Korporativ boshqaruv


I BOB NATURAL ISHLAB CHIQARISHDAN TOVAR ISHLAB CHIQARISHGA O’TISH VA UNING RIVOJLANISHI



Yüklə 130,77 Kb.
səhifə3/7
tarix30.12.2023
ölçüsü130,77 Kb.
#165280
1   2   3   4   5   6   7
Tovar va pul munosabatlarining shakllanishi222

I BOB NATURAL ISHLAB CHIQARISHDAN TOVAR ISHLAB CHIQARISHGA O’TISH VA UNING RIVOJLANISHI.
1.1 Tovar va uning xususiyatlari.
Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo’jalikni tashkil etishning ikkita umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo’jalikning bu shaklida yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirish uchun, xo’jalik ichki ehtiyojlari uchun mo’ljallangan. Iste’mol hajmi va tarkibi ko’’incha ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kelgan, ularning bir-biri bilan bog’lanishi bir xo’jalik doirasida amalga oshganligi sababli juda oson kechgan. Bunday munosabatlar eng avvalo hamma zarur narsani o’zi uchun tayyorlagan ibtidoiy jamoada hukm surgan. dehqon xo’jaligi va feodal ‘omestyalari asosan natural xo’jalik bo’lgan. Natural ishlab chiqarish sharti ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanmaganligi oqibati sifatida vujudga kelgan, u vaqtda ijtimoiy mehnatdan uning u yoki bu turi endigina ajrala boshlagan edi. Bunday sharoitda biqiq yoki o’z ehtiyojlarini o’zi qondiradigan ishlab chiqarish organizmlari ‘aydo bo’lgan. Mehnat ularning tor doirasidagina ijtimoiy xususiyatga ega bo’lgan. Natural ishlab chiqarish shakli barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xo’jalik doirasida qat’iy cheklab qo’yadi, tashqi aloqalar uchun yul ochilmaydi. Ishchi kuchi muayyan xo’jalikka juda qattiq biriktirib qo’yiladi va ko’chib yurish imkonidan muhrum bo’ladi. Natural xo’jalik shakllarining xuddi shu ko’rsatkichlari qishloq xo’jalik jamoalari ming yillar davomida barqaror yashovchi bo’lib qolganligining «siri»ni ochib beradi. Natural xo’jalik ishlab chiqarish maqsadlarini nixoyat cheklab qo’yadi, ishlab chiqarish hajm jihatidan juda oz va turi jihatidan kam xil bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga bo’ysungan. Shuning uchun ham jamiyat asta-sekinlik bilan tovar ishlab chiqarishga o’tadi.
Tovar ishlab chiqarish natural xo’jalikning rivojlanishi, mahsulotlar turi va miqdorining o’sishi natijasida ‘aydo bo’ldi.
Tovar ishlab chiqarish, ya’ni tovar xo’jaligida kishilar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar buyum orqali, ular mehnati mahsulini oldi-sotdi qilish orqali namoyon bo’ladi. Natural va tovar xo’jaligining bir-biridan farqlanishi.
Tovar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o’rtasidagi munosabatlarning, mehnatni o’lchash va uni jamiyatning jami mehnati tarkibiga kiritishning o’ziga xos usulidir. Natural xo’jalikni siqib chiqarish va tovar ayirboshlashning rivojlanish jarayoni mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kelishi va rivojlanishi asosida individual xo’jaliklarning tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o’tish yo’li bilan boradi. Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, ularni turli xil ishlab chiqaruvchilar o’rtasida ayirboshlashni zarur qilib qo’yadi. Ixtisoslashuv esa mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi, demak tovar ayirboshlash faqat zarurgina emas, balki foydali bo’lib boradi. Vaqtni va moddiy resurslarni tejash tovar xo’jaligini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi bo’lib chiqadi. Ayirboshlash jarayoniga tortiladigan ishlab chiqaruvchilar bir-biriga tobora ko’proq bog’liq bo’lib qola boshlaydi.
Dastlabki davrlarda tovar xo’jaliklari jamoalar, quldor latifundiyalari, feodal va dehqon xo’jaliklari o’rtasida aloqalar o’rnatilishiga yordam berib, ishlab chiqarishning va umuman jamiyatning rivojlanishi uchun qo’shimcha imkoniyatlar ochgan. Ma’lum tarixiy davrlarga kelib tovar munosabatlari jamiyat iqtisodiyotining barcha tomonlarini keng va chuqur qamrab oladi.
Tovar xo’jaligining va umuman ayirboshlash vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari hamda shart-sharoitlari qanday? Bu, birinchidan, ijtimoiy mehnat taqsimotidir, bunda ishlab chiqaruvchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, o’z navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili bo’yicha, ya’ni mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi. Ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar xususiy mulk munosabatlari tufayli iqtisodiy jixatdan bir–biridan muayyan tarzda alohidalashib qoladi, bunda ular o’z mehnat natijalarini o’zlari tasarruf qiladilar. Iqtisodiy alohidalik nima ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish zarurligi va yaratilgan mahsulotlarni qaerda va kimga sotishni faqat ishlab chiqaruvchining o’zi hal qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar ishlab chiqarishni zarur qilib qo’yadi va bozor vujudga kelishining shart-sharoiti hisoblanadi. Mehnat mahsuli tovarga, ya’ni bozorda ayirboshlash uchun, sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanadi.
Nihoyat, uchinchidan, bozor vujudga kelishining muhim shart–sharoitlaridan biri erkin ayirboshlash hisoblanadi. Chunki ijtimoiy mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv va iqtisodiy alohidalik nima, qancha va kim uchun ishlab chiqarishni mustaqil aniqlash imkonini beradi.
Tovar ishlab chiqarish natural ishlab chiqarishga nisbatan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga, ishlab chiqarish samaradorligining o’sishiga ko’’roq darajada imkon yaratadi, chunki:
- tovar ishlab chiqarish ijtimoiy mehnat taqsimotiga asoslanib, mehnat samaradorligining oshishiga xizmat qiladi;
- tovar ishlab chiqaruvchi katta daromadga ega bo’lishi uchun mehnat unumdorligini o’stiruvchi hamda tovar ishlab chiqarish sarflarini qisqartiruvchi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini tatbiq etishi lozim;
- tovar ishlab chiqaruvchilar natural xo’jalik yurituvchilarga nisbatan ishlab chiqarish natijalaridan ko’’roq manfaatdordirlar, agar ular daromad olmasalar xonavayron bo’ladilar;
- tovar ishlab chiqaruvchilar xonavayron bo’lmasligi va daromad olishlari uchun o’z faoliyatlarini xaridorlarga zarur bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarishga yo’naltira olishlari lozim, ular o’zlarining raqiblari ustidan g’alaba qozonishi uchun tadbirkorlik qobiliyatiga ega bo’lishlari kerak. Natural xo’jalik yurituvchilar oldida bunday vazifa mavjud emas;
- tovar ishlab chiqaruvchi uchun iste’molchini o’ziga jalb qilish, o’z tovarini sotib daromad olish imkoniga erishish vositasi bo’lib yangi, nisbatan sifatli va jozibador tovarlarni ishlab chiqarish hisoblanadi.
Tovar ishlab chiqarishning mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun uning asosiy unsuri bo’lgan tovarning xususiyatlarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Tovar — 1) ishlab chiqarish, iqtisodiy faoliyatning moddiy buyum shaklidagi har qanday mahsulot; 2) sotuvchilar va xaridorlar oʻrtasida oldi-sotdi, bozor munosabatlari obʼyekti. Tovar bozorda sotish, ayirboshlash uchun va shu orqali boshqalarning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqariladigan mehnat mahsulotidir. Tovar faqat moddiy shaklga ega boʻlmay, u turli xizmatlar, maʼnaviy neʼmatlar va boshqa koʻrinishlarda ham boʻlishi mumkin. Tovar shaklini olgan mahsulot ikki yoqlama xususiyatga ega boʻlishi, yaʼni bir tomondan, u faqat sotish uchun ishlab chiqarilgan, ikkinchidan, kishilarning biror bir ehtiyojini qondira olishi kerak. Iqtisodiyotda Tovarning bu ikki yoqlama xususiyati — isteʼmol qiymati, uning mehnat mahsuli ekanligi qiymat tarzida oʻrganiladi.
Tovarlarning isteʼmol qiymati ularning boshqa tovarlar bilan almashtirish imkonini beradi. Shuning uchun tovar ishlab chiqaruvchilarni tovarning almashuv qiymati qiziqtiradi. Tovarlarni sotishdagi ularning narx koʻrsatkichi almashuv qiymatini koʻrsatadi. Tovarning almashuv qiymati — biror turdagi isteʼmol qiymatning boshqa turdagi isteʼmol qiymatga ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatdir. Tovarlarning almashuv qiymatiga qarashlarda turlicha taʼlimotlar mavjud boʻlib, ulardan biri "qiymatning mexnat nazariyasi" deb nom olgan. Bu nazariya asoschilari A.Smit, D. Rikardo, U.Petti va boshqa fikricha, tovarlarning tabiiy xususiyatlaridan birortasi — ogʻirligi, shakli, hajmi kabilar almashuv qiymatiga asos boʻla olmaydi, uning asosini tovarga sarflangan mexnat, almashishning zarur shartini esa ayirboshlanadigan tovarning har xil isteʼmol qiymatlari (xususiyatlari) tashkil etadi. Lekin har xil tovarlarning isteʼmol qiymati sifat jihatidan turlicha boʻlishi mumkin. Bu qarash tarafdorlarining fikricha, tovarlarni miqdor va sifat jihatlardan solishtirish, yaʼni barobarlashtirish asosi faqat unga sarflangan mehnat boʻlishi mumkin. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashkil qiladi.
Avstriya iqtisodiyot maktabi namoyandalari fikricha, ayirboshlash mutanosib tovarlarning isteʼmol uchun qay darajada foydaliligi, yaʼni nafliligi (qarang Naflshshk) bilan belgilanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida Tovarda gavdalangan mexnat va uning nafliligi Tovar qiymatini vujudga keltiradi.
Tovar-Pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta’rif berishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondoshuvlar mavjud. Jumladan, E.F.Borisov ta’rifiga ko’ra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mo’ljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflikdir». Bundan ko’rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi.
V.I.Vidya’in va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «ne’mat» va «tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne’matning maxsus shakli bo’lib hisoblanishi ko’rsatib berilgan: «Tovar – bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne’mat». Bu va boshqa qator olimlarning fikrlari asosida ta’kidlash mumkinki, tovar - bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo’lgan ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli. Yoki, boshqacha aytganda, tovar biron-bir naflilikka (iste’mol qiymatga) va almashuv qiymatiga ega bo’lgan, bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir.
Demak, tovarning ikki xususiyati bor: birinchidan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondiradi: ikkinchidan, u o’zida ijtimoiy mehnat sarflarini mujassamlashtiradi. Tovar boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyum bo’lib, u iste’mol qiymatga va almashuv qiymatlariga ega.
Buyumning iste’mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun foydali, naflidir. U shaxsiy iste’mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron–bir ehtiyojini qondiradi.
Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondoshuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham tovarlar nafliligini aniqlashda alohida olingan individning hayolidagi ‘sixologik yondoshuv bilan, ya’ni hech kim bilan aloqasi bo’lmagan o’rmondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir o’zi qolib ketgan Robinzonning hayoli bilan aniqlash usulini qo’llaydilar. Xolbuki, tovar ayirboshlash jamiyat a’zolari o’rtasida, gavjum bozor qatnashchilari o’rtasida sodir bo’ladi. Ular naflilikning negizida ob’ektiv iqtisodiy jarayon borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mehnatning birikishi natijasida, to’g’rirog’i naflilik aniq mehnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari o’zgartirilishi natijasida vujudga kelishini o’ylab ham o’tirmaydilar. Albatta, tabiatda mavjud bo’lgan yoki inson mehnati bilan yaratilgan har qanday narsa ham naflilikka ega bo’lavermaydi. Masalan, jamiyatga 100 dona soat zarur bo’lgani holda, 120 dona soatning ishlab chiqarilishi uning 20 donasining nafsiz bo’lishiga olib keladi. Ya’ni, jamiyat uchun zarur bo’lgan 100 dona soatgina naflilikka ega bo’ladi.
Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan tushuncha ishlatiladi va bozor mana shu ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi.
Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi naflilikka aytiladi.
Har bir tovar ma’lum bir naflilikka ega, lekin bu naflilik uni yaratuvchining o’z ehtiyojlarini emas, balki ayirboshlash orqali boshqa kishilar talabini qondiradi, ya’ni tovarning ijtimoiy nafliligi hisoblanadi. Bozor har qanday naflilikni emas, ijtimoiy naflilikni hisobga oladi. Agar bu fikrni yanada rivojlantirsak, bozor ijtimoiy zaruriy naflilikni, ya’ni jamiyat uchun (xaridorlar uchun) zarur miqdordagi naflilikni hamda shu ijtimoiy zaruriy miqdordagi naflilikni ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnatni hisobga oladi. Ijtimoiy naflilik tovarlarning boshqa tovarlarga ayirboshlanish qobiliyatiga ega bo’lganligi uchungina o’zining yaratuvchisini qiziqtiradi. Tovarning ayirboshlanuvchanlik xususiyati almashuv qiymati nomini oladi. Tovarlarni sotishda ularning narx ko’rsatkichi almashuv qiymatini yaqqol ko’rsatadi. Inson mehnati bilan yaratilmagan ko’’lab ne’matlar masalan, buloq suvlari, yovvoyi daraxt mevalari ma’lum naflilikka ega bo’ladi. Lekin ular har doim ham tovar bo’lavermaydi. Masalan, bu ne’matlar o’sha joyning o’zidan olinib, iste’molchi tomonidan iste’mol qilinsa tovar hisoblanmaydi. Ne’matlar tovar bo’lishi uchun, ular ayirboshlashga mo’ljallangan, ma’lum mehnat sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bo’lishi zarur.
Shunga ko’ra, tovar mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng avvalo, o’z iste’moli uchun emas, balki boshqalarning iste’moli uchun bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan mahsulotdir. Tovarning natural–buyum va ijtimoiy–iqtisodiy tomonlari, xususiyatlari ana shundan kelib chiqadi.
Tovarning almashuv qiymati – bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg donga ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan tovarlarning bu miqdoriy nisbatida ularning almashuv qiymati ifodalanadi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari hisoblaydiki, tovarlar qiymatining umumiy asosi – bu mehnat, shu sababli ular ma’lum miqdorlarda bir-biriga tenglashtiriladi. Ularning fikricha tovarlarning tabiiy xususiyatlaridan birortasi – og’irligi, hajmi, shakli va shu kabilar umumiy asos bo’la olmaydi, faqat mehnat sarflari shunday asos hisoblanadi. Almashishning zarur sharti ayirbosh-lanadigan tovarlarning turlicha nafliligi hisoblanadi, lekin har xil tovarlarning nafliligi sifat jihatidan turlicha bo’lib, ular miqdoriy o’lchamga ega emas. Miqdor jihatdan baravarlashtirish esa, hamma sifat jihatidan umumiy, yagona biron-bir narsa bo’lishini taqozo etadi, bunday umumiy narsa ularni yaratish uchun sarflangan mehnatdir.
Bu o’rinda so’z mehnatning muayyan, aniq turlari to’g’risida bormaydi. Bu turlar bir-biridan sifat jihatdan farq qiladi, bu esa aniq iste’mol qiymatlarining xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Tovarlar o’lchovdosh bo’lishining boisi shuki, bularning hammasi umuman inson mehnati mahsulidir, ya’ni inson kuchi, miyasi, mushagi, asablari va hokazolari sarfning mahsulidir. Demak, umuman inson mehnati mahsuli sifatida tovarlar bir xil va o’lchovdoshdir. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashqil qiladi. Bu qiymat tovar ayirboshlaganda ko’rinadi, shuning uchun almashuv qiymati (ya’ni iste’mol qiymatlarini ayirboshlash nisbati) qiymat shakli bo’lib, uning ichki mazmunini tashkil etadi. Bu holat L.M.Kulikov tomonidan qiymat va almashuv qiymatini tovarning alohida asosiy xususiyatlari sifatida ajratilib ko’rsatilishida namoyon bo’ladi. «Qiymat – bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish (ko’p’incha qisqacha qilib «ishlab chiqarish xarajatlari» deb ataydilar) qanchaga tushganligi ifodasidir. Tovarni ayirboshlaganda (sotilganda) ishlab chiqaruvchi (sotuvchi), tabiiyki, o’z xarajatlarini qo’lashni istaydi, biroq bozorda boshqacha nisbatlar tarkib to’ishi mumkin. Endi ularni boshqa ko’rsatkich – almashuv qiymati ifodalaydi. Bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy nisbatdir». Tovarning o’zi esa ikki tomon - naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir.
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, L.Kulikov tomonidan qiymatga berilgan yuqoridagi ta’rif ba’zi hollarda iqtisodchilar tomonidan yo’l qo’yiladigan yanglish fikrlardan ham holi emas. Ya’ni, qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari bilan ayniylashtirilishini u tomonidan yo’l qo’yilgan xatolik deb hisoblaymiz (ishlab chiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi bo’lib, miqdor jihatidan undan kamdir. Ishlab chiqarish xarajatlari to’g’risida keyingi boblarda to’xtalamiz).
Tovar qiymatining miqdori, ijtimoiy-zaruriy vaqt deb ataladigan ish vaqti bilan hisoblanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadallashuvi darajasi o’rtacha bo’lgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ish vaqtidir. Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mehnatning oddiy va murakkab, malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hisobga olinadi. Qiymatni hisoblashda nisbatan murakkab mehnat ko’’aytirilgan yoki darajaga ko’tarilgan oddiy mehnat sifatida hisobga olinadi, shu sababli oz miqdordagi murakkab mehnat ko’’ miqdordagi oddiy mehnatga tenglashtiriladi.
Tovarning ikki xil xususiyatga ega bo’lishiga sabab tovar ishlab chiqaruvchi mehnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir tomondan, bu – muayyan turdagi aniq mehnatdir. Shuning uchun, iste’mol qiymatni yaratgan mehnat aniq mehnat deb nom olgan



Yüklə 130,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə