Komplementar irsiylanish



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə3/5
tarix13.12.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#149314
1   2   3   4   5
Allel va allel bo‘lmagan genlarning o‘zaro ta’sirini tahlil qilish

Epistaz. Allel bo‘lmagan genlarning o‘zaro ta’sirini epistatik xilida ham belgini rivojlantirishda ikkita gen qatnashadi. Mendel qonunlariga ko‘ra dominant allelning retsessiv allel ustidan dominant bo‘lishi kuzatildi. Bu hodisani gen allellaridagi domi nantlik deb nomlanadi. Epistazda esa bir allel A, allel bo‘lmagan B ustidan dominantlik qiladi. Dominantlik qiluvc hi gen ingibitor I deb ataladi. U dominant (I) va retsessiv (i) holatda bo‘ladi. Retsessiv ingibitor faqat gomozigota holatda dominant gen ta’sirini bo‘g‘ishi mumkin. Dominant ingibitor esa ham gomozigota, ham geterozigota holatda belgiga ta’sir etuvchi allel bo‘lmagan gen faoliyatini bo‘g‘adi. Natijada belgi F1 fenotipida namoyon bo‘lmaydi. Epistazga misol qilib genot ipi har xil, lekin fenotipi o‘xshash bo‘lgan oq piyozboshlarni chatishtirishda olingan natijalarni keltiramiz.
P fen oq piyozbosh oq piyozbosh fen IIAA x iiaa
Gam IA ia
F1 fen oq piyozbosh oq piyozbosh gen IiAa IiAa

Pennet kataklaridagi natijalarni ko‘rsatishicha, o‘simlik genotipida dominant ingibitor bo‘lsa, uning belgiga ta’sir etuv- chi dominant gen ustidan dominantlik qilish oqibatida rang hosil qiluvchi gen faoliyat ko‘rsata olmaganligi sababli piyozboshlar oq rangda bo‘ldi. Agar genotipda retsessiv ingibitor gomozigota holatda bo‘lsa, A geni faoliyat ko‘rsatib piyozbosh rangli bo‘lishini ta’minlaydi (jadvalga qarang).
Agar tajriba uchun olingan organizmlar ham fenotip ham genotip jihatdan farqlansa, masalan oq rangli va jigarrang yungli itlar chatishtirils a, u holda duragaylarning ikkinchi avlodida uch xil fenotipik sinf hosil bo‘ladi: 12/16 itlarning yungi oq, 3/16 qora, 1/16 jigarrang ekanligi kuzatiladi.
Shunday qilib agar komplementar irsiylanishda ota-onaga o‘xshamagan organizmlarni rivojlanishi birinchi, ikkinchi avlodda kuzatilsa, epistazda esa faqat ikkinchi avlod duragaylarda qayd etiladi (11-rasm).

11-rasm. Itlarda yung rangining irsiylanishi (epistaz). A – qora, a – jigarrang, I – rang hosil qiluvchi gen to‘xtatuvchi, i – rang hosil qiluvc hi gen faoliyatini to‘xtatmaydigan gen.

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə