O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKIENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG'ONA FILIALI
KOMPYUTER INJINERINGI FAKULTETI
AMALIY DASTURIY PAKETLAR FANIDAN
Mustaqil ish
711-19 guruh talabasi Dadajonov Ilxomjon
Adobe Photoshop dasturida
tasvirlar hosil qilish va tahrirlash
Ish rejasi:
1. Dastur oyna elementlari bilan tanishib, qisqacha malumot berish.
2. Tasvir yaratishga qanday voqealar kiradi?
3. Tasvirlarni qayta ishlash uchun qanday vositalar ishlatiladi?
4. Adobe Photoshop grafik redaktori va uning qulayliklari.
5. Photoshop dasturini ishga tushirish, tugatish va dastur oynasi.
6. Photoshopda tasvirlar bilan ishlashda asosiy texnik amallar.
7. Photoshopda fayllar yaratish.
8. Bir tasvirdan ikkinchi tasvirga otish yollari.
9. Ikki tasvirdan bir tasvir yaratish usullari.
10. Jihozlar paneli nimalardan iborat?
11. Har bir jihoz panelini vazifasini yoritib bering.
Adobe Photoshop Windows muhitida ishlovchi Macintosh va IBM PC kompyuterlari uchun moljallangan elektron korinishidagi fototasvirlarni tharir qiluvchi dasturdir. Adobe Photoshop dasturi Adobe System, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bolib, ishlatishdagi alohida qulayliklari bilan mashhur.
Adobe Photoshop tasvir tahrir qiluvchisi yordamida fotosuratlarga qoshimchalar kiritish, fotosuratdagi doglarni ochirish va eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qoshimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni ikkinchi fotosuratga olib otish, suratdagi ranglarni ozgartirish, almashtirish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bolib, u gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta qulayliklar yaratadi.
Adobe Photoshop ayniqsa jurnalistlarning, rassomlarning ijodiy imkoniyatlarini tola amalga oshirishlarida yordam beradi. Jurnalistika va bevosita matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bolgan shaxslarning mazkur dastur bilan ishlashni bilishi ular uchun qoshimcha imkoniyatlarni yaratib beradi.
Adobe Photoshop juda murakkab dasturdir. Foydalanuvchilar uning asosiy imkoniyatlaridangina foydalanadilar, xolos.
Adobe Photoshop dasturi quyidagicha ishga tushiriladi:
1. Пуск menyusi Программы bandining Photoshop belgisida “sichqoncha” ning chap tugmasi ikki marta bosiladi.
2. Ekrandagi mavjud Adobe Photoshop uchun maxsus belgida “sichqoncha” ning chap tugmasi ikki marta bosiladi.
Adobe Photoshop dasturidan chiqish uchun quyidagi usullarning biridan foydalanish mumkin:
Alt+F4 tugmalarini bosish.
Файл menyusining Выход buyrug‘ini tanlash.
Ekranning yuqori qismi o‘ng burchagida joylashgan x belgisini bosish yoki Закрыть buyrug‘ini bajarish.
Savollarga quyidagicha javob berishingiz zarur:
Да – so‘nggi kiritilgan o‘zgartirishlarni saqlash va Adobe Photoshop dasturidan chiqish uchun.
Нет – kiritilgan o‘zgartirishlar saqlanmagan holda Adobe Photoshop dasturidan chiqish uchun.
Отмена - Adobe Photoshop dasturidan ishlashni davom ettirish uchun.
Adobe Photoshop dasturi ishga tushirilgandan song ekranda Adobe Photoshop tasvir tahrir qiluvchi oynasi hosil boladi.
Adobe Photoshop oynasining yuqori qismida sarlavha satri va Windowsga xos elementlar joylashadi. Sarlavha satridan song menyu satri joylashadi. Menyudagi kerakli buyruqlarni tanlashingiz mumkin.
Adobe Photoshop dasturi menyusi 9 banddan iborat. Har bir menyu tarkibida ochiladigan menyu bandlari mavjud. Ularni korish kursor yordamida amalgam oshiriladi. Quyida asosiy menyu va eng ko‘p qo‘llaniladigan buyruqlarning qisqacha tavsifi keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |