Korporativ tuzilmalarda moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirish masalalari


-rasm. Jahon amaliyotida moliyaviy nazoratni tavsiflanishi



Yüklə 304,62 Kb.
səhifə5/21
tarix23.12.2023
ölçüsü304,62 Kb.
#155921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Korporativ tuzilmalarda moliyaviy nazorat tizimini takomillashti-fayllar.org

1-rasm. Jahon amaliyotida moliyaviy nazoratni tavsiflanishi


2


2
Vahobov A. V., Malikov T.S. Moliya: umumnazariy masalalar. – T.: 2007. – 322 bet. 
Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat, bir tomondan,

o’zaro ta’sirchan va ikkinchi tomondan, alohidalashgan (mustaqil bo’lgan) ikki sohaga 

bo’linadi 
Davlat moliyaviy nazorati 
Nodavlat moliyaviy nazorati 


Bosh maqsadi 

Bosh maqsadi 
davlat xazinasiga resurslarni 
tushurishni maksimallashtirish va
davlat boshqaruv xarajatlarini 
minimallashtirish
joylashtirilgan kapitaldagi foyda 
normasini oshirish maqsadida davlat
foydasidagi ajratmalar va boshqa 
xarajatlarni minimallashtirish
Bir vaqtning o’zida moliyaviy nazoratning har ikki 
sohasi amaldagi qonunlarning huquqiy ramkasi
bilan cheklab qo’yilgan 


Ichki nazorat xizmatlari doimiy ravishda pul mablag’larini (shaxsiy, qarziy, 


jalb etilgan) ishlatilishining samaradorligi va maqsadga muvofiqligi kuzatadi,
rejalashtirgan moliyaviy natijalar bilan haqiqiy moliyaviy natijalar qiyoslab, tahlil 
qiladi, investitsion loyihalarning natijalariga moliyaviy baho beradi, korxonaning
moliyaviy holatini nazorat qiladi. Ichki nazorat kapitalni investitsiyalashtirishning 
butun jarayonini kuzatib boradi.
Ichki nazoratning ko’rinishlaridan biri bo’lgan va “post-audit” nomini olgan 
nazorat
biznes-rejaning 
moliya
bo’limidagi ishlab chiqarish-investitsiya 

faoliyatining har bir bosqichida rejlashtirilgan moliyaviy natijani haqiqiy holat


bilan taqqoslash, ularni nomuvofiq kelishi sabablarini aniqlash va bartaraf etish, 
chiqimlarni kamaytirish va moliyaviy rejalashtirish metodlarini yaxshilash
yo’llarini qidirishni anglatadi. Auditorlik nazorati nodavlat moliyaviy nazoratining 
yangi turi bo’lib, u mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekistonda ham paydo
bo’ldi. Iqtisodiyotni boshqarishning bozor tizimiga o’tilishi va turli tijorat 
tizimlarining paydo bo’lishi bilan ularning moliyaviy ishonchliligiga, shuningdek
ular moliyaviy holatini ob’ektiv baholashga nisbatan talablar keskin oshirildi. 
Auditorlik nazoratining asosiy vazifalari buxgalterlik va moliyaviy
hisobotning ishonchliligini hamda amalga oshirilgan moliyaviy va xo’jalik 
operatsiyalarining amalda bo’lgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash,
tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ektlarning to’lov-hisobot hujjatlarini, soliq 
deklaratsiyalarini va boshqa moliyaviy majburiyatlarini tekshirishdan iborat.
Auditorlik xizmatlari quyidagi boshqa xizmatlarni ham ko’rsatishlari mumkin:
- buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish va olib borish;
- daromadlar haqida buxgalteriya hisobotini va deklaratsiyani tuzish; 
- moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish va bashoratlash;
- buxgalteriya xizmati xodimlarini o’qitish va qonunchilik masalalarida 
maslahat berish;
- auditorlik tekshiruvlari natijasida olingan tavsiyalarni ishlab chiqish va 
boshqalar;



Auditorlik tekshiruvi majburiy va tashabbusli bo’lishi mumkin. Agar 


tashabbusli tekshiruv iqtisodiy sub’ektning o’z qarori bo’yicha amalga
oshiriladigan bo’lsa, majburiy audit uning xohish-irodasi va istagiga bog’liq 
bo’lmagan va qonunchilikda belgilangan hollarda majburiy tartibda o’tkaziladi.
Majburiy auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi sifatida xo’jalik yurituvchi 
sub’ekt ishtirok etadi. Auditorlik tashkilotini tanlash mulk egasi, xo’jalik
yurituvchi sub’ekt qatnashchilari (aktsiyadorlari) umumiy majlisi bilan kelishiladi. 
Auditning asosiy tamoyili uning mustaqilligi bo’lib, bunda asosan tekshirilayotgan
sub’ektning moliyaviy hisoboti to’g’risidagi kasbiy fikrini ifodalashda biror 
tomonning ta’siri ostida bo’lishdan uning ozod ekanligini tushunish lozim. Shu
bilan birga, yana shuni hisobga olish kerakki, audit barcha mamlakatlarda etarli 
darajada qattiq tartibga solinadi.
Ayrim davlatlarda (masalan, Frantsiyada) bu jarayonga davlat aralashib, u 
audit me’yori va normativlarini belgilaydi, auditorlarni va auditorlik firmalarini
ro’yxatdan o’tkazadi hamda ularning faoliyati ustidan nazorat o’rnatadi. 
O’zbekistonda ham xuddi shunday holat tarkib topgan bo’lib, bu erda davlat
auditorlik faoliyatini tartibga solishni faol amalga oshiradi. U moliyaviy 
qiyinchiliklari iqtisodiyotga ta’sir etishi mumkin bo’lgan muhim korxonalarni
ajratib, ularda audit o’tkazish majburiy ekanligini belgilaydi, auditorlarga 
(ma’lumoti, malakasi, imtihonlarni topshirish tartibi, mas’uliyati, javobgarligi va
boshqalar bo’yicha) talablar qo’yadi.
Auditni davlat tomonidan tartibga solishni tashkil etish qonunchilik va
boshqa normativ hujjatlar vositasida amalga oshiriladi. Bunda auditorlar 
jamoatchilik tashkilotlari tomonidan auditning o’zini o’zi boshqarishiga katta
imkoniyat beriladi. Qayd etish lozimki, har bir mamlakatda jamoat 
tashkilotlarining rivojlanishi va ta’siri turlicha amalga oshiriladi. Masalan, AQSh
va Angliyada auditorlik faoliyati asosan ixtisoslashtirilgan professional jamoat 
auditorlik tashkilotlari tomonidan tartibga solinadi.
O’zbekiston Respublikasining Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonunini 
amalga oshirish, auditorlik tekshiruvlarining roli va maqomini belgilash, soliq va



boshqa nazorat organlari tomonidan auditorlik xulosalari hisobini yuritishni 


ta’minlash maqsadida so’nggi vaqtlarda bizning mamlakatimizda auditorlik
faoliyatini amalga oshirish tartibiga jiddiy o’zgartirishlar kiritildi
3
. Auditorlik 

faoliyatini


litsenziyalash 
O’zbekiston
Respublikasi 
Moliya
vazirligi 

(litsenziyalovchi organ) tomonidan amalga oshiriladi.


Moliyaviy nazoratning davlat va nodavlat sohalari (ko’rinishlari, turlari) 
nazoratni amalga oshirish metodlarining o’xshashligiga qaramasdan, o’zlarining
pirovard maqsadlari bo’yicha bir-biridan tubdan farq ham qiladi. Davlat moliyaviy 
nazoratining
bosh

maqsadi
davlat

xazinasiga
resurslarni 
tushurishni
maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatlarini minimallashtirish bo’lsa,
bunga qarama-qarshi ravishda nodavlat moliyaviy nazoratning (ayniqsa, firma
ichidagi moliyaviy nazoratning) bosh maqsadi joylashtirilgan kapitaldagi foyda 
normasini oshirish maqsadida davlat foydasidagi ajratmalar va boshqa xarajatlarni
minimallashtirishdan iborat. Bir vaqtning o’zida moliyaviy nazoratning har ikki 
sohasi amaldagi qonunlarning huquqiy ramkasi bilan cheklab qo’yilgan.
Pul munosabatlari, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan 
foydalanishdagi qayta taqsimlash jarayonlari, shu jumladan, barcha darajalardagi
va xo’jalikning barcha bo’g’inlaridagi pul fondlari shaklidagi moliyaviy resurslar 
moliyaviy nazoratning ob’ekti hisoblanadi. Tekshiruvlarning bevosita predmeti
sifatida foyda, daromadlar, rentabellik, tannarx, muomala xarajatlari kabi qiymat 
ko’rsatkichlari maydonga chiqadi. Puldan foydalanish orqali va ayrim hollarda
pulsiz (masalan, barter bitimlari) amalga oshiriladigan operatsiyalarning barchasi 
moliyaviy nazoratning sohasi hisoblanadi.
Moliyaviy nazorat o’z ichiga quyidagi tekshiruvlarni oladi: 
 iqtisodiy qonunlarning talablariga rioya etish (MD ni taqsimlash va qayta
taqsimlash proportsiyalarining optimalligi); 
 byudjet rejasini tuzish va ijro etish (byudjet nazorati);
3
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik 

tekshiruvlari rolini oshirish to’g’risida» 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-sonli qarori.





 korxona va tashkilotlar, byudjet muassasalariga tegishli bo’lgan mehnat, 


moddiy va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
 o’zaro soliq munosabatlari. 
Taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi, asosan, bir tipda
bo’lib, quyidagi elementlardan tashkil topadi: 
 bevosita mamlakatning parlamenti yoki prezidentiga bo’ysunuvchi hisob
palatasi. Bu tashkilotning bosh maqsadi davlat mablag’larining sarflanishi 
ustidan umumiy nazoratni o’rnatishdir;
 asosan soliqli daromadlarning davlat xazinasiga kelib tushishini nazorat 
qiluvchi va mamlakat prezidenti, hukumati yoki moliya vazirligiga
bo’ysunuvchi soliq muassasi; 
 quyi tashkilotlarini tekshiruvchi va taftish qiluvchi davlat tashkilotlarining
tarkibidagi nazorat qiluvchi organlar; 
 hisobot hujjatlarining ishonchliligini va moliyaviy operatsiyalarning
qonuniyligini tijorat asosida tekshiruvchi nodavlat nazorat xizmatlari; 
 asosiy
vazifasi 
xarajatlarni
qisqartirish, 
moliyaviy
oqimlarni 
optimallashtirish va foydani oshirish bo’lgan ichki nazorat xizmatlari.
Jahon hamjamiyati ko’p yillik tajriba asosida moliyaviy nazoratni tashkil 
etishning asosiy printsiplarini ishlab chiqqanki, hozirgi paytda ularga rioya qilishga
dunyoning har bir rivojlangan davlati intiladi. Bu printsiplar INTOSAI
4
ning Lima 

deklaratsiyasida o’z aksini topgan. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:



mustaqillik; 


ob’ektivlik; 



kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik); 



oshkoralik. 

O’z navbatida mamlakatimiz iqtisodchi olimlari moliyaviy nazoratni tashkil


etishning asosiy 6 ta tamoyillarini sanab o’tganlar (2-rasm). Moliyaviy 
nazoratning mustaqilligi nazorat organining moliyaviy jihatdan mustaqilligi,
4

INTOSAI – dunyoning 178 mamlakati oliy nazorat organlarining Xalqaro tashkiloti. Uning


doirasida mintaqaviy tashkilotlar ham amal qiladi. Ulardan biri EVROSAI bo’lib, u oliy nazorat 
organlarining Evropa tashkilotidir.



nazorat organlari rahbarlarining vakolat muddatlarining parlament muddatlaridan 


uzoqligi, shuningdek ularning konstitutsion xarakteri bilan ta’minlanishi kerak.




Yüklə 304,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə