Kompyuter tizimlari va



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/28
tarix11.12.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#143636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Kompyuter tizimlari va tarmoqlari китоб

 3. Tarmoq servisi. 
Tarmoqda bir necha hil serverlar bo‘lishi mumkin. Kompyuter tarmog‘i o‘z 
mijozlariga qanday xizmatlar turkumini taklif etishi, ularning servisi qanday 
bo‘lishi juda muximdir. Ular bilan tanishamiz: 
-fayl-server-mijozga axborot saqlash qurilmalarida saqlanuvchi fayllardan 
foydalanish imkonini beradi. Bunda server barcha ishchi stantsiyalaridan fayllarga 
kirish ruxsatini berishi zarur. Bunda bir vaqtning o‘zida turli stantsiyalardan bir hil 
so‘rov kelganda, axborotlarni himoya qila olish vazifasi ijobiy xal etiladi; 
-print-server umumiy xolda ko‘pgina mijozlarga bir nechta printer orqali xizmat 
ko‘rsatishni ta’minlaydi. Bunda server chop etiluvchi axborotlarni qabul qila olishi 
va ularni navbati bilan chop etishga chiqarishi kerak; 
-faks-server-mijozlarga faks-modem telefon tarmoq-lari bilan mujassam tarmoqli 
xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi.Bu go‘yo axborot chiqarishga o‘xshaydi (printer 
kabi). Faks-server olgan faksimil xabarlar aloxida tarmoqda qayta ishlanadi. 
Bundan tashqari, tarmoqda quyidagi xizmatlar bo‘lishi mumkin: 
-elektron pochta (E-mail)-mijozlar o‘rtasida, ular bir-birlaridan qancha uzoqlikda 
joylashganligidan qat'iy nazar, axborot almashishni ta’minlaydi. Bu Erda jarayon 
xuddi oddiy pochta kabi kechadi. Elektron xat o‘z adresiga ega. Uni jo‘natuvchi 


desak, qabul qiluvchi ham o‘z adresiga ega. "Xat" pochta qutisiga tashlanadi (ya’ni 
pochta serveri) va pochta serverlar sistemasi yordamida qabul qiluvchi pochta 
qutisiga etkaziladi, ya’ni bu Erda uzatuvchi va qabul qiluvchining maxsus 
kataloglari mijozga xizmat qiluvchi kompyuterda joylashtirilgan bo‘ladi. Shu 
tariqa xatlar fayllar sifatida uzatiladi. Oxang, tovush kartalari yoki ovozli 
modemlar xatto tovushlarni ham uzatish imkonini beradi; 
-bevosita muloqot (Chat), bunda aniq vaqtda maxsus dastur ta’minoti yordamida 
ikki yoki undan ortiq mijozlar o‘zaro axborot almashinishi tushuniladi, ya’ni bir 
kompyuter klaviaturasida terilgan axborotlar ayni vaqtning o‘zida boshqa 
kompyuter ekranida paydo bo‘laveradi. Raqamli videokameralar, tovushli kartalar, 
mikrofonlar, multimedia vositalarini qo‘llaganda, videokonferentsiyalar o‘tkazish 
imkoniyati tug‘iladi. Bunday xolatlarda kompyuterlar yuksak unumdor va 
tarmoqning o‘tkazish qobiliyati kuchli bo‘lishi lozim. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə