Konfliktlarni o’rganishda asosiy yondashuvlar


Pedagogik konfliktlarning rivojlanish darajasi va bosqichlari



Yüklə 39,19 Kb.
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü39,19 Kb.
#148072
1   2   3
Konfliktlarni o’rganishda asosiy yondashuvlar

3.Pedagogik konfliktlarning rivojlanish darajasi va bosqichlari
Eng yangi davrga kelib konfliktlar nazariyasi yanada rivojlantirildi.
Konfliktlarni tadqiq qilishning nazariy jihatlarini ishlab chiqishda amerikalik sotsiolog Tolkott Parsons (1902-1979) tomonidan asoslantirilgan tashkilotning tuzilmaviy funktsional modeli muhim o’rin egallaydi. U jamiyatga insonlar o’rtasidagi munosabatlar tizimi, normalar va qadriyatlarga uni bog’lovchi bo’g’in deb qaragan. U quyidagi qoidalarga amal qilgan: a) har qanday ijtimoiy tizim nisbatan barqaror, doimiy va yaxshi tashkil etilgan tuzilmadan iborat ; b) bu tizimning har bir elementi muayyan funktsiyani bajarishi bilan tizim barqarorligini saqlashga o’z ulushini qo’shadi; v) bu ijtimoiy tuzilmaning amal qilishi zarur barqarorlik va hamkorlikni ta’minlovchi jamiyat a’zolarining qo’llab-quvvatlashiga asoslanadi. Parsonsning fikricha, ijtimoiy harakatning me’yoriy komponenti quyidagi to’rtta darajada namoyon bo’ladi: organizm, shaxs, ijtimoiy tizim, madaniyat. Konfliktning bo’lishi ijtimoiylashuv jarayonining o’zida mavjud, bunda inson nafaqat ijtimoiy tizimning namoyon bo’lish usullariga, shuningdek, tegishli madaniyatning me’yorlari va qadriyatlariga ham jalb qilinadi. Ijtimoiylashuv jarayonida organizmning ichki fiziologik ehtiyojlari bilan insonning ijtimoiy munosabatlardagi ehtiyojlari o’rtasida shakllanadigan nomuvofiqlik, muayyan tanglik konfliktga aylanishi mumkin.
Bunda ijtimoiy tizimning ichki qarama-qarshiligini, va demak, konfliktlarni vujudga kelishining realligini tan olinishi juda muhim edi. Biroq , umuman olganda, Parsons tizim elementlari o’rtasidagi konfliktsiz , “uyg’un“ munosabatlar tarafdori bo’lgan. U konfliktni ijtimoiy anomaliya, o’ziga xos kasallik va uni engish zarur deb hisoblagan.
Ijtimoiy konflikt tabiatiga nisbatan Parsons tomonidan bildirilgan nuqtai nazar XX asrning 30-40-yillarida “kishilar munosabatlari “ maktabi vakillari tomonidan qo’llab-quvvatlangan. Ular ham sanoati rivojlangan mamlakatlar qurishi kerak bo’lgan jamiyatning tabiiy holati uyg’unlik va ijtimoiy konsensus holati bo’lishi lozim deb hisoblaganlar.
Bu maktabning yirik vakili, Garvard universiteti professori Elton Meyo (1880-1949) “hozirgi zamonning bosh muammosi“ bo’lgan “sanoatda tinchlik“ni o’rnatishga yordam qilish zarur deb ta’kidlagan. U konfliktni xavfli “ijtimoiy illat“ deb bilgan. Undan iloji boricha qochish kerak, “ijtimoiy muvozanat“ga va “hamkorlik holati“ga intilish kerak.
Turli mamlakatlar olimlari hech bir nuqsonsiz faoliyat ko’rsatadigan va boshqariladigan tashkilotlarda ham konfliktlar paydo bo’lishiga e’tibor qaratganlar. Bu holat barqaror konsensusni ta’minlashga qodir qandaydir ijtimoiy tizim modeli borligiga shubhalanishga olib keldi. SHu bilan birga konfliktlarga o’sib o’tuvchi ijtimoiy ziddiyatlarning tabiiy muqarrarligi va qonuniy xarakter kasb etishini hisobga olish zarurligini tushunish ham mustahkamlanib bordi. Natijada XX asrning 50-yillarida AQSH, Germaniya, Frantsiya va qator g’arb mamlakatlarida konfliktning hozirgi zamon kontseptsiyalari shakllandi va keng tarqaldi.
Hozirgi zamon tadqiqotchisi amerikalik Lyuis Kozer 1956 yilda nashr qilgan “Ijtimoiy konflikt funktsiyalari“ nomli kitobida konfliktli munosabatlarsiz ijtimoiy guruhlar mavjud bo’lmasligini hamda ijtimoiy tizimlarning amal qilishi va almashinishida konfliktlarning ijobiy amaliy ahamiyat kasb etishini to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatdi. Uning fikricha, butun jamiyatning barqarorligi unda mavjud konfliktli munosabatlarning miqdoriga va ular o’rtasidagi aloqalar tipiga bog’liq.
L.Kozerning ijobiy-funktsional konflikt nazariyasining mohiyati shundaki, konfliktlar jamiyat uchun begona, anomal hodisa emas ; ular ijtimoiy tizim ichki holatining, undagi alohida shaxslar va ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi odatiy munosabatlarning elementi, mahsulidir. Uning fikricha, konfliktlar muhim funktsiyalarni bajaradilar, ular vaqti-vaqti bilan jamiyatdagi tarang vaziyatni yumshatish, alohida shaxslar va ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi ziddiyatlar va kolliziyalarni hal etish usuli sifatida zarurdir.

Yüklə 39,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə