Vaqtinchalik omborlar xandak va uyumlar maydonini hisoblash



Yüklə 14,86 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü14,86 Kb.
#164006
  1   2   3
Vaqtinchalik omborlar xandak va uyumlar maydonini hisoblash-fayllar.org (1)


Vaqtinchalik omborlar xandak va uyumlar maydonini hisoblash

Vaqtinchalik omborlar xandak va uyumlar maydonini hisoblash
Reja:
  1. Barcha turdagi omborlarning maydoni unda saqlanuvchi materiallarning miqdoriga ko‘ra hisoblash


  2. Omborda saqlanishi lozim bo‘lgan material va konstruksiyalar miqdorini hisoblash


  3. Vaqtinchalik binolarni hisoblash jadvali




Qurilishda ombor xo‘jaligi
Qurilishda ombor xo‘jaligini to‘g‘ri tashkil qilish ishlab-chiqarish rejalarini o‘z vaqtida bajarish uchun zamin hozirlaydi. Qurilish uchun zarur bo‘lgan materiallar, konstruksiya va qismlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri korxonalardan tashib keltirib ishlatish usuli ham mavjud. Lekin bunda ko‘zda tutilmagan sabablarga ko‘ra (transport vositasining buzilib qolishi, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlarning oqibatida o‘z vaqtida konstruksiyalarni transport vositasiga yuklash imkoniyatlari bo‘lmay qolishi va h.k.) qurilish materiallari va konstruksiyalari ko‘rsatilgan vaqtda qurilish ob’ektiga tashib keltirilmay qolishi mumkin. Bunda qurilishdagi ishchilar ma’lum muddatda rejalashtirgan ishlarini bajarish imkoniyatini yo‘qotishlari va qurilish uzluksizligiga putur etish ehtimoli vujudga keladi. Bunday hollarning oldini olish maqsadida, qisman qo‘shimcha sarf-xarajatlarga olib kelishiga qaramay, asosiy qurilish materiallari va konstruksiyalarini bir necha kun oldin qurilish maydonchasiga tashib keltiriladi va u erda ombor xo‘jaligi tashkil qilinadi.
Qurilish maydonidagi ombor xo‘jaligini loyihalashda quyidagi 3 turdagi omborlar ko‘zda tutiladi: ochiq ombor maydonlari, yopiq omborxonalar va yarim ochiq omborlar (shiyponlar).
O‘lchamlari katta bo‘lmagan asbob-uskunalar, bo‘yoqlar, linoleum, oynalar, maxsus kiyim-bosh va poyafzallar, mix, elektrod va shunga o‘xshashlarni saqlash uchun kamida 60,0 m2 foydali maydonga ega bo‘lgan yopiq omborxonlar ko‘zda tutilishi zarur.
SHifer, qoraqog‘oz, bitum, yog‘och-taxta, eshik-deraza, armatura, sement, gips kabi materiallar yarim ochiq omborlarda saqlanadi. Temir-beton konstruksiyalar, g‘isht, shag‘al kabi ochiq joyda saqlanishi mumkin bo‘lgan konstruksiya va materiallar uchun ochiq ombor maydonlari loyihalanadi.
Barcha turdagi omborlarning maydoni unda saqlanuvchi materiallarning miqdoriga ko‘ra hisoblab topiladi:

F =
bu erda:
Q – omborda saqlanishi zarur bo‘lgan materiallar va tuzilmalar miqdori;
k - material va tuzilmalar taxining oraliqlarini hisobga oluvchi koeffitsient, odatda konstruksiyalar turiga qarab 1,1...1,5 oraliqda olinadi;
q - omborning 1,0 m2 maydonida saqlanadigan material va tuzilmalar me’yori.
Omborda saqlanishi lozim bo‘lgan material va konstruksiyalar miqdori quyidagicha hisoblanadi:


Q =
bu erda:
Qum - qurilishga zarur bo‘lgan material va tuzilmalarning umumiy miqdori;

T - material va tuzilmalarning qurilishda ishlatish davri, (kunlarda) to‘rsimon yoki taqvimiy rejadan olinadi;


ŋ - material va tuzilmalarni keltirishda va ishlatishdagi notekislikni hisobga oluvchi koeffitsient ŋ =1,1;
t - qurilishning uzluksizligini ta’minlash uchun qabul qilinadigan zahira kunlar, t =3...5 kun.
Omborlarning maydoni hisoblab topilgach, ular turlari bo‘yicha qurilish bosh tarhga joylashtiriladi. Bunda og‘ir konstruksiyalarni ochiq ombor maydonlariga joylashtirish va ularning montaj krani yordamida olinib o‘rnatilishini ta’minlash zarur. SHu bilan birgalikda omborlarga transport vositalarining bemalol kelib-ketishi, to‘xtab turishi uchun imkoniyatlar yaratilgan bo‘lishi, yong‘in chiqishi va tarqalmasligining chora-tadbirlari ko‘rilgan bo‘lishi lozim.
Qurilish ishlab chiqarishini to‘g‘ri tashkil etishda ishchi-xizmatchilarning qurilishda bo‘ladigan madaniy-maishiy ehtiyojlarini talab darajasida qondirish masalalariga ham alohida e’tibor bilan qarash zarur. CHunki ishchining echinib-kiyinishi, toza kiyimlarini ozoda joylarda saqlashi, ovqatlanishi va dam olish xonalarining bo‘lishi ularning ruhiyatiga, sog‘lig‘iga va mehnat faoliyatiga (ish unumiga) ijobiy ta’sir qiladi. Qurilish ishlab chiqarishi uchun zarur bo‘lgan vaqtinchalik inshootlarning (qorishma sexlari, ustaxonalar, suvoqchilik stansiyalari, tosh qirqish dastgohlari va boshqalar) to‘g‘ri loyihalanishi va joylashtirilishi muhim ahamiyatga ega.

Vaqtinchalik bino va inshootlar qurilish davri uchungina zarur bo‘lganligi uchun ularni loyihalashda ortiqcha chiqimga yo‘l qo‘ymaslik zarur.


Vaqtinchalik yordamchi binolarni shartli ravishda 3 guruhga ajratish mumkin:
a) xizmat binolari, boshqarma, ish yurituvchi xonasi, dispetcher xonasi, qorovulxona;
b) madaniy - maishiy maqsadlardagi binolar: kiyimxona, yuvinish xonasi, ovqatlanish xonasi, cho‘milish xonasi, isinish xonasi, tibbiy xizmat ko‘rsatish xonasi, kiyim quritish xonasi, dam olish xonasi;
v) yordamchi ishlab chiqarish bino va inshootlari: vaqtinchalik ustaxonalar, qorishma uzellari, suvoq va bo‘yoq stansiyalari, elektrostansiya, nasos va issiqlik stansiyalari.
Vaqtinchalik binolarni loyihalash ularning turi, soni va maydonini aniqlashdan iborat. Buning uchun qurilishda ishtirok etuvchilarining umumiy soni asos qilib olinadi:



Yüklə 14,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə