Kirish. Odam organizmi to’G’risida umumiy ma’lumot


BIOLOGIYA (9-sinf genetika va seleksiya boblari)



Yüklə 172,93 Kb.
səhifə43/43
tarix28.11.2023
ölçüsü172,93 Kb.
#134660
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
8,9 kitobcha test

BIOLOGIYA
(9-sinf genetika va seleksiya boblari)

1. Olimlar va ularning qaysi yo’nalishda izlanishlar olib borganligini juftlab yozing


1) fiziologiya 2)hujayra kimyoviy tarkibi 3)qalqonsimon bez kasalliklari
4) mikrobiologiya 5) yuqumli kasalliklarni tarqalish sabablari 6)seleksiya sohasida
a) J.A.Musayev; b)I.Q. Musaboyev;
c)E.S. Mahmudov; d) Yo.X. To’raqulov; e)B.Toshmuhammedov; f)M.Mavloniy;
A) 1-c;2-e; 3-d; 4-f; 5-a;6-b;
B)1-c;2-d;e;3-d; 4-f; 5-b;6-a;
C)1-b;2-d;e;3-d; 4-f; 5-b;6-a;
D)1-c;2-e; 3-d; 4-f; 5-b; 6-a;

2. Xalq seleksiyasida shaftolining qanday navlari yaratilgan?


1)Gultish; 2)Zarg`aldoq; 3) Sohibi; 4)Farhod; 5)Hiloliy; 6)Lola; 7) Rizamat; 8)Obidov; 9)Zarafshon; 10) Nimrang; 11)qozi dastor;
A) 2,4,6,9; B) 8,10;
C) 1,3,5,7,9; D) 1,3,5,7;

3. Respublikamiz olimlari tomonidan keyingi yillarda yaratilgan g`o`zaning istiqbolli navlarini aniqlang.


1) Toshkent-1 2)AN-402 3)Omad
4) Buxoro-102 5)Namangan-34 6) Yulduz
7)Toshkent-2 8)Buxoro-9 9) Samarqand-3
A) 1,7; B) 2,6,9;
C) 2,3,4,5; D) 3,4,5,8;

4. Interferon oqsili qanday vazifani bajaradi?


A) virus ko’payishi to’xtatadi;
B) zamburug’ o’sishini toxtatuvchi;
C) qonda glyukozani nazorat qiluvchi;
D) zamburug’ o’sishiga sharoit yaratadi;

5. Tritikale xususiyatlari to’g’ri keltirilgan javobni belgilang.


1) bug’doy va piyozli arpa duragayi; 2)bug’doy va qilqon arpa duragayi; 3)yuqori hosildor; 4)bir mavsumda 3-4marta o’rib olinadi; 5)ko’p miqdorda yashil massa to’playdi; 6)300-450s/ga yashil massa beradi; 7)yuksak darajada oziqlik sifatiga ega; 8)mevasi don meva; 9) yem-xashakbop o’simliklar;
A) 1,2,3,4,5,6,7,8,9; B) 1,3,5,7,9;
C) 2,3,5,7,8,9; D) 1,3,5,7,8,9;

6. Kelib chiqish markazlari va o’simliklarni juftlab yozing.


a) Sharqiy Osiyo b) Janubiy-G’arbiy Osiyo c)Janubiy Amerika d) Janubiy Osiyo e)Abissiya f)Markaziy Amerika g) O`rta yer dengizi
1)qalampir; 2)beda; 3)sabzi; 4)kofe; 5)shakarqamish; 6)arpa; 7)ananas; 8)oshqovoq; 9)bug`doy; 10)qand lavlagi; 11)tariq; 12)tamaki; 13)karam; 14)loviya; 15)kakao; 16)kartoshka; 17)suli;
18) dukkaklilar; 19) banan;
A) a-11; b-3,9,17,18; c-2,7,12,16; d-5; e-4,6,19; f-1,8,14,15; g-10,13;
B) a-11;b-3,9,17,18;c-7,12,16;d-5; e-6,15,19; f-1,4,8,14; g-2,10,13;
C) a-11; b-3,9,17,18; c-7,12,16; d-5; e-2,10,13;f-1,8,14,15; g-4,6,19;
D) a-11; b-3,9,17,18; c-7,12,16; d-5; e-4,6,19; f-1,8,14,15; g-2,10,13;

7. Ma’lum bir organizmda xromosomadan ajralgan qism gomologik bo’lmagan xromosoma bilan birikib mutatsiyaga olib keldi. Shu organizm gametasi va boshqa organizmdan olingan normal gaploid holatdagi gameta qo’shilishidan hosil bo’lgan zigotada xromosomalar to’plami qanday bo’ladi?


A) 2n; B) 2n-1;
C) 2n+1; D) 2n-1 yoki 2n+1;

8. Geneologik usul bilan qaysi resessiv genlarning nasldan naslga o’tishi aniqlangan?


1) ko’z shox pardasining ko’rlikka olib keladigan irsiy degeneratsiya; 2) braxidaktiliya; 3)gemofiliya; 4)shizofreniya (og’ir ruhiy kasallik); 5) tug’ma karlik; 6)silga moyillik; 7) qandli diabet; 8) mikrosefaliya;
A) 3,4,5,7,8; B) 3,4,5,7;
C) 1,2,6; D) 1,2,6,8;

9. Hasharotlar yordamida changlanadigan o’simliklarning qaysi belgisi juda o’zgaruvchan bo’ladi.


A) gul shakli; B) barg kattaligi;
C) gul rangi; D) changchi va urug`chi shakli;

10. Xo’rozning bo’yin qismida pat bo’lmasligi –


A) somatik mutatsiya;
B) dominant mutatsiya;
C) resessiv mutatsiya;
D) jinsiy mutatsiya;

11. Aniq ko`zga tashlanadigan o`zgarishlar(a) va to`satdan vujudga kelib qat’iy ravishda nasldan naslga o`tadigan(b) o`zgarishlarni aniqlang


1. albinizm; 2. tovuqlarda pat bo`lmasligi;
3. no`xatning kalta poyalilik belgisi; 4.odamlarda barmoqlarning kalta bo`lishi;
5. qat-qat tojibarglilik;
A) a-1,4; b-3,5; B) a-3,5; b-1,4;
C) a-1,2,4; b-3,5; D) a-3,5; b-1,2,4;

12. Klaynfelter sindromli o’g’il bolada(I), Daun sindromli o’g’il bolada(II), Shereshevskiy-terner sindromli ayollarda(III), Fenilketonuriya bilan kasallangan o’g’il bolalarda(IV) kariotipi tarkibida nechta autosoma bo’ladi?


A) I-45; II-44;III-45;IV-44;
B) I-44;II-44;III-45; IV-44;
C) I-44; II-45; III-45; IV-44;
D) I-44;II-45;III-44; IV-44;

13. Pleyotropiya nima?


A) allel bo’lmagan bir necha genning bitta belgining rivojlanishiga tasiri;
B) genotipda allel bo’lmagan genlarning o’zaro ta’siri natijasida organizmda yangi belgilarning rivojlanishi;
C) bir allel genning ikkinchi allel bo’lmagan genga nisbatan dominantlik qilishi;
D) bitta genning bir qancha belgining rivojlanishiga tasiri;

14. Drozofilaning xromosomalar soni qanday tuzilgan?


A) ikki autosoma va oltita jinsiy xromosoma;
B) oltita autosoma va ikkita jinsiy xromosoma;
C) to’rtta autosoma va tor’ta jinsiy xromosoma;
D) ikkita autosoma va ikkita jinsiy xromosoma;

15. Qaysi hayvon organizmlarining 50% spermatazoidlari faqat autosoma xromosomalaridan iborat bo’ladi?


A) ayrim hasharotlarda;
B) qushlarda;
C) barcha bo’g’imlilarda;
D) sudralib yuruvchilarda;

16. Qanday mutatsiyalar gomo va geterozigota holatda yashovchan bo’lmaydi, individual rivojlanishning dastlabki bosqichlarida nobud bo’ladi.


A) resessiv mutatsiya;
B) dominant mutatsiya;
C) somatik mutatsiya;
D) jinsiy mutatsiya;

17. Quyidagi kasalliklarning qaysi biri jinsiy sistemaning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi?


1) Daun sindromi 2) Klaynfelter 3) Shershevskiy –Terner
A) 2,3; B) 1,2; C) 1,2,3; D) 1,3;

18. Makkajo`xori somatik hujayrasida jinsiy xromosomalar sonini aniqlang.


A) 10 B) 20 C) 2 D) 1

19. Ikki juft belgisi bo’yicha geterozigota organizm tahliliy chatishtirilsa qanday fenotip yuzaga keladi?


A) 1:1:1:1 B) 1:1 C) 3:1 D)1:2:1

20. Epiztaz ta’sir natijasida quyidagi organizmlar ichidan qora tovuqlar genotipini aniqlang.


1)IiCc; 2)iicc; 3)Iicc; 4) iiCC; 5) IIcc; 6)IICC; 7)iiCc;
A) 1,3,5,6; B) 4,7;
C) 1,2,3,5,6; D) 2,3,5;

21. F2 da ressessiv belgili organizm qanday shart amalga oshsa hosil bo`ladi.


1. Duragaylarda irsiy omil o`zgarmagan bo`lsa; 2.jinsiy hujayra 1 juft allel genga ega bo`lsa; 3.jinsiy hujayra allellardan bittasiga ega bo`lsa; 4.belgilar oraliq irsiylanmagan bo`lsa;
A) 1,2,3,4; B) 1,2; C) 1,3; D) 2,4;

22. Shershevskiy-Terner belgilari ?


A) qo’l oyoqlari uzun,yelka chanoqqa nisbatan tor,skelet tuzilishi ayollarnikiga o’xshash;
B) boshi nomutanosib kichik,yuzi keng,ko’zlari kichiik va yaqin joylashgan.Og’zi yarim ochiq aqli zaif, odatda bepusht, uzoq yashamaydi;
C) tuxumdon rivojlanmagan, ikkilamchi jinsiy belgilari juda sust namoyon bo’ladi;
D) miya shakli buzilib,mikrosefaliya rivojlanadi;

23. Quyida keltirilganlardan qaysilarining urg’ochi organizmlarida 2yelkali xromosomalar uchraydi.


1)drozofila; 2)ayrim hasharotlarda; 3)kapalak; 4)qushlar; 5) suvda ham quruqlikda yashovchilarda; 6) sudralib yuruvchilarda;
A) 2,3,4,5,6; B) 2,3,4,6;
C) 3,4,6; D) 3,4,5;

24. Ota-ona organizmlar genotipida joylashgan noallel genlarning duragay avlodlari – genotipida jamlanishi natijasida o’zaro ta’sir qilib yangi belgining rivojlanishini ta’min etuvchi genlar qanday ataladi?


A) Polimer gen; B) Komplementar gen;
C) Epistaz gen; D) hamma javob to’g’ri;

25. No’xatning qaysi belgilari mustaqil taqsimlanmasligi isbot etildi-


A) barg tuzilishi;
B) Changchi shakli, gul rangi;
C) gul shakli va meva rangi;
D) meva rangi, barg shakli;

26. A1A1A2A2 – qizil va a1a1a2a2 – oq bug`doy navlari chatishtirilganda F2 da o`simliklar donining rangiga qarab necha xil guruhga ajraladi.


A) 4; B) 3; C) 5; D) 6;
27. Gibridologik usul?
A) ma’lum belgisi jihatdan bir-biridan ajralib turadigan ota-onalarni chatishtirish;
B) ayrim genlari bilan o’xshash ota onani chatishtirish;
C) genetik uzoq formalarni duragaylash;
D) bir ota onadan olingan avlodni duragaylash;

28. Drozofilaning erkagida qanday xromosoma mavjud A) ikkita tayoqchasimon;


B) bitta tayoqchasimon va bitta ikki yelkali;
C) ikkita ikki yelkali;
D) bitta tayoqchasimon ikkita ikki yelkali;

29. O’simlik tarkibidagi vitaminlar miqdori qaysi ta’sirga misol bo’ladi?


A) polimer; B) komplimentar;
C) epistaz; D) pleyotrop;

30. Shershevskiy-terner sindromi bilan kasallangan qiz bolaning eritrositlarida autosoma va jinsiy xromosomalar soni


A) 45;2 ta; B) 44 ta;1 ta;
C) 44 ta;3 ta; D) 0 ta;



Yüklə 172,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə