Asosiy azotli, fosforli, kaliyli o’g’itlar va ularning tarkibi



Yüklə 41 Kb.
səhifə3/5
tarix11.03.2023
ölçüsü41 Kb.
#102296
1   2   3   4   5
O’g’itlashning fiziologik asoslari

Kaliyli o’g’itlar. O’simliklar tuproq tarkibidagi kaliyni boshqa ko’p elementlarga nisbatan ancha yaxshiroq o’zlashtiradi. Shuning uchun ham kaliyli o’g’itlarning ahamiyati katta. Kaliy o’g’iti sifatida asosan kaliy (KC1) qo’llaniladi. Uning tarkibida 52% sof kaliy bo’lib, suvda yaxshi eriydi. Bu tuz hamma tuproqlarda va barcha o’simlik turlari uchun ishlatilishi mumkin. Kaliy o’g’iti sifatida foydalaniladigan tuzlardan – kaliy sulfat (K2SO4) tarkibida 48-52 % sof modda K2O bo’lib suvda yaxshi eriydi. Kaliy nitrat (KNO3) tarkibida sof modda (K2O)- 45-46 % va 13% azot bo’ladi. Suvda yaxshi eriydi.
Mikroo’g’itlar. O’simliklarga o’sish va rivojlanish uchun o’zlashtiriladigan asosiy elementlardan (NPK) tashqari juda oz talab qilinadigan mikroo’g’itlar ham kerak. Hozirgi vaqtda o’simliklarning bor, marganes, mis, rux va molibden kabi elementlariga talabi ancha yaxshi o’rganilgan. o’simliklar tarkibida bu elementlar yetarli bo’lganda o’sish va rivojlanish faollashadi, kasalliklarga va tashqi sharoitning noqulay omillari ta’siriga chidamliligi ortadi. Shuning uchun ham tuproqda bu elementlar yetarli bo’lganda, o’g’itlaridan foydalanishning umumiy samaradorligi oshadi. O’g’it sifatida bu elementlarning suvda yaxshi eriydigan tuzlaridan yoki tarkibida o’zlashtiriladigan mikroelement bo’lgan chiqindilardan foydalanish mumkin. Ko’p mamlakatlarda bu elementlar asosiy o’g’itlarga qo’shib ishlatiladi.
Mikroo’g’itlardan foydalanishning asosan uchta usuli keng qo’llaniladi: 1) tuproqqa solish, 2) suyultirilgan eritmasini o’simliklarga purkash, 3) urug’larni ekishdan oldin mikroo’g’it bilan ta’minlash.
Birinchisi asosiy yo’l bo’lib, bu ayrim elementlar tuproq tarkibida kam bo’lganda keng qo’llaniladi. Solinadigan o’g’itning miqdori mikroelement turiga, tuproqdagi miqdoriga, o’simlik turiga va boshqalarga bog’liq. Masalan, bor o’g’iti sifatida H3BO3 kislotadan 0,5-2 kg/ga, marganes o’g’iti sifati MnSO4 tuzidan 10-18 kg/ga, rux o’g’iti sifatida ZnSO4 tuzidan 5-10 kg/ga tuproqqa solinganda hosildorlik sezilarli darajada oshganligi aniqlangan.

Yüklə 41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə