Ko’priklar va tonnellar’’ kafedrasi "Ko'priklar va tonnellarni loyihalash" fanidan kurs ishi mavzu: "Temir yo'l tonnel loyihasi"


Portallarning konstruktiv yechimini asoslash



Yüklə 130,41 Kb.
səhifə2/9
tarix22.03.2024
ölçüsü130,41 Kb.
#182124
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tonnel tayyor

1.2Portallarning konstruktiv yechimini asoslash
Tonneldan ko’tarmaga bo’lgan o’tish portal orqali amalga oshirilib, u qazilmaning frontal va yon yonbag'irlarining barqarorligini ta'minlash, frontal qiyalikdan suvni drenajlash va tonnelga kirishning me’moriy ko’rinishini yahshilash uchun xizmat qiladi.
Portal kirish joyi, suv qochirish inshootlari va birinchi obdelka halqasini o'z ichiga oladi. Chetki devor armatura yoki rulonli profillarning qoldiqlari yordamida obdelkaning birinchi halqasiga payvandlanadi va to'g'ridan-to'g'ri chetki qiyaliklar yon bag'irlariga tayanadi, u kerakli chuqurlikka o'rnatiladi.
G'arbiy portalda grunt nomi Sharqiy bo’lib uning f =6 Sharqiy portalda grunt nomi G’arbiy bo’lib uning f =5
Chetki va yon devorlarning tovoni ularning pastidagi gruntning muzlash chuqurligiga mos ravishda ariqlarning pastki qismiga nisbatan ko'miladi.
Old yonbag'irdan oqib chiqayotgan suv chetki devor orqasida joylashgan ko'ndalang drenaj trubkasi bilan to'xtatiladi va suvni yig’ish inshootlariga yig’iladi.
Suv yig’ish inshooti pastki qismi tonnel qoplamasining yuqori qismidan 1,5 m dan past bo'lmagan masofada joylashtiriladi, frontal qiyalik bo'ylab dumalab tushadigan qoya toshlarning mumkin bo'lgan ta'sirini yutish uchun etarli amortizatsiyalanadi.


1.3Tonnelning gabariti va ko'ndalang kesimi
Temir yo'l tonnelining bo’ylama, ko’ndalang profili va rejasini loyihalashda QMQ 2.05.05-96 talablari hisobga olingan. Ushbu hujjatga ko'ra, tonnelning ko’ndalang kesimi me'yoriy hujjatlarga muvofiq "C" inshootga yaqinlashuv gabaritiga muvofiq ishlab chiqilgan (rasm 1.1.).







1.1-rasm. To'g'ri chiziqdagi va egri chiziqdagi temir yo'l tonnellarining C gabariti.
Temir yo'llarda "C" gabariti qabul qilinadi: balandligi H = 4300mm, kengligi B = 6400 mm. Egri chiziqlarda gabaritni oshirish kerak, chunki ular egri chiziq bo'ylab harakatlanayotganda, vagonning uchlari va o'rtalari tashqi relsning ko'tarilishi tufayli harakatlanivchi sostavning qiyalik bo’ylab egilishga olib kaladi.

Yüklə 130,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə