|
Kirish Vitaminlar va ularning kimyoviy tuzilishi
|
səhifə | 1/5 | tarix | 29.11.2023 | ölçüsü | 325,17 Kb. | | #141145 |
| VITAMINLARNING INSON ORGANIZIMIGA TA\'SIRI111
Vitaminlar olinishi va tibbiyotda qo’lanilishi
Reja:
Kirish
Vitaminlar va ularning kimyoviy tuzilishi
Vitaminlarning inson organizmiga ta’siri
Vitaminlar va ularning modda almashinuvidagi roli.
Vitamin va ularning xilma- xilligi
Xulosa
Adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Inson kundalik hayotida turli xil narsalarni iste’mol qilishi mumkin. Uning tarkibida esa turli xil moddalar va vitaminlar mavjud. Inson organizmi uchun A, B, B1, B2, B6, B12, C, D, PP, K vitaminlari nihoyatda zarurdir. Ularning ta’siri inson organizmi faoliyatida juda muhim rol o‘ynaydi. Agar mazkur vitaminlardan birortasi yetishmasa, inson organizmida turli xastaliklarning kelib chiqishiga sharoit tug‘iladi.
Vitaminlar haqidagi ta’limot – vitaminologiya hozirgi vaqtda mustaqil fan tarmog’idir. Vaholanki, bundan 100 yil oldin organizmning normal hayot kechirishi uchun oqsil, uglevod va yog’lar, mineral moddalar va suvning qabul qilinishini yetarli deb hisoblaganlar.. Lekin amaliyot va tajribalarning ko’rsatishicha, organizmning normal rivojlanishi va o’sishi uchun bu moddalarning o’zi yetarli emas ekan. Ovqat tarkibida qandaydir moddalarning yetishmasligi bilan sodir bo’ladigan kasalliklar epidemik xarakterga ega bo’lgan. XIX asrda singa kasalligidan letal holatlar 70-80% ga yetgan. Ayni shu vaqtda “beri-beri” kasalligi Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaponiya davlatlarida keng tarqaldi. Yaponiyaning 30% ga yaqin aholisi shu kasallikka chalingan.
Yapon shifokori K.Takaki go’sh, sut va yangi sabzavotlarda “beri-beri” kasalligini oldini oladigan modda bor, degan xulosaga kelgan. Keyinchalik golland shifokori K.Eykman Yava orolida ishlab, u yerning aholisi asosan tozalangan guruch bilan ovqatlangani, tovuqlarga ham tozalangan guruch berilganda odamlardagi kabi “beri-beri” kasaliga o’xshagan turining rivojlanishini ko’rsatib bergan.
K.Eykman tovuqlarni tozalanmagan guruch bilan boqishganda, ularning sog’ayishini kuzatgan. Bu ma’lumotlar asosida guruch po’stlog’ida davolash xususiyatiga ega bo’lgan noma’lum modda bor degan xulosaga kelgan. Haqiqatan ham, guruch po’stlog’ida odan organizmidagi normal hayotni ta’minlaydigan moddalar borligini isbotlab berdi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|