Kirish mavzuning dolzarbligi



Yüklə 34,88 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü34,88 Kb.
#143708
Berilgan va olingan bo\'naklar bo\'yicha hisob-kitoblar hisobi


Mavzu: Berilgan va olingan bo'naklar bo'yicha hisob-kitoblar hisobi
Reja:
Kirish
1. Bo'naklar haqida tushuncha va ularning turlari
2. Olingan bo'naklar hisobi
3. Berilgan bo'naklar hisobi
Xulosa
Adabiyotlar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Pul mablag‘lari, yuqori likvidli aktiv sifatida, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqarish faoliyatining uzluksizligini ta’minlashning zaruriy sharti hisoblanadi. Pul mablag‘larining etarli bo‘lmasligi ular faoliyatining uzluksizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan xom-ashyo va materiallarni sotib olish imkonini bermaydi. Natijada, iqtisodiyotda to‘lovsizlik muammosi yuzaga keladi.
O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy bosqichida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik muammosi iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashning dolzarb muammolaridan biriga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev e’tirof etganidek, “jami 18 trillion so‘mlik debitor qarzdorlikdan 14 trillion so‘mi yoki 60 foizi oxirgi 3 yil mobaynida cho‘zilib kelayapti. Nima uchun ushbu muammo bilan Muddati o‘tgan qarzdorlikni qisqartirish komissiyasiga boshchilik qiladigan moliya vaziri va Markaziy bank raisi jiddiy shug‘ullanmayapti”1.
SHuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning xorijiy valyutaga bo‘lgan talabini qondirish ular faoliyatini texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirishda muhim o‘rin tutadi.
O‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish, ularning valyuta operatsiyalarini rivojlantirish pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalarining buxgalteriya hisobini takomillashtirish zaruriyatini yuzaga keltiradi.

1.
Boʻlak (boʻnak-tomchi) yoki avans deb biror ish uchun oʻsha ish bajarilmasi yoki boshlanmasidan avval toʻlanadigan haqdir. Boʻnak koʻchma maʼnoda oldindan bildirilgan ishonch, maqtovni anglatadi.


OʻzMEga asosan boʻnakka quyidagicha taʼrif beriladi:

  1. biror ish yuzasidan ish beruvchi (buyurtmachi)lar ish bajaruvchilarga oldindan beradigan qarz. Oʻrta asrlar oxirida, asosan Oʻrta Osiyoda dehqon va hunarmandlarga pul yoki natura tarzida boʻlak berish keng tarqalgan edi. Boʻlak olgan dehqonning yeri va mol-mulki garovda turgan;

  2. oʻtmishda usta shogirdiga ishlab berish yoki qaytarish sharti bilan beradigan qarz puli.




1 Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017. – 30-б.

Yüklə 34,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə