Kolloid eritmalarning olinish usullari va tozalanishi



Yüklə 34,78 Kb.
səhifə2/4
tarix27.12.2023
ölçüsü34,78 Kb.
#162870
1   2   3   4
ERITMALARNING KOLLEGATIV XUSUSIYATLARI

MEXANIK USULLAR.
Bu usul, asosan, ma‘lum kuch ta‘sirida moddalarni maydalashga asoslangan. Shuning uchun maxsus sharli yoki kolloid tegirmonlardan foydalaniladi. Sharli tegirmon zich yopiladigan tsilindr idish bo’lib, uning ichiga har xil o’lchamli po’lat yoki chinni sharchalar solingan b­ladi. Zarrachalar o’lchami 50-60 mk atrofida bo’ladi. Ichiga modda solinib tez aylantirilganda, modda sharchalar zarbidan maydalanadi. Ammo moddalarning maydayaanish darajasi katta bo’lmaydi.
Bunday tegirmonlarda turli buyoqlar, farmatsevtika preparatlari, oltingugurt va grafitning kolloid eritmalari tayyorlanadi. Oltingugurtning kolloid eritmalari qishlok, xo’jaligida o’simliklarning zarar kunandalariga qarshi ishlatiladi.
3. KOLLOID ERITMA OLISHNING ULTRATOVUSH VA PEPTIZATSIYA USULLARI
ULTRATOVUSH USULI
Ultratovush usuli sanoatda keyingi yillarda keng qo’llanilmokda. Bu usulda, tovush to’lqinlarining kuchli tebranishi natijasida muallaq zarrachalar maydalanib, tekis tarqaladi.
Ultratovush usulida oltingugurt, buyoq, simob, qo’rg’oshin, ruh, kauchuk, kraxmal va boshqa moddalarni disperslash mumkin.
PEPTIZATSIYA USULI
Bu usul moddalarni disperslovchi-peptizatorlar yordamida gel hola-tidan zol holatiga o’tishiga aytiladi. Peptizatorlar eritmadagi zarra-chalarning yiriklashishiga sabab bo’ladigan koagullovchi ionlarni neytrallaydi. Masalan, Fe (OH)3 zolini olishda oz miqdrrdagi Fe Cl3 peptizator vazifasini bajaradi. Bu holda temir ionlari kolloid zarrachalar sirtiga yutilib, ularga musbat zaryad beradi. Natijada bir xil zaryadli musbat ionlar bir-biridan itarilib tezda gidrozolga aylanadi, ya‘yai cho’kma eritma holiga o’tadi.


4. KOLLOID ERITMA OLISHNING KONDYeNSATsION USULLARI
Bu usullar tabiatda keng tarqalgan bo’lib, asosan ikkiga bo’linadi: fizikaviy va kimyoviy kondensatsion usullar.


FIZIKAVIY KONDENSATSION USULLAR
Kondensatsiyalash jarayoni sistemada erkin energiya bilan solishtirma sathning kamayishi tufayli sodir bo’ladi. Masalan, tashqaridagi namlikning sovishi natijasida suv zarrachalari kondensatsiyalanib, kollo­id sistema tumanini hosil qiladi.
Rossiya olimlaridan S.Z.Roginskiy va A.I.SHalnikovlar suyuq dispers muhit va qattiq moddalarni bug’latib, sovuq sirtda kondensatlash yqli bilan kolloid eritmalar hosil qilish asbobini yaratdilar.
Fizikaviy usullardan yana biri, bu sistemada zrituvchini uzgartirish yo’li bilan olishdir. Masalan, oltingugurt va kanifol suvda erimaydi, ammo ztil spirtda chin eritma hosil qiladi. Shu chin eritma ustiga oz miqdorda suv qo’shilsa oltingugurt molekulalari kondensa­tsiyalanib, kolloid eritma hosil qiladi.
Elektr yordamida moddalarni maydalab, kolloid eritmalar olish keng ho’jalik ahamiyatiga ega bo’ladi. Bu usul bilan oltin, kumush, platina va boshqa qimmatbaho metallarning o’zidan elektrod tayoqchasi tayyorlab, elektr manbaiga ulangandan so’ng elektrodlar dispers muhit H2O ga tushirilib, elektrodlar uchi bir-biriga tegishidan elektr yoyi hosil bo’ladi



Yüklə 34,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə