Ko’makchi


Chog’ishtiruvchi bog’lovchilari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə4/5
tarix25.12.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#97892
1   2   3   4   5
Yordamchi so\'z turkumlari slayd taqdimot

Chog’ishtiruvchi bog’lovchilari

  • Bular go’yo,go’yoki kabilardir.
  • Bu bog’lovchilar voqea- hodisa va narsalarni o’zaro o’xshatish,chog’ishtirish yo’li bilan turli grammatik aloqalarni bildiradi.
  • Chirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to’ldirgan,go’yoki kechaning o’zi kuylaydi.

Maqsad bog’lovchisi

  • Bu toki bog’lovchisi bo’lib, maqsad ergash gapni bosh gapga bog’laydi.Qo’shiqni bahuzur aytib ishlay ber,toki hamma bahramand bo’lsin.

Shart va to’siqsizlik bog’lovchilari

  • Bular agar,agarda,modomiki,mabodo,basharti,garchi,agarchi,garchand kabilardir. Bu bog’lovchilar shart va to’siqsiz ergash gaplarni bosh gapga bog’laydi.Masalan:Agar kishining hayoti biror maqsad,biror g’oya uchun kurash bilan o’tsa,bunday hayotga hech afsus qilmaslik kerak.

Yuklama

  • Ayrim so’z yoki gapda qo’shimcha ma’no berish uchun xizmat qiladigan yordamchi so’zlar yuklamalar deyiladi. Yuklamalar tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi:
  • 1) Affiks yuklama(affiks holiga kelib qolgan yuklamalar);
  • 2)So’z yuklama (so’z holidagi yuklamalar).
  • Hozirgi o’zbek tilida gapga yoki ayrim so’zlarga beradigan qo’shimcha ma’nolariga ko’ra yuklamalarni quyidagi guruhlarga bo’lamiz:
  • 1) So’roq va taajjub yuklamalari;
  • 2) Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari;
  • 3) Ayiruv va chegaralov yuklamalari;
  • 4) Aniqlov yuklamasi;
  • 5) Gumon yuklamasi;
  • 6) Inkor yuklamasi;

So’roq va taajjub yuklamalari

  • (-mi,-chi,-a,-ya,) so’zlarga yoki gaplarga qo’shilib kelib asosan gapni so’roq gapga aylantiradi va emotsional ma’no qo’shadi: bugun uchrashuv bo’ladimi? Bugun uchrashuvga chiqmaysizmi?

Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari

  • (nahotki,nihoyat,-ku,ham,-u(yu),-da,-oq,-yoq,-kim,-ki).
  • So’z ma’nosini kuchaytirish va ta’kidlash uchun xizmat qiladi:Baxt so’zi shunchalik azizki,unga mehnat ahli inqilob tufayli erishdi.(G’.G’ulom)

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə