Kompyuterlararo aloqalarni tashkil etish usullari



Yüklə 4,81 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü4,81 Kb.
#157796
Intenet X

Mi-207-guruh talabasi

TURSUNBOYEVA XOSIYATXONNING

TAQDIMOTI

KOMPYUTERLARARO ALOQALARNI TASHKIL ETISH USULLARI

REJA

1.Kompyuter tarmoqlarini tashkil etish tamoyillari.

2Kompyuter tarmog’ining tarkibiy qismlari.

3.Kompyuter tarmoqlarining asosiy turkumlari.

Kompyuter tarmog’i deb, kommunikatsiya vositalari orqali o’zaro birlashtirilgan kompyuter va periferiya qurilmalarining (printerlar, skanerlar, diskovadlar va boshqa qurilmalar), hamda foydalanuvchilarga tarmoqning barcha (texnik, dasturiy, axborot) vositalaridan jamoa ko’rinishida foydalanish imkoniyatlarini yaratib beruvchi tizimiga aytiladi

Tarmoqlarning asosiy vazifasi – foydalanuvchining tarmoqdagi imkoniyatlardan soda, qulay va ishonchli ravishda foydalana olishini, beruxsat kiruvchi chaqirilmagan mehmonlardan himoyalanish, tarmoq abonentlari orasida qulay, unumli va ishonchli axborot almashinishini ta’minlashdir.

Tarmoq tarkibiga kiradigan asosiy kompanentlarni sanab o’tamiz:

*Serverlar – Foydalanuvchilarga taklif etiladigan kuchaytirilgan kompyuter imkoniyatlarining manbasi, tarmoqdagi kompyuterlarni boshqarib turuvchi bosh kompyuter;

*Foydalanuvchilarning mahalliy kompyuterlari(ish stansiyalari) – Tarmoqqa ulangan abonent kompyuteri;

*Ma’lumotlarni uzatish kanallari – kompyuterlarni o’zaro bog’lab turuvchi kommunikatsiya vositalari.

Kompyuter tarmog’i – aloqa kanallari yordamida ma’lumotlarni tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kopmyuterlar to’plami bo’lib, u ko’p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir.

Kopmyuter tarmog’i “Tarmoq abonenti”, “stansiya”, va “fizik uzatish muhiti” kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan.

Tarmoq abonenti – Tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni iste’mol qiluvchi ob’yektdir (tarmoqlarning har bir abonenti stansiyaga ulanadi).

Stansiya – axborot uzatish va qabul qilish bilan bog’liq vazifalarni bajaruvchi ob’yekt. (Abonent va stansiya birgalikda “abonent tizimi” deb ataladi. Abonentlarning o’zaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud bo’lishi kerak).

Fizik uzatish metodi – elektr, radio, telefon yoki boshqa signallar yordamida amalga oshiriladigan aloqa aloqa kanali va ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmasidir. (Fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari o’rtasida axborot uzatishni ta’minlovchi kommunikatsion tarmoq tashkil etiladi).

Abonent tizimining hududiy joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini 3ta asosiy turkumga ajratish mumkin:

*Lokal tarmoqlar (LAN – Local Area Network – 20kmgacha masofani qamraydi) – biror korxona yoki idora binolari va filliallarini o’zaro birlashtirib turadi. Alohida xususiyati – yuqori tezlikda ishlaydigan ma’lumot uzatish kanali;

*Mintaqaviy tarmoqlar (MAN – Metropolitan Area Network – 1000 kmgacha masofani qamraydi) – shaharlar, vilolyatlar, kichikroq davlatlar hududini o’z ichiga olgan tarmoqlar, odatda telefon tarmoqlari vositasida ulanadi;

*Global tarmoqlar (WAN – Wide Area Network – masofasi cheksiz) – turli mamlakatlar yoki qit’alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Mazkur tarmoq abonentlar o’rtasidagi aloqa telefon, radioaloqa va kosmos aloqa tizimi negizida amalga oshiriladi. Eng mashhur global tarmoq INTERNET tarmog’idir.


Yüklə 4,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə