Asosiy azotli, fosforli, kaliyli o’g’itlar va ularning tarkibi



Yüklə 41 Kb.
səhifə2/5
tarix11.03.2023
ölçüsü41 Kb.
#102296
1   2   3   4   5
O’g’itlashning fiziologik asoslari

Azotli o’g’itlar. Barcha azotli o’g’itlar to’rtta guruhga bo’linadi:
1) nitratli 2) ammoniyli, 3) ammoniyli-nitratli, 4) mochevina.
Nitratli o’g’itlar tarkibida azot nitrat anioni (NO3-) Shaklida bo’ladi. Eng muhim tuzlar – NaNO3, Ca(NO3)2 fiziologik ishqoriy reaksiyada nordon tuproqlarda yuqori samaradorlikka ega. Nitrat shaklidagi azotli o’g’itlar tuproq qatlami boylab tez tarqaladi. Shuning uchun ham ko’p ishlatiladigan selitra-ammoniy nitrat o’g’itini kuzgi shudgor qilishda tuproqqa solish tavsiya qilinadi. Chunki tez yuvilib ketadi. Kuzgi shudgorlashda solish uchun azotli suvda sekin eriydigan kalsiy sianamid kabi shakllaridan foydalanish mumkin. Azot o’g’itlaridan foydalanishda, ularning isrof bo’lishini ham hisobga olish ayniqsa muhimdir. Azotning tez eriydigan nitrat tuzlarining samaradorligi ekinlarning vegetasiya davrida ishlatilganda yuqori darajaga ega bo’ladi.
Ammoniyli-nitratli o’g’itlar tarkibidan o’simliklar kationini va anionini ham o’zlashtirishi mumkin. Buning asosiy vakili ammiakli selitra - NH4NO3 bo’lib, tarkibida 34 % azot bo’ladi. Bu o’g’it neytral yoki kam ishqoriy reaksiyaga ega tuproqlarda yaxshi natija beradi. O’zbekiston sharoitida azotli o’g’itlardan eng ko’p ishlatiladigani ammoniy selitradir (NH4NO3). Lekin bu o’g’itlarni ham shudgorlashdan oldin solish tavsiya etilmaydi. Chunki juda tez eriydi.
Fosforli o’g’itlar. Fosforli o’g’itlar uch guruhga bo’linadi: 1) eriydigan, 2) suvda erimaydigan, kuchsiz kislotalarda eriydigan, 3) suvda erimaydigan va kuchsiz kislotalarda ham yomon eriydigan.
Fosforli o’g’itlarning eng ko’p ishlatiladigan gruppasi eriydigan oddiy Ca(H2PO4)2 va qo’sh Ca2(H2PO4)2·H2O superfosfatlar bo’lib hisoblanadi. Superfosfat tarkibidagi fosforning harakatchanligi kam, tuproqlarda to’planadi. Shuning uchun ham ularning ta’sir kuchi 2-3 yilgacha davom etishi mumkin. Oddiy superfosfatning tarkibida o’zlashtiriladigan fosfor kam bo’lib, odatda 14 % dan oshmaydi. Apatitlardan olinadigan superfosfat tarkibida o’simlik o’zlashtira oladigan fosfor 18-20 % bo’ladi. Qo’sh superfosfatlarning tarkibida 30 % dan ko’proq sof fosfor bo’ladi. Hozirgi vaqtda, qo’sh superfosfatning xususiyatlarini yaxshilash maqsadida donador yoki ammiaklashtirilgan qilib tayyorlanadi. Chunki superfosfatning bu shakli yuqori samaradorlikka ega. Fosfor bilan ammiak qo’shilib ammofos hosil qiladi. Ammofos murakkab o’g’it hisoblanadi. Chunki uning tarkibida fosfor (48-60 %) azot (11%) bo’ladi.

Yüklə 41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə