Asosiy azotli, fosforli, kaliyli o’g’itlar va ularning tarkibi



Yüklə 41 Kb.
səhifə1/5
tarix11.03.2023
ölçüsü41 Kb.
#102296
  1   2   3   4   5
O’g’itlashning fiziologik asoslari


Mavzu:O’g’itlashning fiziologik asoslari

Reja:




  1. Asosiy azotli, fosforli, kaliyli o’g’itlar va ularning tarkibi.

  2. Mikroo’g’itlar, bakterial o’g’itlar, maxalliy o’g’itlar, ko’kat o’g’itlar va ulardan foydalanish.

  3. O’g’itlash usullari va muddatlari.



Tayanch so’zlar:
Nitratlar, ammofos, ammoniylar, superfosfatlar, kaliyli o’g’itlar, mikroo’g’itlar, tuzlar, usullari, fosfobakterin, azotogen, nitrogen, go’ng, mineral tarkibi, ko’katlar, normalar, usullar, muddatlar, o’simlik turlari.

O’simliklarning oziq moddalar bilan ta’minlanish vositasi bo’lgan o’g’itlar ekinlar hosildorligini oshirishning eng muhim omillaridan biridir. Hozirgi vaqtda qishloq xo’jalik ekinlarida o’g’itlarni qo’llash hisobiga hosildorlikni bir necha baravar oshirish mumkinligi tajribadan ma’lum. Chunki ekinlar har yili o’zining hosili hisobiga tuproqdan ancha eng zarur mineral elementlarni olib ketadi. Shu sababdan ayrim oziqa elementlarining miqdori kamaya boradi. Tuproqdan har yili olib chiqilgan moddalarning miqdori o’simlik turlariga, hosilning miqdoriga, tabiiy iqlim sharoitlariga bog’liq bo’ladi. Sabzavotlar kartoshka, ko’p yillik o’tchil o’simliklar oziqa elementlarini g’allalarga nisbatan ko’proq olib chiqadi. Masalan, bir tonna hosil bilan g’allalar – 10 kg, kartoshka va lavlagi 30-40 kg va qaram – 60 kg, kalsiyni tuproqdan olib chiqadi. Bu jarayon yildan-yilga takrorlanaversa tuproq unumdorligi keskin kamayadi. Uni yuqori darajada saqlash va ekinlardan mumkin kadar ko’p hosil olish uchun tuproqqa o’g’it solish tavsiya etiladi. Unumdorlikni pasaytirmasdan doimiy yuqori hosil olish uchun qishloq xo’jaligini yalpi kimyolashtirish tavsiya etiladi. Buning uchun o’g’itlash tizimini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega. O’g’itlash tizimi–bu almashlab ekishni tuproq unumdorligini, iqlimni, o’simliklarning biologik xususiyatlarini, navlarini, o’g’itlarning tarkibini va xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan o’g’itlash dasturidir.


Yerni ekish oldidan to’la o’g’itlash unchalik maqsadga muvofiq emas, chunki o’g’itdan foydalanish koeffisiyenti juda past bo’ladi. O’simlik yerga solingan o’g’itning 1/3 yoki 1/2 qismini o’zlashtiradi xalos, qolgan qismi tuproqda qolib, suvda erimaydigan minerallarga aylanadi yoki yuvilib ketadi. Ayniqsa tez eriydigan azot o’g’itlari. Shuning uchun ham o’g’itlarni ekish oldidan va o’simlikning vegetasiya davomida ularning talabiga muvofiq tuproqqa solib hosildorlikni planli ravishda oshirish mumkin.
Barcha o’g’itlar mineral va organik turlarga bo’linadi. Mineral o’g’itlarga: azotli, fosforli, kaliyli va mikroo’g’itlar, organik o’g’itlarga: go’nglar, hayvon qoldiqlari, torf va boshqalar kiradi. O’g’itlar oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. Tarkibida o’simliklarning oziqlanishi uchun zarur bitta element bo’lgan o’g’it oddiy o’g’it deyiladi. Masalan, azotli, fosforli, kaliyli va boshqa o’g’itlar. Tarkibida ikkita va undan ko’p oziqa elementi bo’lgan o’g’itlar murakkab yoki kompleks o’g’itlar deyiladi. Masalan kaliy nitrat tuzi – KNO3, ammofos NN4H2PO4 va boshqalar.
O’g’it sifatida ishlatiladigan tuzlar tuproq eritmasidagi reaksiya xususiyatlari asosida uch guruhga bo’linadi: 1) fiziologik nordon 2) fiziologik ishqoriy, 3) fiziologik neytral.
Har xil tuzlar, ularning anion va kationlari o’simliklarga bir xil tezlikda surilmaydi. Ayrim tuzlarning kationlari, boshqa tuzlarning esa anionlari tez surilishi natijasida, qolgan ion eritmada to’planadi va ma’lum reaksiyani hosil qilishga sababchi bo’ladi. Masalan, ammoni sulfat – (NH4)2SO4 tuzining kationi (NH4+) tez o’zlashtiriladi, anioniy esa (SO4-) tuproqda to’planib, eritma reaksiyasini kislotalik tomonga o’zgartiradi. Shuning uchun ham bunday tuzlar fiziologik nordon tuzlar deyiladi. Natriy NaNO3 tuzining anioni (NO3-) tez o’zlashtiriladi, kationi (Na+) esa tuproqda to’planib, eritmaning reaksiyasini ishqoriy tomonga o’zgartiradi. Shuning uchun ham bunday tuzlarga fiziologik ishqoriy tuzlar deyiladi. Ammoniy –NH4NO3 tuzining kation (NH4+) va anioni NO3- deyarli bir xil o’zlashtiriladi. Bunday tuzlarga – fiziologik neytral tuzlar deyiladi.
O’g’itlarning samaradorligini oshirish maqsadida tuzlarning reaksiyalarini va tuproqning rH darajasini ekinlarning rH darajasiga munosabatlarini hisobga olish katta ahamiyatga ega bo’ladi.

Yüklə 41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə