012 moliya yilidan boshlab budjetdan
tashqari mablag’lari bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlariga kelib tushadigan (tovar ishlab chiqarish va sotish, xizmatlar ko’rsatish, to’lov kontrakt mablag’lari, ota–onalar to’lovlari va boshqa to’lovlar) tushumlarida oluvchi
ya’ni, g’aznachilik rekvizitlari qismida Yagona g’azna hisobvarag’i rekvizitlari ko’rsatiladi.
2.Aholini ijtimoiy himoyalash deganda biz aholiga davlat tomonidan yashash uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga maqsadli yunaltirilgan kafolatlar tizimini tushunishimiz lozim.
Ijtimoiy himoya qilish bir tomondan, funktsional tizim, ya’ni yo‘nalishlar tizimi bo‘lib, u ana shu yo‘nalishlar asosida amalga oshiriladi, ikkinchi tomondan, u ijtimoiy himoya qilishni ta’minlaydigan institutlar tizimidan iborat bo‘lib, unga davlat, sud, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlar kiradi.
Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida davlatning ijtimoiy siyosati ijtimoiy himoyalash mexanizmlarini, davlatning, korxonalar va ijtimoiy siyosatning boshqa sub’ektlarining roli va vazifalarini o‘zgartiradi. Amalda bu ijtimoiy himoyalashga ajratiladigan byudjet mablag‘lari salmog‘ining qisqarishi, davlat tomonidan beriladigan bepul kafolatlarning kamayishini bildiradi. Ko‘proq og‘irlik nodavlat moliya manbalariga, shu jumladan, korxonalar zimmasiga yuklatiladi. Bu ayrim korxonalar uchun jiddiy muammolar tug‘dirib, ularning ijtimoiy himoya bo‘yicha tadbirlari hajmi va darajasini mehnat sharoitlari va uni muhofazalashga bog‘lab qo‘yadi.
Amalga oshirilish usuliga qarab ijtimoiy siyosatni aktiv va passiv turlarga ajratish mumkin. Passiv ijtimoiy siyosat narxlarni sun’iy ravishda tutib turish, shu hisobiga turmush darajasini oshirish yoki barqarorlashtirish, ijtimoiy himoyalashning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha dotatsiyalarni oshirishni ko‘zda tutadi. Aktiv siyosat maqsadga muvofiqroqdir. Unda tashabbus ko‘rsatish va tadbirkorlik uchun sharoit yaratib berish, pensionerlar, veteranlar, bolalar, byudjet sohasida xizmat qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlashda davlatning rolini oshirish ustivor maqsadlar hisoblanadi.
Ijtimoiy siyosatda ikki asosiy yo‘nalishni ajratib ko‘rsatish mumkin: aholini ijtimoiy ta’minlash va davlat ijtimoiy kafolatlari. Ijtimoiy ta’minot pensiya ta’minoti, nafaqalar bilan ta’minlash, aholining ayrim tabaqalari uchun belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalar tizimi va ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi yo‘nalish esa jamiyatning bir me’yorda rivojlanishini, ya’ni sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va sog‘lomlashtirish, shuningdek, turar joyga ega bo‘lish huquqini ta’minlash bilan bog‘liq.
Davlat ijtimoiy ta’minoti – bu, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini keksayganda, kasallik ro‘y berganda, mehnatga layoqatini qisman yoki butunlay yo‘qotganda, boquvchisini yo‘qotganda, shuningdek, bolali oilalarni moddiy ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatish davlat tizimidir.
Ijtimoiy ta’minot quyidagi tashkiliy-huquqiy shakllarda amalga oshiriladi: davlat ijtimoiy sug‘urtasi, respublika byudjeti mablag‘lari, mahalliy byudjetlar mablag‘lari. Iqtisodiyotni isloh qilish davrida ijtimoiy ta’minotning jamoat tashkilotlari va xususiy shaxslar faoliyati bilan bog‘liq shakllari rivoj topadi.
Aholini ijtimoiy himoyalashni bir vaqtning o‘zida amal qiladigan va bir-birini to‘ldiruvchi quyidagi to‘rtta tizimga ajratish mumkin: davlat ijtimoiy ta’minoti, davlat ijtimoiy sug‘urtasi, jamoa ijtimoiy sug‘urtasi va shaxsiy sug‘urta.
Davlat ijtimoiy ta’minoti aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga pulli nafaqalar vositasida ko‘rsatiladigan yordamdir. Soliqlar va boshqa byudjet tushumlari hisobiga moliyalanadigan bu yordam ularga belgilangan minimal turmush darajasini kafolatlaydi.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi zarur turmush darajasini kafolatlaydi. U majburiy bo‘lib, ish beruvchilar va mehnatkashlarning sug‘urta badallari, davlat tomonidan ajratiladigan dotatsiyalar hisobiga moliyalanadi.
Jamoa sug‘urtasi etarli turmush darajasini kafolatlaydi. U majburiy yoki ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi mumkin. Bunda ish beruvchilar va yollanganning sug‘urta badallari to‘lov manbalari bo‘lib xizmat qiladi.
Shaxsiy sug‘urta farovonlikning yuqori darajasini kafolatlaydi, u ixtiyoriy ravishda, fuqarolarning sug‘urta badallari hisobiga amalga oshiriladi.
Birinchi ikki quyi tizimning asosiy tamoyili - birdamlik, uchinchisiniki subsidiyalash, turtinchi, ya’ni shaxsiy sug‘urtaniki esa mutanosiblik tamoyilidir. Birdamlik tamoyili yordamni muhtojlik darajasiga qarab, fuqaro to‘lagan soliqlar va sug‘urta badallari miqdorini hisobga olmasdan taqsimlanishini ko‘zda tutadi. Subsidiyalash tamoyilida esa muhtojlik darajasiga qarab, ammo badallar miqdori va mos ravishda to‘lovlar miqdorini hisobga olgan holda yordam ko‘rsatiladi. Mutanosiblik tamoyili to‘langan sug‘urta badallariga proportsional miqdorda yordam ko‘rsatishni ko‘zda tutadi.
Yuqorida qayd etilganlardan tashqari ijtimoiy himoyaning yana bir necha tamoyillari qo‘llanadi:

  • umumiylik;

  • ochiqlik;

  • ko‘ptomonlamalik;

  • ta’minot turlarining turfa xilligi;

  • muvofiqlik (ya’ni ijtimoiy yordam miqdorini iqtisodiy taraqqiyot darajasiga mosligi).

Birinchi ikki tizim o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi. Davlat ijtimoiy ta’minoti va sug‘urtasining quyidagi turlari mavjud:

  • davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar va boshqa ijtimoiy nafaqalar;

  • davlat pensiya ta’minoti;

  • uy-internatlarda keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga qarash va xizmat ko‘rsatish;

  • nogironlarni protez-ortopedik buyumlar va harakatlanish vositalari bilan ta’minlash;

  • bolalar uylari, internatlar va boshqa muassasalarda bolalarga qarash va tarbiyalash;

  • nogironlarni ishlab chiqarish va kasbiy reabilitatsiya qilish;

  • aholini sanatoriya-kurortlar va dori-darmonlar bilan ta’minlash;

  • uylarda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar.

To‘la ma’noda olganda, ijtimoiy himoya qilish quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:

  • jamiyat a’zolariga kun kechirish uchun zarur narsalarning eng kam miqdorini ta’minlash va muhtojlarga moddiy yordam ko‘rsatish, turmush darajasini pasaytirish omillardan himoya qilish;

  • fuqarolarning o‘zlari uchun qonunga zid kelmaydigan har qanday yo‘llar bilan tirikchilik vositalarini hech bir to‘siqsiz ishlab topishlari uchun imkon beradigan shart-sharoitlar yaratish;

  • fuqarolarning ta’lim, tibbiy yordam va shu kabilarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish, bunda jamiyat imkoniyatlari va o‘ziga xos milliy-tarixiy xususiyatlarni hisobga olish;

  • yollanib ishlayotganlarga qulay sharoitlarni ta’minlash, ularni sanoat ishlab chiqarishining salbiy ta’sir ko‘rsatishidan himoya qilish;

  • jamiyat a’zolarining ekologik xavsizligini ta’minlash;

  • fuqarolarni jinoiy hamlalardan himoya qilish;

  • huquqiy, demokratik davlat tamoyillariga mos keluvchi fuqarolik va siyosiy huquqlar hamda erkinliklarni himoya qilish;

  • qurolli ijtimoiy va millatlararo nizolarga barham beruvchi shart-sharoitlar yaratish;

  • siyosiy ta’qib va ma’muriy zo‘ravonlikdan himoya qilish;

  • ma’naviy hayot erkinligini ta’minlash, mafkuraviy taziyqlardan himoya qilish;

  • umuman jamiyatda, ayrim yacheykalar va tarkibiy bo‘linmalarda qulay psihologik iqlim yaratish, psihologik tazyiq o‘tkazishdan himoya qilish.

XX asrda an’anaviy kapitalistik jamiyat haqiqatda o‘zgarib, yangi ijtimoiy-iqtisodiy tizimga - ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor xo‘jaligiga aylandi, ham umuman jamiyatni, ham xo‘jalik organizmining tarkibiy tuzilmalarini qamrab oladigan qudratli ijtimoiy himoya tizimlari qaror topmoqda, ular korxonalar va fikrlar, aktsionerlar jamiyatlari, kooperativlar, mehnat tashkilotlari va hokazolardir. Hozirgi vaqtda /arbda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning amerikacha, evropacha, yaponcha va hokazo andozalari mavjud bo‘lib, ular doirasida yana o‘ziga xos ko‘rinishlari ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu andozalarning umumiy xususiyatlari bilan bir qatorda o‘ziga xos umumiy belgilari va milliy jihatlari ham mavjuddir.
O‘zbekistonda mustaqillikni dastlabki yilaridan boshlab iqtisodiy islohotlarning o‘ziga mos yo‘li tanlandi. O‘tish davri jarayonlari Prezident I.A. Karimov olg‘a surgan beshta asosiy tamoyillaridaan biri: «halq turmush darajasining izchil va barqaror o‘sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilishni ifoda etadi".
Ijtimoiy himoyaning ijtimoiy-iqtisodiy munosabat sifatidagi mohiyati jamiyat va aholi o‘rtasidagi muxtojlik hollarida yordam, qariyalarga ko‘maklashish, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ahvol, hayotiy zaruriy vositalar bilan ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlardan iborat.
Ijtimoiy himoyaning iqtisodiy negizini moddiy ishlab chiqarish tashkil etadi. Taqsimotchilik munosabatlari natijasida jamiyatning oldiga qo‘yilgan bosh maqsadga muvofiq yalpi milliy mahsulotning muayyan qismi aholi ijtimoiy himoyasiga sarflanadi. Ijtimoiy himoya fondining aksariyat qismi taqsimotchilik jarayonida davlat byudjetida shakllanadi. Uning to‘planish mexanizmi soliqlar va maqsadli jamg‘armalardir.
Mamlakatimizda davom etayotgan va bozor iqtisodiyotini qaror toptirishga qaratilgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar umuman fuqarolarni samarali ijtimoiy himoyalashni, xususan, korxonalar xodimlarini himoya qilishni nihoyatda muhim vazifalardan biriga aylantirdi. Bir tomondan, bu o‘zgarishlar fuqarolarning ijtimoiy himoyalanishini kuchaytiradi, ikkinchi tomondan esa, inson faoliyatining ayrim muhim tomonlarida ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha ko‘proq kuch-g‘ayrat sarflanishini: ishsizlikdan, pulning qadrsizlanishidan, fuqarolarning birmuncha qismi moddiy tomondan ta’min etilmaganidan va shu kabilardan himoya qilishni talab etadi.



Yüklə 351 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə