Kompyuter tizimlari va


 Lokal tarmoklarning asosiy turlari



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/28
tarix11.12.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#143636
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
Kompyuter tizimlari va tarmoqlari китоб

 5. Lokal tarmoklarning asosiy turlari. 
Yuqorida aytilganidek, kompyuterlar tarmoq texnologiyasi rivojlanish davri 
1969 yilning 2 sentyabridan boshlangan. Ya’ni AQShning Massachust 
universitetida professor Len Kleynrok 2 ta talaba bilan oldin ikki, keyin 3 ta 
kompyuterni bir biri bilan bog‘laydi. Shu yilning noyabr oyida o‘ndan ortiq va 
1971 yilda esa shtatdagi bir necha universitetlar kompyuterlarini yagona tarmoqqa 
ulaydi. Dijital Ekyupment koorporeyshin (DE), Intel va Xegox kabi mashxur 
firmalar sayi xarakati bilan Ithernet deb nomlanuvchi juda qulay, ommaviy tarmoq 
texnologiyasi paydo bo‘ldi. 
U o‘zining arzonligi, qulayligi, ishonchliligi bilan ajralib turadi. Kamchiligi 
ham yo‘q emas. Masalan, stantsiyalar soni oshib ketgan yoki uzatiladigan axborot 
xajmi ortganda, tarmoqning ish tezligi sezilarli tushib ketadi. Binobarin, u bilan 
videokonferentsiyalar, multimedia vositalarini katta xajmlarda ishlatishning iloji 
yo‘q. 
Mazkur tarmoq quyidagicha ishlaydi. Hamma ishchi stantsiyalar uzluksiz 
ma’lumotlarni uzatish kanaliga quloq soladi, o‘ziga uzatilgan axborotlarni angladi 
deguncha, uni o‘qiydi. Agar stantsiya nimanidir uzatishni xoxlamasa, u xolda 
oldindan kanalga "quloq soladi". Agar kanal bo‘sh bo‘lsa, u xolda stantsiya 


ma’lumotlarni jo‘natishni boshlaydi, agar bunda qandaydir to‘siq bo‘lsa (masalan, 
ikki stantsiyaning bir vaqtda uzatishi), stantsiya ma’lumotlarni jo‘natishni 
to‘xtatadi va uni qandaydir oraliq vaqtda jo‘natishga xarakat qiladi. 
Mazkur tarmoqda "juftli o‘ram", koaksial yoki optik tola kabellaridan 
foydalanish mumkin. Ithernet umumiy shina va yulduzcha topologiyadan 
foydalanadi. Ulardagi uzatish tezligi 10 dan 100 Mb/s gacha. 
IBM firmasi Token Ring texnologiyali tarmoqlarni nisbatan kech yaratdi. Bu 
tarmoq xalqa topologiyasi asosida edi. Ular aytarli keng tarqalmadi, biroq yuksak 
darajada ishonchli va katta axborotlarni qayta ishlashga kafolat beradi. 
Ushbu tarmoqda xalqa bo‘ylab doimo marker (token) deb ataluvchi elektron "xabar 
beruvchi" faoliyat ko‘rsatadi. Xar qanday xabar uzatuvchi kompyuter ana shu 
"xabar beruvchi" ruxsat berishini kutib turadi, marker kelgach, unga xabarni 
uzatishga ruxsat beriladi. Xabar adresatga Etib borgandagina, marker ozod bo‘ladi. 
Bu xolda hamma bir tekis axborot uzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Bu tarmoqning eng katta kamchiligi - qurilmalarning nixoyatda 
qimmatbaxoligidir. Bu Erda ham "juftli o‘ram", koaksial, optik tola kabellardan 
foydalanish mumkin. Ma’lumotlarni uzatish tezligi 4 dan 16 Mb/s gacha bo‘lishi 
mumkin. 
Bundan tashqari, yana bir necha LKTlar mavjud. Ulardan eng ko‘p 
uchraydiganlari ARCNET va FDDI. 
ARCNET juda arzon, ishonchli va oddiy ishlaydigan tarmoq, biroq tezligi 
bor yo‘g‘i 2,5 Mb/s. Shuning uchun ham ushbu texnologiya mutaxassislar 
e’tiborini qozonmadi. ARSNETdan farqli ravishda FDDI (Fider Distributed Data 
Interfeys) tarmog‘i optik tola kabel bilan jixozlangan bo‘lib, 80-yillar o‘rtalarida 
yaratildi. 
Mazkur tarmoqda video va audio axborotlarni uzatish mumkin. Tezligi 100 
Mb/s. Dastlab FDDI aloxida tarmoqlarni ulash uchun magistral sifatida kashf 
qilindi. Biroq bu tarmoq ham katta xarakat talab qildi. Birgina kompyuterni 
tarmoqqa ulash 1000 $ dan 2000 $ gacha bo‘lishi tarmoqning keng tarqalib 
ketishiga to‘sqinlik qilmoqda. 



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə