Kirish Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar. Yalpi taklif tushunchasi. Yalpi taklif tarkibi va unga ta’sir qiluvchi omillar. Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va uning o’zgarishi


darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rеal hajmi orqali



Yüklə 96,76 Kb.
səhifə20/22
tarix24.12.2023
ölçüsü96,76 Kb.
#160702
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Mavzu Yalpi talab yalpi taklif va ularning hajmiga tasir etuvch-fayllar.org

darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rеal hajmi orqali 

erishiladi. Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat
qiladi va ma’lum darajada bu tеnglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi 
taklifga ta’sir etuvchi omillarning o’zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va
iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi.
Yalpi talab va yalpi taklif muvozanati yalpi taklif egri chizig’ining qaysi kеsmasida
ro’y bеrishiga qarab o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Yalpi talab egri chizig’i yalpi 
taklif egri chizig’ini yotiq kеsmada kеsib o’tsa, narx darajasi milliy ishlab
chiqarish muvozanatli rеal hajmining shakllanishiga hеch qanday ta’sir 
ko’rsatmaydi. Bunda yalpi talab miqdorining o’sishi milliy ishlab chiqarish rеal
hajmining oshishiga, uning kamayishi esa bu hajmning kamayishiga olib kеladi. 
Biroq, bu o’zgarishlar iqtisodiyotdagi umumiy narx darajasining o’zgarishisiz ro’y
bеradi.
Narxlarning
muvozanatli 
darajasi
deganda

shunday
narx

darajasi
tushuniladiki, unda yalpi talab va taklif hajmi bir-biriga mos kelishi yoki teng 
bo’lishi kerak. Avvalo yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizigining
oraliq kesmada mos kelishini ko’rib chiqamiz. Narxlarning muvozanatli darajasi va 
milliy ishlab chiqarish hajmining muvozanatli darajalari mos ravishda Re va Ye lar
bilan belgilangan. Nima uchun Re narxlarning muvozanatli darajasi va Ye milliy 
P
e

e

P


1

AD


Y

1
Y

e
Y

2
Y




32
ishlab chiqarishning muvozanatli darajasini bildirishini ko’rsatishimiz uchun 


narxlarning muvozanatli darajasi Re emas, balki R1 deb hisoblaymiz. Narxlar


darajasi R1 bo’lgan vaziyatda korxonalar milliy ishlab chiqarish hajmini Y1 
miqdoridan oshirmaydi.
Iste’molchilar narxlar darajasi R1 bo’lganda mahsulotlarni Y2 darajada sotib 
olishga tayyor turadi. AD>AS bo’lganligi tufayli iste’molchilar o’rtasidagi raqobat
narxlar darajasini Re gacha suradi. Narxlar darajasining R1 dan Re gacha 
ko’tarilishi ishlab chiqarish hajmini Y1 dan Ye gacha oshirishga va
iste’molchilarning talabini Y2 dan Ye gacha kamaytirishga olib kelali. Va bu AD, 
AS to’g’ri chiziqlari e nuqtada kesishadi. Demak, aynan Re narx narxlarning
muvozanatli darajasi va e muvozanat nuqtasidir.
R AS chizma. Yalpi taklif egri chizig’ining oraliq kesmadagi muvozanat 
chizmada yalpi talab egri chizig’i yalpi taklif egri chizig’ini Keyns kesmasida 
kesib o’tadi. Bunday vaziyatda narxlar darajasi hech qanday ahamiyatga ega emas.
Buni tushunish uchun avvalo milliy ishlab chiqarishning muvozanatli hajmini Ye 
va muvozanatli narxlar darajasini Re bilan belgilaymiz.
Muvozanatli ishlab chiqarish hajmi aynan Ye ekanligini isbotlash uchun bu 
hajmni Y
1
deb hisoblaymiz. U xolda AD

va xizmatlar hajmining ortishi ishlab chiqarishni Ye darajaga pasaytirilishiga olib


keladi. Muvozanatli ishlab chiqarish hajmini Y
2
deb hisoblacak, aksincha, AS

oqibatda korxonalarda tovar zaxiralari kamayib ularni ishlab chiqarishni Ye


darajaga oshirishga undaydi. Shunday qilib aynan jami taklif va jami talabning 
kesishish nuqtasigina AD-AS modelda muvozanat nuqtasi va shu nuqtaga mos
keluvchi ishlab chiqarish hajmi esa milliy ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi 
deyiladi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, yalpi taklif egri chizig’ining keyns 
kesmasida yalpi talabning o’zgarishi ishlab chiqarish hajmining oshishi yoki
kamayishiga olib keladi, narxlar darajasi esa o’zgarmaydi.

33
Yalpi talab egri chizig’ini AS egri chizig’ining vertikal kesmasida o’zgarsa bu 


ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko’rsatmaydi va faqat narxlar darajasi o’zgaradi,


xolos. Ya’ni, bu kesmada talabning oshishi talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. 
Yalpi taklifning bu kesmasida talabning har qanday o’zgarishi faqat narxlar
darajasi o’zgarishga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmi esa to’liq bandlik sharoitida 
o’zgarmay qoladi.
Oraliq va vertikal kesmalarda narxlar o’sib borishi bilan kuzatilgan yalpi 
talabning ko’payishi talab inflyatsiyasi mavjudligini ko’rsatadi.
Yalpi taklifning o’zgarishi muvozanat narxlar darajasiga va milliy ishlab 
chiqarish xajmining muvozanat darajasiga qanday ta’sir ko’rsatishini ko’rib
chiqamiz.

0 Y1 Ye Y2


Y


Yüklə 96,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə