Kokanduni uz Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb et



Yüklə 209,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix19.12.2023
ölçüsü209,71 Kb.
#153125
1   2   3   4
844-846

www.
kokanduni.uz 

O‘zbekistonning bu faoliyatga davlat, ja
moatchilik tashkilotlari, ota-onalarni keng jalb 
qilishga qaratilgan ta’lim siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishning davlat
-jamoatchilik 
mexanizmlarini rivojlantirish; 

mintaqalarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, integratsiyalashgan (inklyuziv) ta
’lim 
holati va rivojlanish tendensiyalarini monitoring qilish tizimini yaratish; 

integratsiyalashgan (inklyuziv) ta’lim sohasida o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota
-onalar, 
jamoa tashkilotlari xodimlari uchun o‘quv metodik majmualar va ommabop adabiyotlarni 
yaratish; 
Imkoniyatlari cheklangan bolalarning, hoh u maxsus maktab, maktabgacha muassasalar 
bo‘lsin, hoh umumta’lim muassasalari qoshidagi sinf yoki guruhlar bo‘lsin, hoh uyda ta’lim 
olish bo‘lsin –
o‘qitishning barcha shakllari–ta’lim sohasiga jalb qilinishi ma’lum jihatdan 
integratsiya jar
ayoni hisoblanadi, chunki o‘qish davrida va undan keyin ham bu bolalar 
boshqa bolalar, shu jumladan umumta’lim muassasalarda ta’li
m olayotgan bolalar bilan 
o‘zaro muloqotda bo‘ladilar, ularning ijtimoiy moslashuvi va jamiyatga uyg‘unlashuvi 
ta’minlanadi. Biroq, ta’lim olish uchun mos shart
-sharoitlarni tanlash har bir bolaning va ota-
onasinig huquqi hisoblanadi. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya mutaxassislari 
zimmasiga bolaning ruhiy-
jismoniy holatini o‘rganish va 
tashxis qilish vazifasi yuklangan 
bo‘lib, bolani har tomonlama tekshirish natijasida bolalarni o‘qitish va ularga mos keladigan 
ta’lim sharoitini aniqlashga doir tavsiyalar beriladi. Shunday qilib, o‘ziga xos ehtiyojlari 
bo‘lgan bolaning umumta’lim sohasig
a samarali jalb qilinishi uchun quyidagilar zarur: 

bolaning rivojlanishida ijobiy natijalarga erishishga imkon beradigan korreksion 
tadbirlarni erta yoshdan boshlash 

umumiy ta’limga jalb qilingan har bir bola uchun tibbiy
-psixologik-pedagogik 
kuzatuvni, ya
’ni mutaxassislarning doimiy yordami
ni tashkil etish; 

ruhiy-
jismoniy rivojlanishi va ta’lim ehtiyojlaridan kelib chiqib, imkoniyatlari 
cheklangan har bir bolanin
g sog‘lom bolalar bilan birgalikda tarbiya va ta’lim olishining zarur 
shakllarini tanlashni ta
’minlash[1];
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizku, bolaning ta’lim tizimiga jalb qilinishining biror 
ko‘rinishi u uchun oddiy va foydali bo‘lishi darkor, ayni paytda bu inklyuziv ta’lim maromida 
rivojlanayotgan tengdoshlarining sifatli ta’lim olishiga ha
laqit bermasligi lozim. 

Yüklə 209,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə